06.12.2011 yildagi 273-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyevning axboroti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2011-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyevga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqida” parlament soʻrovi yuborilgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E.F. Gadoyevning parlament soʻrovi yuzasidan axborotini tinglab, shuni qayd etadiki, Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan parlament soʻrovida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muayyan ishlar qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, pulning bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish hamda soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2011-yilning toʻqqiz oyida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 6,7 mlrd. soʻm miqdorida naqd pul tushumi topshirilishi taʼminlangan boʻlib, bu 2010-yilning shu davridagiga nisbatan 3,7 mlrd. soʻmga yoki 2,3 baravar koʻpdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, naqd pul tushumining xronometrajini oʻtkazish jarayonida 833 ta tadbirkorlik subyektida savdo qoidalari buzilganligi va naqd pul tushumini banklarga toʻliq topshirmaslik holatlari aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, qisqa muddatli tekshiruvlar natijasida 725 ta holatda nazorat-kassa mashinalarini qoʻllanishdan boʻyin tovlash (277,0 mln. soʻmlik miqdorda chek urilmagan), 723 ta holatda naqd pul tushumini banklarga topshirmaslik (382,0 mln. soʻm miqdorida), 348 ta holatda xalq isteʼmoli tovarlari bilan noqonuniy savdo qilish (528,0 mln. soʻm miqdorida) holatlari aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tadbirlarini oʻtkazish vaqtida xalq isteʼmoli tovarlarini ishlab chiqarayotgan 194 ta yashirin sex aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va nazorat organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashishini tubdan qisqartirish, tekshiruvlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish hamda ular faoliyatiga asossiz aralashganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, ana shu asosda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chunonchi, soliq organlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish rejalashtirilgan 240 ta kichik biznes subyektidan 28 tasi 2011-yilgi tekshiruvlar reja-jadvalidan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yilning toʻqqiz oyi mobaynida viloyat soliq organlari tomonidan 622 ta tekshiruv oʻtkazilgan boʻlib, ularning soni 2010-yilning tegishli davridagiga nisbatan 81 taga yoki 12 foizga qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalarini keng tushuntirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilda 89 ta seminar oʻtkazilgan boʻlib, ularda tadbirkorlik subyektlarining 10,4 ming nafardan ortiq vakili ishtirok etgan. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalarida ushbu mavzuga bagʻishlangan 63 ta chiqish amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati soliq organlarining faoliyatini oʻrganish jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish tartibini belgilaydigan qonun hujjatlari talablariga rioya etishdagi ayrim kamchiliklar aniqlangan. Xususan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalarining maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishi yetarli darajada taʼminlanmagan. Kameral nazoratni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish zarurligi munosabati bilan ushbu nazoratning oʻtkazilishiga alohida eʼtibor berish talab qilinadi. Ayrim hollarda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlari darajasini oshirish zarurligi kuzatilmoqda. Soliq organlari mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomilini takomillashtirish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini qoʻllash toʻgʻrisida, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan axborot-tahlil ishi toʻgʻrisida, shuningdek aksiz soligʻi solinadigan tovarlar hamda kontrafakt mahsulotning noqonuniy aylanishiga, qishloq xoʻjaligi mahsulotini olib, oshirilgan narxlarda sotishga qarshi kurashish borasida koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida aniq axborot taqdim etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E.F. Gadoyevning axborotida qayd etilganlarni eʼtiborga olib hamda ushbu masala yuzasidan Senat aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalarining maqsadlari, mazmuni, amaliy ahamiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin, bunda tekshiruvlarning taʼsirchanligi va samaradorligini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilar bilan munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini keng tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kameral nazoratning samaradorligini oshirish yoʻli bilan uning sifatiga alohida eʼtibor bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslariga nisbatan taʼsirchan javobgarlik choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga asossiz aralashish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi, tekshirishlarni oʻtkazish samaradorligini oshirish va tartibini takomillashtirish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilayotgan tekshiruvlarning natijalarini tizimli tahlil qilib borsin va samarasiz tekshiruvlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazishga nisbatan talablarni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni tushuntirish yuzasidan toʻlaqonli va samarali ish olib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tegishli qoʻmitalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining keyingi yillarga moʻljallangan ish rejalariga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hududiy soliq organlari tomonidan ijro etilishini oʻrganish haqidagi masalani kiritish va zarur hollarda oʻrganish natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi majlislarida va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etishning borishi toʻgʻrisida soliq organlari rahbarlarining axborotini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi majlislarida va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida eshitishni amaliyotga joriy etish, bunda tekshiruvlarning taʼsirchanligini va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish tizimining samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi (B.R. Parpiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlari ushbu Qarorni ijro etishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2012-yil 10-yanvarga qadar taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (A.S. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 6-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273-II-son