28.01.2021 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
5. Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qurilish chiqindilari turlari takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil bo‘lish obyekti joylashgan hududda (tuman yoki shahar) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashga yo‘naltirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Texnik hujjat chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasiga ilova qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Takroriy foydalanishga va qayta ishlashga yaroqli qurilish chiqindilarini to‘plash ular hosil bo‘ladigan obyektlarda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq, foydalanishning yagona yo‘nalishiga ega bo‘lgan pozitsiyalar bo‘yicha (2-ilovaga kiritilmagan boshqa qurilish chiqindilari ularning kelib chiqishi, agregat holati, xavflilik sinfi va foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra) alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.
18. Chiqindi chiqaruvchilar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobini yuritadi.
Hisobni yuritish qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda olib boriladi va ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv taloni (keyingi o‘rinlarda — kuzatuv taloni) ilova qilib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
chiqindi chiqaruvchilardan ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllar bo‘yicha ma’lumot va tasdiqnomalarni qabul qilish;
35. Chiqindi chiqaruvchilar ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqnoma olish uchun chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlarga rasmiy ravishda murojaat qiladilar.
Chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlar chiqindi chiqaruvchilar murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqnomani tayyorlaydilar va chiqindi chiqaruvchilarga taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Amalga oshirish muddatlari

1-bosqich

Xo‘jalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil qiladigan yuridik shaxslar

1. Har bir qurilish chiqindilari hosil bo‘lishi obyekti bo‘yicha qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilovchi texnik hujjatni ishlab chiqadi.

1. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasini ishlab chiqish jarayonida.

2. Texnik hujjatni atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasiga ilova qilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi.

2. Mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar.

2-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

Texnik hujjatga muvofiq qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish xarajatlarini qurilish loyiha-smeta hujjatlariga kiritadi.

Qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida

3-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

Qurilish chiqindilarini to‘plash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega bo‘lgan tashkilotlar bilan chiqindilarni topshirish (realizatsiya qilish) yoki olib chiqib ketishga shartnoma tuzadi.

Qurilish ishlari davrida

4-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

1. Qurilish chiqindilari hosil bo‘lishi obyektida:

takroriy foydalanishga va qayta ishlashga yaroqli qurilish chiqindilarini alohida saralangan (ajratilgan) holda to‘playdi;

ko‘mish uchun yo‘naltiriladigan qurilish chiqindilarini ularning xavflilik sinfi bo‘yicha alohida saralangan (ajratilgan) holda to‘playdi.

1. Qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va buzish ishlari davrida.

2. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlaydi.

2. O‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddatda.

3. Qurilish chiqindilari olib chiqib ketilishini tashkil etadi.

3. Qurilish ishlari davrida.

4. Vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobini yuritadi.

4. Qurilish ishlari davrida.

5-bosqich

Qurilish chiqindilarini tashuvchilar

1. Qurilish chiqindilarini to‘plash, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga topshirish (realizatsiya qilishni) yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poli�onlari)ga ega bo‘lgan tashkilotlar bilan chiqindilarni joylashtirish uchun shartnoma tuzadi.

1. Zaruratga ko‘ra yoki qurilish ishlari davrida.

2. Qurilish chiqindilarini shartnoma, yo‘nalish chizmasi yoki qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonida belgilangan manzilga (obyektga) o‘z vaqtida tashilishini ta’minlaydi.

2. Belgilangan muddatlarda.

3. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonini mazkur chiqindilarni qabul qilib oluvchilardan tasdiqlatadi va uning bir nusxasini chiqindi chiqaruvchilarga topshiradi.

3. Qurilish chiqindilari tashilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay.

6-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

1. Qurilish chiqindilarini tashuvchilar tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan o‘z maj�uriyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.

2. Qurilish chiqindilarini qabul qilib oluvchilarga topshirishning hisobini yuritadi.

Qurilish ishlari davrida

7-bosqich

Qurilish chiqindilarini joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega bo‘lgan tashkilotlar

1. Chiqindi poligoni hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan transport vositalari og‘irligini kirish/chiqish punktida tarozida tortilishini (yuk bilan va yuksiz) ta’minlaydi.

2. Qabul qilib olingan yuk haqidagi ma’lumotlarni tovar-transport hujjatlari (yo‘l varaqalari)da hamda tegishli qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda qayd etib boradi.

3. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonida mazkur chiqindi turini haqiqatda qabul qilib olingan chiqindi miqdorini ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi.

4. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonining bir nusxasini qurilish chiqindilarini tashuvchilarga topshiradi va ikkinchi nusxasini o‘zida saqlaydi.

Qurilish chiqindilarini qabul qilib olish jarayonida

8-bosqich

1. Chiqindi chiqaruvchilar

1. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqnoma olish uchun chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlarga rasmiy ravishda murojaat qiladi.

1. Qurilish ishlari yakuniga ko‘ra.

2. Chiqindilarni qabul qilib oluvchilar

2. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqnomani tayyorlaydi va chiqindi chiqaruvchilarga taqdim etadi.

