22.01.2021 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli va tartibi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-maydagi PF-5995-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli hamda tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Organik mahsulotlar yetishtirishda va ularni yigʻib olishda yer maydonlariga qoʻyilgan talablarni, shuningdek, organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli hamda tartibini nazarda tutuvchi Organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2021-yildan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har yili 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik mahsulotlarini yigʻib oluvchi xoʻjaliklar yer maydonlarining manzilli roʻyxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik mahsulotlarini yigʻib oluvchi xoʻjaliklar yer maydonlarining oxirgi uch yil uchun statistik tahlil natijalari va topografik joylashuvini oʻrganish, tuproq, sizot va oqova suvlar sifati hamda xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muntazam ravishda organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik mahsulotlarini yigʻib oluvchi xoʻjaliklar yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari anʼanaviy usulda yetishtiriladigan yer maydonlaridan ajratib turuvchi belgi va koʻrsatkichlarni oʻrnatish, shuningdek, eksportbop va serdaromad organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 33-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli va tartibi toʻgʻrisida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli hamda tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning qoidalari organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni yetishtiruvchi va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik mahsulotlarini yigʻib oluvchi xoʻjaliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgi — organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olish uchun tanlangan yer maydoni hamda mazkur yer maydonida faoliyat yurituvchi xoʻjalik toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar peshlavhasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatkich — organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olish uchun tanlangan yer maydoni hamda mazkur yer maydonida faoliyat yurituvchi xoʻjalik toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olishga tanlangan yer maydoni — organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni yetishtirish yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olishga moʻljallangan yer maydonining belgilangan talablarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik yer maydonlari — muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan, organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiradigan yoki yovvoyi holda oʻsgan oʻsimliklar yigʻib olinadigan yer maydonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik mahsulot — ishlab chiqarish, qayta ishlash va savdo qilishning barcha bosqichlarida milliy organik standart talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash orqali olingan mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq va suv tarkibini tahlil qilish — organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib oluvchi xoʻjalik yer maydonlarining soʻnggi uch yillik statistik tahlil natijalarini hamda topografik joylashuvini oʻrganish, tuproq tarkibini, sizot va oqova suvlarning sifatini laboratoriyada tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Organik mahsulotlar yetishtirishda va yigʻib olishda yer maydonlariga qoʻyiladigan talablar hamda belgi oʻrnatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalikning tanlangan yer maydonida faoliyat olib borish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni muvofiqlikni baholash organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib oluvchi xoʻjalikning yer maydonidagi tuproq tarkibidagi sizot va oqova suvlarning sifati (minerallashuv) tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonini tanlashda oxirgi uch yilda shu maydonda ekilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari, qoʻllanilgan agrotexnik tadbirlar, berilgan mineral oʻgʻitlar turlari va miqdori (qoldiq) oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga tanlangan yer maydonining atrofida anʼanaviy usulda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarning turi, sugʻorish tizimi, yer maydoni chegaralarida ihotazorlar barpo etish magistral kanal va avtomobil yoʻllari bilan oraliq masofani hisobga olgan holda tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuproqning fizik-mexanik, kimyoviy, mikrobiologik va agrokimyoviy tarkibi laboratoriyada tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublikada kamayib borayotgan va muhofazaga olingan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik turlarini yigʻib olishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlangan yer maydonida tuproq tarkibi, iqlim sharoitini hisobga olgan holda, qishloq xoʻjaligi ekinlari bir yillik yoki koʻp yillik turlarga qarab joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga tanlangan yer maydoni boʻyicha barcha tahlil natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda xoʻjalik tomonidan mazkur yer maydonining kirish yoʻlagiga organik qishloq xoʻjaligiga oʻtish davrini bildiruvchi quyidagi koʻrsatkichlar oʻzida aks ettirgan belgi oʻrnatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydoniga egalik qiluvchi xoʻjalik nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik joylashgan joy (pochta manzili);

xoʻjalik rahbarining F.I.O.;

umumiy yer maydoni xaritasi, gektar, organik yer maydoni gektari, konturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladigan organik qishloq xoʻjaligi mahsulot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekin turlaridan kelib chiqib, organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga (bogʻ, uzumzor, texnik va oziq-ovqat ekinlari hamda oziqabop yem-xashak ekinlari) oʻtish davrining muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiusi 3 km dan kam boʻlmagan asalarichilik xoʻjaligi hududining xaritasi hamda asalari uyalarini hududdan hududga koʻchirish talab etilsa, koʻchish hududlarining xaritalari (asalarichilik xoʻjaliklari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari inshootlarining yer maydonida (gektar) joylashuv sxemasi hamda yaylovlar xaritasi koʻrsatilgan belgi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib oluvchi xoʻjalik murojaatiga koʻra, muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan organik muvofiqlik sertifikatiga asosan tanlangan yer maydoniga oʻrnatilgan belgida organik oʻtish davri belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olish jarayoniga organik muvofiqlik sertifikati olgan xoʻjalik organik yer maydonining kirish chegarasiga quyidagi koʻrsatkichlarni oʻzida aks ettirgan belgini oʻrnatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik mahsulotlari yigʻib olinadigan xoʻjalik nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik rahbarining F.I.O.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonining xaritasi, maydoni (gektar);

yigʻib olinadigan mahsulot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash idorasi nomi (telefon raqami va elektron pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik muvofiqlik sertifikatining raqami va amal qilish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xoʻjalik tomonidan organik qishloq xoʻjaligiga oʻtish muddatini bildiruvchi belgida koʻrsatilgan maʼlumotga oʻtish muddati tugagunga qadar oʻzgartirish kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayoniga muvofiqlikni baholash organi tomonidan berilgan organik muvofiqlik sertifikatiga asosan xoʻjalik tomonidan organik yer maydonining kirish yoʻlagiga quyidagi koʻrsatkichlarni oʻzida aks ettirgan belgi oʻrnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlariga egalik qiluvchi xoʻjalik nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik rahbarining F.I.O.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonining xaritasi, maydoni (gektar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtiriladigan mahsulot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik joylashgan joy (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organi nomi (telefon raqami va elektron pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
organik muvofiqlik sertifikatning raqami va amal qilish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻib olish jarayonlarida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/33/0059-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)