26.01.2021 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-aprelga qadar davlat xaridlari sohasidagi maxsus axborot portali operatorlari bilan birgalikda maxsus axborot portalida qurilish sohasida davlat xaridlarini elektron shaklda oʻtkazishni nazarda tutuvchi alohida sahifa yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-mayga qadar Markaziy axborot portalini yaratish boʻyicha texnik-loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ekspertizadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-sentabrga qadar davlat xaridlari boʻyicha barcha maʼlumotlarni jamlovchi va tashqi axborot tizimlar bilan oʻzaro elektron hamkorlikni taʼminlovchi Davlat xaridlari markaziy axborot portali dasturiy majmuasini (keyingi oʻrinlarda — Markaziy axborot portali) yaratish va uni kuzatishni taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy axborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy axborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni taʼminlash xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar hamda Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-apreldan boshlab davlat xaridlari ijrochisining muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi axborot tizimlari oʻrtasidagi axborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlari sohasidagi maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash maqsadida Markaziy axborot portali bilan elektron hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ikki oy muddatda Moliya vazirligiga qurilish sohasida (loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal taʼmirlash) tanlovni (tenderni) tashkil etish va oʻtkazishda ishtirokchilar uchun talab etiladigan namunaviy hujjatlarni tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligining soʻroviga muvofiq Markaziy axborot portalini elektron hukumat tizimlari bilan integratsiyalashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish boʻyicha funksional talablar 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini yuritish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) milliy klassifikatorining “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” bilan malumotlar almashishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksional talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish boʻyicha funksional talablar (keyingi oʻrinlarda — Funksional talablar) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, sohaga oid qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Funksional talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari markaziy axborot portali (keyingi oʻrinlarda — DXMAP) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot elektron shaklda yuritilishini, shu jumladan, maxsus axborot portali operatorining (keyingi oʻrinlarda — operator) axborot tizimlari bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvi orqali davlat xaridlarining reja-jadvallari, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari toʻgʻrisidagi axborot, davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot va boshqa maʼlumotlarni oʻzining maʼlumotlar bazasida jamlanishini va ulardan barcha jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini taʼminlovchi maxsus elektron platformasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot (keyingi oʻrinlarda — axborot) — davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, davlat xaridlarining reja-jadvallari, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, hujjatlarning namunaviy shakllari, xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan namunaviy shartnomalar, davlat xaridlarining yakunlari toʻgʻrisidagi axborot, Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari, davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot va davlat xaridlari sohasiga oid boshqa maʼlumotlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot portali — operatorning davlat xaridlari oʻtkazilishini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek, elektron davlat xaridlari oʻtkazilishini taʼminlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot portali operatori — davlat xaridlarining subyektlariga xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish, maxsus axborot portaliga eʼlonlarni, buyurtmanomalarni hamda davlat xaridlari va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotni joylashtirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi maxsus vakolatli yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Funksional talablar quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXMAPda axborotni shakllantirish va joylashtirish, shuningdek, uning jamoatchilikka ochiqligini taʼminlash uchun “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga hamda ushbu Funksional talablarning 2 va 3-boblari talablariga muvofiq funksional imkoniyatlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXMAPning operatorlar axborot tizimlari va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyasini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari mablagʻlari doirasida yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish tartibiga muvofiq axborotni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida DXMAPda axborot majburiy tartibda jamoatchilikka havola etilishini taʼminlash, qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga oʻz funksiyalarini bajarishi uchun DXMAPdan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. DXMAP Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining masʼul xodimlari oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun oʻzlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda DXMAPda kuzatuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. DXMAPda joylashtirilgan axborot DXMAPda axborotni joylashtirish vakolatiga ega boʻlgan shaxslarning ERIsi bilan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. DXMAPda ERIni qoʻllash tartibi “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga muvofiq, shuningdek, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. DXMAPga boshqa axborot tizimlaridan integratsiya asosida uzatiladigan axborot DXMAPga avtomatik tarzda joylashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. DXMAP bilan boshqa axborot tizimlari oʻrtasidagi maʼlumotlar almashinuvi belgilangan standart talablarga muvofiq yagona formatlar orqali hamda Elektron hukumatning maʼlumotnomalar, klassifikatorlar va yagona identifikatorlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. DXMAPda axborotni joylashtirish quyidagi talablardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot elektron hujjatlarning yagona shakliga muvofiq boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilayotgan ERIning haqiqiyligi tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilishi