05.10.2020 yildagi 486-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 05.10.2020 yildagi 486-IV-son
Kuchga kirish sanasi
05.10.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bildirilgan chuqur tahliliy fikrlar ilgari surilgan muhim tashabbus va gʻoyalar bugungi kunda oʻta dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, bu Oʻzbekiston yangi taraqqiyot bosqichining poydevori sifatida xalqimiz, jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilmoqda va qizgʻin qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz Prezidentining ushbu nutqida Uchinchi Renessans bugungi hayotimizdagi siyosiy, iqtisodiy oʻzgarishlarning asosini tashkil etishi, bunga keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan taʼlim sohasidagi islohotlar orqali erishish mumkinligi va shu orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davrining poydevorini yaratish zarurligi haqidagi gʻoya ilgari surildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasini isloh qilish yuzasidan bildirilgan barcha taklif va ilgari surilgan tashabbuslar mamlakat kelajagi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlarning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi chiqishida belgilangan vazifalar oʻz koʻlami va mohiyati bilan yangi Oʻzbekistondagi islohotlarning chuqur va batafsil tavsifi boʻlib, unga muvofiq parlamentdagi barcha fraksiyalar va qoʻmitalar shu vazifalar yechimi bilan shugʻullanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglariga chiqish chogʻida ishni aynan maktablarda, boshqa taʼlim va tarbiya muassasalarida mavjud boʻlgan muammolar bilan tanishishdan boshlash, okrugda joylashgan maktablardagi muammolarni oʻrganish barcha deputatlar faoliyatining birinchi navbatdagi vazifasi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari nutqda bayon etilgan tashabbuslar va gʻoyalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka atroflicha yetkazish, bu borada belgilangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament hamda deputatlar nazoratini oʻrnatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan barcha gʻoya, tashabbus va takliflarni har tomonlama muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida ilgari surilgan barcha tashabbuslar va takliflar toʻliq qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari U. Inoyatov zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nutqda ilgari surilgan gʻoya, taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari A. Kadirov va Devoni rahbari M. Miralimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bayon etilgan gʻoya, taklif hamda tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga, qoʻmitalar hamda komissiyalarga mamlakatimiz Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqida ilgari surilgan gʻoya, taklif hamda tashabbuslar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz saylovchilariga atroflicha yetkazish, bu borada keng tushuntirish ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
486-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 5-oktabrdagi 486-IV-sonli Qaroriga

ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

E.A. Zaxidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi (OʻzLiDeP)

3.

Q.A.Djurayev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (“Adolat” SDP)

4.

Sh.B. Xolmaxamatova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi (OʻzLiDeP)

5.

Gʻ.E. Abdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi (OʻzLiDeP)

6.

M.M. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi (OʻzLiDeP)

7.

A.A. Akramov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi (“Milliy tiklanish” DP)

8.

Sh.M. Turgʻunova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi (Oʻzbekiston XDP)

9.

I.I. Korjikova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi (“Adolat” SDP)

10.

M.Sh. Valiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi (“Adolat” SDP)

11.

O.I. Litvinova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi (Ekologik partiya)