2. Chiqindi chiqaruvchilar murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

3. Chiqindi chiqaruvchilar

3. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllarda:

har bir qurilish chiqindilari hosil bo‘lishi obyekti bo‘yicha qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga, shuningdek, ko‘mishga yo‘naltirilganligi to‘g‘risida ma’lumot;

shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etadi.

3. Qurilish ishlari tugallanganidan so‘ng, obyektlarni qonun hujjatla�ida belgilangan tartibda foydalanishga topshirguniga qadar (kamida besh ish kun oldin).

9-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari

1. Chiqindi chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqnomalardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, mazkur tartibga muvofiq ishlab chiqilganligini tekshirish hamda xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, undagi ma’lumotlarni qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

1. Besh ish kuni mobaynida.

2. Ma’lumot va tasdiqnomalarda xato va kamchiliklar aniqlanganda asosli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda uni taqdim etgan tashkilotni xabardor qiladi.

2. Besh ish kuni mobaynida

10-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

Ma’lumot va tasdiqnomalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga qayta taqdim etadi.

O‘n ish kuni mobaynida

11-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari

Ma’lumot va tasdiqnomalarni taqdim etmagan chiqindi chiqaruvchilarga nisbatan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

Zaruratga ko‘ra

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Kichik guruh

Chiqindilar pozitsiyasining nomi (ro‘yxati)

Foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari (utilizatsiya qilish va qayta ishlash mahsuloti)

1. Organik asosli chiqindilar guruhi

Yog‘och chiqindilar

yog‘och materiallar va konstruksiyalar, yog‘och issiqlik izolatsiyasi materiallari, taxta, DSP, fanera, DVP, MDF, yog‘och taralar va boshqalar

yog‘och materiallar, shu jumladan, murakkab profilli, namga chidamli va boshqalar, arbolit, issiqlik izolatsiyasi, shovqin izolatsiyasi

Qog‘oz va karton chiqindilar

gulqog‘ozlar, qog‘oz qadoqlash idishlari, karton taralar va boshqalar

issiqlik izolatsiyasi aralashmalari, tom yopish materiallari

2. Mineral asosli chiqindilar guruhi

Tabiiy tosh chiqindilari

qoplama plita bo‘laklari (parchalari, siniqlari);

siniqsimon plitalar, mozaykali qoplama plitalar

toshga ishlov berishdan hosil bo‘luvchi shlam (kukunsimon)

shpatlyovka, suvoq, sun’iy tosh, tashqi dekorativ qoplamalar

bruschatka, tosh yotqizilgan yo‘llar va boshqa tabiiy tosh chiqindilari

щeben (maydalangan tosh)

Beton va qurilish aralashmalari chiqindilari

Temir-beton va boshqa og‘ir beton chiqindilari

щeben (maydalangan tosh)

yengil beton chiqindilari, g‘ovak beton chiqindilari, fibrolitli, arbolitli beton chiqindilari, suvoq aralashmalarining quruq chiqindilari

devor bloklarini ishlab chiqarish va monolit quyma uchun kukunsimon to‘ldirgichlar

Mineral bog‘lovchi materiallar chiqindilari

gipsli material chiqindilari (to‘siq panellari va plitalari, gipsokarton, vent-bloklar), silikatli material chiqindilari (g‘isht, g‘ovakli materiallar), ohakli chiqindilar (ohak-qum, ohak-kukun, ohak-kul)

devor bloklarini ishlab chiqarish va monolit quyma uchun kukunsimon to‘ldirgichlar

Asbest-sement chiqindilar

tom yopish listlari, tashqi qoplama panellari, quvurlar, ventkoobkalar, elektrotexnika doskalari

olovga chidamli devor bloklarini ishlab chiqarish uchun to‘ldirgichlar

Shisha va unga tenglashtirilgan chiqindilar

shisha siniqlari, ko‘pikli shisha chiqindilari, shisha mato chiqindilari, perlit va vermikulit mahsulot chiqindilari, g‘isht, santexkeramik, fayans va keramikli plitka bo‘laklari (parchalari, siniqlari)

avtoklavsiz ko‘pikli beton bloklarini ishlab chiqarish uchun kukunsimon xomashyo, monolit ishlab chiqarish

Keramik chiqindilar

press-kukun, shliker quyish uchun qorishma, olovga chidamli suvoq uchun qo‘shimchalar, pigmentlar ishlab chiqarish uchun qo‘shimchalar

3. Kimyoviy asosli chiqindilar guruhi

Asfalt va qatron-beton chiqindilari

qayta tiklanuvchi (ikkilamchi) asfalt-beton

Rulonli tom yopish va gidroizolatsiya materiallari chiqindilari

bitumli, katronli, katron-bitumli, bitum-polimerli, rezina-katronli va bitumli (asossiz) materiallar hamda krton asosli materiallar (ruberoid, pergamin, qora qog‘oz), shisha asosli (shishali ruberoid), asbesli qog‘oz (gidroizol)