lozim boʻlgan axborot qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborotni DXMAPda joylashtirishda ularga avtomatik ravishda DXMAP tomonidan identifikatsiya raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maxsus axborot portalida eʼlon qilinishi lozim boʻlgan axborot DXMAPda joylashtirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. DXMAPga qoʻyiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. DXMAPda axborotni shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va taqdim qilish funksiyalari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, ushbu Funksional talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. DXMAP quyidagi sahifalardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni joylashtirish, jamlash, qayta ishlash va tahliliy hisobotlarni shakllantirish sahifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi axborot tizimlar bilan maʼlumot almashinuvini taʼminlash sahifasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ichki audit boʻlinmalari tomonidan davlat xaridlari subyektlarining oʻz funksiyalarini qonunchilik hujjatlari talablari doirasida amalga oshirayotganligi boʻyicha monitoring va nazorat qilish sahifasi;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini yuritish sahifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlanadigan maʼlumotlarning xavfsizligi, yaxlitligi, toʻgʻriligi va ulardan foydalana olish imkoniyatini taʼminlash sahifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan maʼlumotlarni (maʼlumotnomalar, tasniflar, normativ-huquqiy hujjatlar, sharhlar va tushuntirishlar) olish, saqlash va tarqatish sahifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilarining kasbiy mahoratga ega boʻlishi, xodimlarning soha boʻyicha malakasini muntazam ravishda oshirib borish uchun moʻljallangan taʼlim sahifasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. DXMAPda shakllantiriladigan, joylashtiriladigan va taqdim etiladigan axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. DXMAPda quyidagi axborotlar shakllantiriladi, joylashtiriladi va taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarining reja-jadvallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar, eng yaxshi takliflarni tanlash, tanlov va tender hujjatlari va ularga kiritilgan oʻzgartirishlar, yakunlangan yoki bekor qilingan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek, davlat xaridlarida foydalaniladigan hujjatlarning namunaviy shakllari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari monitoringi natijalari boʻyicha jamlangan tahliliy hisobotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatori;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan elektron savdo maydonchalarida roʻyxatdan oʻtgan davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari roʻyxati;
(15-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari ijrochisining muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXMAP bilan oʻzaro aloqada boʻlgan axborot tizimlari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilarining kelgusi yilda joriy xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun moddiy-texnik resurslar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasidagi yangiliklar, hujjatlar, oʻkuv materiallari, maʼlumotnomalar, savolnomalar, aloqa maʼlumotlari haqidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari sohasiga oid boshqa axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. DXMAPda joylashtirilgan axborot jamoatchilik uchun eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. DXMAPda shakllantirilgan va joylashtirilgan barcha axborot qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. DXMAPda barcha operatorlar uchun teng maʼlumot almashinuvi imkoniyatlari yaratilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Funksional talablar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Operatorlar axborot DXMAPga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
2-ILOVA

Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatorini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatorini (keyingi oʻrinlarda — Klassifikator) yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalarning maqsadi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va xalqaro klassifikatorlarga muvofiq tovarlar, ishlar va xizmatlarni tavsiflash va davlat xaridlari samaradorligini oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) Klassifikatorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Klassifikatordan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari maqsadlari uchun tovar (ish, xizmat)ni tasniflash va kodlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ish, xizmat)ning batafsil tavsifini davlat xaridining reja-jadvalida, davlat xaridi toʻgʻrisidagi eʼlonda, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining ofertasida, tanlov va tender hujjatlarida, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomada va qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xaridlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotlarda aks ettirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni yigʻish, hisobga olish, ishlov berish va tahlil qilishni hamda barcha manfaatdor shaxslarga undan foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning spetsifikatsiyalarini shakllantirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarining boshlangʻich narxini va loyiha xarajatlarining meʼyoriy koʻrsatkichlarini aniqlashda xolisligiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro statistika metodologiyasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlari boʻyicha maʼlumotlarni taqqoslash orqali statistik maʼlumotlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari shaffofligi va samaradorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro elektron axborot tizimlari bilan davlat xaridlari boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Klassifikatorning tuzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Klassifikator Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda — MST) asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuzilishiga koʻra Klassifikator tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlanishi, maxsus kodi va tavsifnomalaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Klassifikator maxsus kodlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSTning harfli kodi va olti xonali raqamli kodlardan iborat birinchi daraja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ish, xizmat)ning guruhi (tipi)dan kelib chiqib shakllantirilgan uch xonali raqamli kodlardan iborat ikkinchi daraja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ish, xizmat)ning standart parametrlari asosida shakllantirilgan besh xonali raqamli kodlardan iborat uchinchi daraja.