Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.07.1995 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.07.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“QOBUL-TOʻYTEPA TEKSTIL” OʻZBEKISTON — KOREYA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni taʼminlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va respublikaning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining ikki bosqichda “Qobul Teksttaylz” Koreya firmasi bilan Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida qurilayotgan yigiruv fabrikasi bazasida paxta kalavasi va xom ip gazlama ishlab chiqarish boʻyicha yopiq turdagi “Qobul—Toʻytepa Tekstil” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Bunda Oʻzbekiston va Koreya tomonlarining ustav fondiga qoʻshadigan ulushlari 30 va 70 foizdan iborat hamda asosiy parametrlari ilovaga* muvofiq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Qobul Tekstil” firmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga va “Qobul—Toʻytepa Tekstil” qoʻshma korxonasiga quvvatlar ishga tushirilgandan soʻng besh yil davomida uzish sharti bilan 56 mln AQSH dollaridan koʻproq hajmda kredit beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvatlar ishga tushirilgandan soʻng dastlabki ikki yilda qoʻshma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 80 foizi va keyingi yillarda kamida 90 foizi eksportga yetkazib berilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan korxona uchun yotoqxona, xodimlar uchun turar joylar, poliklinika, profilaktoriy, sport inshootlarini oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy-madaniy soha korxonalarini, shuningdek, Toshkent shahrida savdo uyini barpo etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toʻytepa shahrida qurilayotgan yigiruv fabrikasining binolari va inshootlarini “Qobul—Toʻytepa Tekstil” qoʻshma korxonasining ustav fondiga hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga davlat ulushlarini belgilangan tartibda boshqarish huquqini bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi qoʻshma korxonaning kalava ishlab chiqaruvchi birinchi bosqichi quvvatlari 1996-yilda kalava va xom ip gazlama ishlab chiqaruvchi ikkinchi bosqichi quvvatlari 1997-yilda ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi balanslarini ishlab chiqishda haqi erkin narxlarda toʻlangan holda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi buyurtmanomalariga muvofiq “Qobul—Toʻytepa Tekstil” qoʻshma korxonasining unga boʻlgan ehtiyojini 1996-yildan boshlab hisobga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korxona qurilishini Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻshma korxona masalalari boʻyicha ishlash uchun keladigan “Qobul Tekstil” firmasi mutaxassislariga mehmonxonada yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi Koreya mutaxassislarining uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 17-iyul,

275-son