Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.1995 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlarining respublika uchun foydali kontraktlar tayyorlash va tuzish, eksport operatsiyalari o‘tkazishdan olinadigan valyuta tushumi muddatlarini qisqartirish bo‘yicha mehnatini rag‘batlantirish, vazirlik shtatlarini malakali kadrlar bilan butlash va ularning muqim ishlab qolishlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi apparati va vazirlik organlari xodimlari uchun quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgili muddat xizmat qilganligi uchun ish stajiga bog‘liq ravishda ilovaga muvofiq miqdorlarda bir marta beriladigan mukofot. To‘lovlar bir yillik ish yakunlari bo‘yicha o‘rtacha lavozim maoshidan kelib chiqib amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tillarni bilganligi uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan komissiyaning xulosasiga ko‘ra lavozim maoshining 10 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respubliiasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriga 1995-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va tashqi savdoni rejalashtirish bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish bosh boshqarmasi va Xalqaro yuk tashish boshqarmasi xodimlariga lavozim maoshining 70 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi uchun foydali bo‘lgan eksport-import kontraktlarini tayyorlashda, tuzishda va amalga oshirishda qatnashgan vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun mehnatga haq to‘lash yillik fondining 15 foizi miqdorida maxsus jamg‘arma tashkil etishga ruxsat berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Maxsus jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1995-yilda ustama va qo‘shimcha haqlar joriy etilishi bilan bog‘liq xarajatlar 1995-yilgi smeta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondi doirasida amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yilgi davlat budjetida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari O‘.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 14-avgustdagi 313-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlarini bir marta mukofotlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimidagi ish staji‎

Oylik lavozim maoshi ulushi hisobidan yillik mukofat miqdori‎

1.‎ 1 yildan 3 yilgacha‎ 0,4‎
2.‎ 3 yildan 5 yilgacha‎ 0,6‎
3.‎ 5 yildan 10 yilgacha‎ 0,8‎
4.‎ 10 yildan 15 yilgacha‎ 1,0‎
5.‎ 15 yildan 20 yilgacha‎ 1,2‎
6.‎ 20 yildan ortiq‎ 1,5‎