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Klassifikator oʻn toʻrt raqamdan iborat va XX.XX.XX.XXX — XXXXX koʻrinishdagi formulaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Klassifikator kodlarining tuzilishi formulasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Klassifikatorni yuritish jarayonida tovar (ish, xizmat)ni guruhlarga (tiplarga) boʻlish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda yettinchidan toʻqqizinchigacha boʻlgan raqamlar “0” etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tovar (ish, xizmat)ning alohida tavsifnomalari vakolatli davlat organi tomonidan mavjud texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardan kelib chiqib yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tovar (ish, xizmat) tasniflashining asosiy tamoyillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Klassifikator tuzilishining asosini faoliyat va tovar (ish, xizmat) turining yagonaligi tamoyili tashkil etadi, yaʼni tovar (ish, xizmat)ning har bir turi maʼlum bir iqtisodiy faoliyat turiga tegishli boʻlishi va har bir faoliyat ushbu faoliyat natijasida yaratilgan tovar (ish, xizmat) kategoriyasiga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tovar (ish, xizmat)larni aniqlashtirish jarayonlari ketma-ket kodlarga boʻlish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kategoriyaning kichik kategoriyalarga detalizatsiyasi tasniflash xususiyatlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mahsulotning asosiy tasniflash xususiyatlari mahsulotning koʻlami, maqsadi, tarkibi, ishlab chiqarish usuli, bajaradigan vazifalaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tasniflashning bir xil darajasida joylashgan guruhlash bir-biri bilan tutashmasligi kerak, yaʼni ular oʻxshash tushunchalarni oʻz ichiga olmasligi kerak. Tasniflashning har bir bosqichida yuqori darajali guruhlashni ajratish uchun faqat bitta xususiyat ishlatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)larning nomlarini aks ettirish boʻyicha asosiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomi uning asosiy parametrlarini va unga oid batafsil maʼlumotni oʻz ichiga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomidagi birinchi soʻz ot soʻz turkumida, bosh kelishik va birlikda boʻlishi kerak, qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻplikda belgilangan nomlar bundan mustasno. Nom kichik harflar bilan yozilishi va birinchi soʻz katta harf bilan boshlanishi kerak.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tasniflash jarayonida tovar (ish, xizmat)ning nomini aks ettirishda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
juft ochiq joylar (probellar) qoʻyishga, nomning oxiri va boshida ochiq joylar (probellar) qoʻyishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomining oxirida va boshida tinish belgilari qoʻyishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomida “yo” harfi ishlatishga (“e” bilan almashtiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apostroflar va qavs belgilari ishlatilishiga, kiril harflari, lotin harflari va tinish belgilaridan boshqa har qanday belgilar qoʻyishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nom aniq talqin qilinishi va tovar (ish, xizmat) haqida maksimal maʼlumotni oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tovar (ish, xizmat) nomining axborot mazmuni ushbu turdagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelishi kerak (ustuvorlik kamayish tartibida): Davlat standarti (GOST), Sanoat standarti (OST), Texnik shartlar (TU), Pasportlar yoki texnik tavsiflar, ishlab chiqaruvchi kataloglari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Klassifikator vakolatli davlat organining axborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi. Klassifikatordan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatorlari (kelgusi oʻrinlarda — Operator) axborot tizimlari oʻrtasidagi oʻzaro axborot almashinuvi orqali foydalanishlari mumkin. Bunda vakolatli davlat organi operatorlardan Klassifikatordan foydalanganlik uchun haq olishga haqli. Klassifikatordan foydalanganlik uchun haq vakolatli davlat organi va Operator oʻrtasida tuziladigan Kelishuvga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Klassifikator Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida yuritiladi. Klassifikator boshqa tillarda ham yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Klassifikatorga davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Klassifikator pozitsiyalari quyidagi koʻrinishda boʻladi: tovar (ish, xizmat) kodi, nomi, oʻlchov birligi, bajarilgan ish hajmi va koʻrsatilgan xizmat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tovar (ish, xizmat)ning tavsifi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi: isteʼmol xususiyatlari va tovar (ish, xizmat)ning boshqa xususiyatlari, shu jumladan, funksional, texnik va sifat xususiyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Miqdoriy baholashga ega boʻlgan xususiyatlar kiritilayotganda, uning oʻziga xos qiymati yoki muayyan qiymatlarning toʻliq roʻyxati yoki maqbul qiymatlar oraligʻi yoki oʻzgarmas qiymatlar, shu jumladan, tovar (ish, xizmat)ga boʻlgan talablar hisobga olingan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Miqdoriy baholashga ega boʻlmagan xususiyatlar kiritilayotganda, xarid qilinayotgan obyektlarga qoʻyiladigan talablar hisobga olingan holda tovar (ish, xizmat)ning tegishli xususiyatlarining toʻliq roʻyxati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Klassifikator pozitsiyalarini shakllantirish va kiritish vakolatli davlat organi tomonidan apparat-texnika vositalaridan foydalangan holda avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 2 va 5-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda) ilovaning 10, 14 — 16, 18 va 19-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda) 1-ilovaning 25 va 26-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 20-fevraldagi 50-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda) ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda) 1-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-apreldagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 9-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y. 16-sentabr, 37-son, 485-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 81-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2015-yil 4-noyabrdagi 317-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-yanvardagi 9-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 34-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 290-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 26-martdagi 254-son qaroriga 1-ilovaning 1 va 6-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)