O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“QOBUL-TO‘YTEPA TEKSTIL” O‘ZBEKISTON — KOREYA QO‘SHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va respublikaning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-oktabrdagi 487-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
quvvatlar ishga tushirilgandan so‘ng dastlabki ikki yilda qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 80 foizi va keyingi yillarda kamida 90 foizi eksportga yetkazib berilishini ta’minlaydi;
qurilayotgan korxona uchun yotoqxona, xodimlar uchun turar joylar, poliklinika, profilaktoriy, sport inshootlarini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-madaniy soha korxonalarini, shuningdek, Toshkent shahrida savdo uyini barpo etadi.
(2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-oktabrdagi 487-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3 — 8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-oktabrdagi 487-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 17-iyul,
275-son