Asfalt-beton qorishmalarini ishlab chiqarish uchun yupqa dispersiyali kukun

Plastmassa va polimer chiqindilar

linoleum va polimer plitka chiqindilari

yog‘ochli plastik ishlab chiqarish uchun qo‘shimchalar

polimerli tom yopish materiallari chiqindilari

penoplast pa poroplast (polistirol, poliuretan) chiqindilar

devor bloklar ishlab chiqarish uchun to‘ldirgichlar

suv ta’minoti, kanalizatsiya va elektr o‘tkazgichlarning plastmassa quvurlari, zina va to‘siq (panjara) tutqichlari, polimer asosli pogonajli mahsulotlar

ikkilamchi polimer mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yupqa dispersiyali kukun

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning izoh qisminingbirinchi bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jarayonlari
tartibini belgilovchi texnik hujjatning
namunaviy shakli

____________________________________________________________________________________________
(chiqindi hosil bo‘lish obyektining nomi)
____________________________________________________________________________________________
(chiqindi hosil bo‘lish obyektining joylashgan joyi)
Qurilish buyurtmachisi:________________________________________________________________________

(nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

Bosh pudratchi: ________________________________________________________________________________

(nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

20___ y. “____”______

1-jadval

Obyektda hosil bo‘luvchi qurilish chiqindilarining
prognoz ko‘rsatkichlari

T/r

Chiqindi turi?

Butun jarayon davomida hosil bo‘lish miqdori (tonna, m3)

Xavflilik sinfi

Jami

2-jadval

Qurilish chiqindilaridan foydalanish yoki chiqindi poligonlariga
joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari

T/r

Chiqindi turi

Takroriy foydalanishga yo‘naltiriladigan chiqindi miqdori
(tonna, m3)

Utilizatsiya va (yoki) qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindi miqdori
(tonna, m3)

Poligonlarga joylashtirish uchun yo‘naltiriladigan chiqindi miqdori
(tonna, m3)

3-jadval

Qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan obyekt joylashgan hududda (tuman, shahar)gi mavjud qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati

T/r

Tashkilotlar nomi

Joylashgan manzili

Tashkilotning chiqindilarni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash yo‘nalishlari

Izoh. Ushbu ro‘yxatga qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan obyekt joylashgan hududda (tuman, shahar) qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash uchun tegishli texnologiya hamda quvvatlarga ega bo‘lgan tashkilotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mazkur hududga bevosita tutash hududlardagi mavjud tashkilotlar ham kiritilishi mumkin.

4-jadval

T/r

Chiqindi turi

Olib chiqib ketish davriyligi (kun)

Olib chiqib ketish miqdori
(tonna, m3)

Chiqindilar tashiladigan obyekt
(nomi, joylashgan joyi, obyekt nomi va manzili)

Izoh. Ushbu jadvalga qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarini belgilagan holda qurilish chiqindilari hosil bo‘ladigan obyektning sxemasi ilova qilinadi (1:500 masshtabdan kam bo‘lmagan o‘lchamda).


Texnik hujjat loyihasiga qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jarayonlariga xos va zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

Qurilish chiqindilarini __________________________________________________ uchun tashishga namunaviy

(utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish)

KUZATUV TALONI

№: ________
1. Chiqindi chiqaruvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Chiqindi chiqaruvchi: ___________________________________________________________________________

(to‘liq nomi)

___________________________________________________________________________
(manzili)

______________________
(imzo)

___________________________________________________
(tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning F.I.O)

Yuborilgan sana: 20___ y. “____”______

T/r

Chiqindi nomi

Chiqindi miqdori
(tonna, m3)

Xavflilik sinfi

Idish
(tara)

Tashuvchi: ____________________________________________________________________________________
(to‘liq nomi, yuridik manzili, telefon raqami)
Olib chiqib ketish obyekti: _____________________________________________________________________

(chiqindi hosil bo‘lish obyektining nomi v joylashgan joyi)

Tashib olib boriladigan obyekt: _________________________________________________________________

(chiqindini qabul qilib oluvchining to‘liq nomi va manzili)

2. Chiqindini tashuvchi tomonidan to‘ldiriladi.
20___ y. “____”______

________________________________________________________________________________
(chiqindini tashishda foydalanilgan transport vositasining rusumi va davlat raqami)
____________________________________________________________________________________________
(haydovchi yoki chiqindini tashishga mas’ul ekspeditorning F.I.O)

Tashish uchun mas’ul shaxs: __________________

(imzo)

3. Qabul qilib oluvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Qabul qilib olingan sana: 20___ y. “____”______

T/r

Chiqindi nomi

Chiqindi miqdori
(tonna, m3)

Xavflilik sinfi

Idish
(tara)

Qabul qilishning maqsadi
(utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish)

Chiqindini qabul qilib oluvchi: _________________________________________________________________

(to‘liq nomi va manzili)

________________
(imzo)

_____________________________________________________
(chiqindini qabul qilib olishga mas’ul shaxsning F.I.O)

1. 2-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. 30-bandning uchinchi xatboshisidagi “(ekologik normativlarga)” so‘zlari “shuningdek, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyiha hujjatlari bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.