03.12.2015 yildagi SQ-63-III-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat bozorining prognozi va ehtiyojlarini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, mamlakat hududlarini rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning maqsadi sanoatni, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, investitsiyalar, iqtisodiyot tarmoqlarini mahalliylashtirish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, toʻxtab qolgan korxonalarni ishga tushirish dasturlarini roʻyobga chiqarish orqali ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashga doir kompleks hamda oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni bajarish doirasida mehnat bozorida muhim tadbirlarni amalga oshirish, xususan, ishsizlarga, taʼlim muassasalari (kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari) bitiruvchilariga, mehnat migrantlariga, xotin-qizlarga, aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga ishga joylashtirish borasidagi xizmatlarni koʻrsatish davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Dasturni roʻyobga chiqarish uchun maqsadli dasturlar doirasida, shu jumladan kichik sanoat zonalarini yaratish, qurilish ishlarini va infratuzilmani rivojlantirish, tijorat banklarining kreditlari hisobidan bandlikni taʼminlash, ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish natijasida ish oʻrinlarini tashkil etishning yoʻnalishlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzurida Dasturni bajarish masalalari yuzasidan maxsus ishchi komissiyalar tuzish orqali Dasturni monitoring qilishning hamda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishonchliligini taʼminlashning transparent mexanizmlari ustuvorliklar sifatida joriy etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish oʻrinlarini tashkil etishga qaratilgan vazifalarni izchil amalga oshirish, hududlarning hamda iqtisodiyot tarmoqlarining imkoniyati va zaxiralaridan foydalanish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 16-noyabrdagi “2016-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 286-II-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Dastur tasdiqlansin (ilova qilinadi*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dasturni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar va yoʻnalishlar kesimida 2016-yilda 396 877 ish oʻrnini tashkil etish va 595 872 kishining bandligini taʼminlash, jami 992 749 kishini ish bilan taʼminlash, shu jumladan 511 500 nafar taʼlim muassasalari bitiruvchilarini va 148 300 nafar qaytib kelgan mehnat migrantini ishga joylashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilga moʻljallangan sanoatni, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, investitsiyalar, iqtisodiyot tarmoqlarini mahalliylashtirish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, toʻxtab qolgan korxonalarni ishga tushirish dasturlarini roʻyobga chiqarish hisobiga muqim ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes rolini oshirsin, ish oʻrinlari tashkil etilayotganda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirsin hamda qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy tadbirkorlikni, anʼanaviy milliy hunarmandchilik turlarini rivojlantirish hisobiga aholining bandligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari, ayniqsa kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga qaratilgan, shu jumladan muayyan korxonalarga (ish beruvchilarga) biriktirish, kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar shartlariga rioya qilish samaradorligi va ishonchliligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda tegishli hududlarda Dasturning asosiy yoʻnalishlar, tumanlar, shaharlar va aniq korxonalar kesimidagi parametrlari bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi ish oʻrinlari kamayishining sabablarini puxta oʻrganishga, shuningdek avval tashkil etilgan ish oʻrinlarini va ularning samaradorligini saqlashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika, soliq hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining axborot tizimlaridan foydalangan holda Dastur bajarilishining muntazam monitoring qilinishini, shu jumladan Dasturni amalga oshirish natijalari hisobga olinishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning har choragida Dastur bajarilishining borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ish oʻrinlari yaratilishini hisobga olish va monitoring qilish hamda buning samaradorligi va barqarorligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya dasturlarining, sanoatni, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlarining parametrlaridan kelib chiqib, maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati, xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalar bilan hamkorlikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish sanoatini, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan hamkorlikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy jihatdan nochor korxonalarni xususiylashtirish va sogʻlomlashtirish dasturlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon va fermer xoʻjaliklarida mahsulotni ishlab chiqarish dasturlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni, hunarmandchilikni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan taʼminlanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy muvofiqlashtirish va Dastur bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) tijorat banklari bilan hamkorlikda asosan mehnat bozorida vaziyat keskin boʻlgan olis qishloq tumanlarida ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga kredit resurslari koʻpaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari Dasturning ish oʻrinlarini tashkil etishning tegishli hududiy parametrlarini bajarishga doir qismi qay tarzda bajarilayotganligini oʻz sessiyalarida yilning har choragida muhokama etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ijro etilishini taʼminlash uchun yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning ijro etilishi ustidan nazorat qilish Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (Z. Nizamxodjayev) hamda Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (F. Umarov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-63-III-son