19.12.2018 yildagi 2249-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 19.12.2018 yildagi 2249-III-son
Kuchga kirish sanasi
19.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini optimallashtirish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimi takomillashtirildi. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tugʻma kasalliklar bilan tugʻilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari faoliyati takomillashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga munosib tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida yangi 6 ta respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ularning soni 16 taga yetkazildi. Hududlarda respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 10 ta filiali ish boshladi. Shuningdek, tuman va shaharlardagi kasalxonalarda 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlim, 1200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda Davlat budjetidan tibbiyot sohasiga 9,6 trln. soʻm yoki 2017-yilga nisbatan 40,0 foiz koʻp mablagʻ ajratilgan boʻlsa, 2019-yil uchun 12 trln. soʻmdan ziyod yoki joriy yilga nisbatan qariyb 30 foiz koʻp budjet mablagʻlarini yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda sogʻliqni saqlash sohasi muassasalari faoliyatini tashkil etish borasida tizimli kamchilik va muammolarning mavjudligi fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi va tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnika bazasi hamda shifokor kadrlar bilan taʼminlanish darajasi talab darajasida emas. Respublika, viloyat, tuman (shahar) va qishloq tibbiyot muassasalari oʻrtasida bemorlarga oid maʼlumotlar bazasini yaratish borasida oʻzaro uygʻunlik yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda aholini, ayniqsa, yolgʻiz, keksa, nogiron, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni, boʻlajak onalar va bolalarni patronaj xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish borasidagi ishlar talab darajasida emas. Shuningdek onalar va bolalarni muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish orqali yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi va ularni erta aniqlash ishlari hanuzgacha oqsamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi holatlar ham talab darajasida emas. Hususan, oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tayyorlash hamda ulardan foydalanishda tegishli uskunalarning sanitariya qoidalariga, gigiyena normativlariga va laboratoriya tahlilidan oʻtkazish masalalariga yetarli darajada eʼtibor bermaslik oqibatida ayrim turdagi yuqumli kasalliklarning aholi oʻrtasida tarqalishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohada kadrlar yetishmasligi muammosini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qaramasdan, tibbiyot sohasidagi kadrlarning ijtimoiy himoyasi yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, ularning davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi, hududlarning ehtiyojiga koʻra shifokorlarning boshqa ixtisoslik boʻyicha qayta tayyorlanishi uchun mahalliy hokimlik yoki Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan moliyaviy mablagʻlar ajratilmasligi, ularning malaka toifasini olish borasida hamon byurokratik toʻsiqlar mavjudligi sogʻliqni saqlash tizimida kadrlarning qoʻnimsizligiga hamda mazkur soha zarur mutaxassislar bilan yetarlicha taʼminlanmasligiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, tibbiyot muassasalariga xodimlar ajratish normativlariga ham aniqlik kiritish talab etiladi. Jumladan, tuman markaziy shifoxonalarida yotib davolanuvchi bemorlar uchun oʻrin sonlari aholi punklarining joylashuvi, hududning demografik holati va boshqa holatlarni hisobga olmasdan belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish lozimki, bugungi kunda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining rahbarlari va malakali mutaxassislari joylarga chiqib tibbiy koʻriklarni, jarrohlik amaliyotlarini va boshqa davolash jarayonlarini olib bormoqdalar. Biroq markazlarning mutaxassislari hududlarga muayyan mintaqada qanday kasallik koʻp tarqalganligiga qarab emas, balki yil boshida tasdiqlangan jadval asosida chiqishmoqda. Mazkur holat ayrim kasalliklar maʼlum bir hududda koʻpayishiga hamda ushbu hududdagi bemorlarning davolanish uchun respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga kelishiga, ularda davolanuvchilar sonining keskin ortishiga, ushbu markazlarda davolanish uchun navbatda turib qolishlar hamda korrupsiya holatlari yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash sohasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya (AKT) imkoniyatlaridan keng foydalanilmayotganligi tizimdagi oqsoqliklarga sabab boʻlmoqda. Xususan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatida zamonaviy AKTlarni keng joriy etish orqali shaffoflik taʼminlanmagan, yaʼni bemorlarga ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflamasdan elektron navbatga yozilgan holda davolanish imkoniyatlarini yaratish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saʼy-harakatlari bilan Toshkent shahridagi 47-sonli oilaviy poliklinikada namunaviy tarzda “elektron poliklinika” tizimi tashkil qilindi. Biroq, ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish ishlari vazirlik tomonidan oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Hududlarda birlamchi tibbiyot muassasasiga biriktirilgan aholining elektron roʻyxati hanuzgacha shakllantirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati ham lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan. Ayniqsa, soʻnggi yillarda nogironligi boʻlgan bolalar tugʻilishining ortganligi va bolalar oʻlimining koʻpayganligi, mamlakatimizning chekka hududlarida, shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar orasida yuqumli infeksiya kasalliklarining ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Shuningdek, bir necha yildan buyon ushbu sohada tibbiyot fanlari ilmiy darajasiga ega boʻlgan doktorlar yetishib chiqmagan (hozirgi kunda ularning soni 13 nafarligicha qolmoqda) va ilmiy izlanishlarda maʼlum yoʻnalishlar boʻyicha chegaralanib qolmoqda. Yuqori texnologik jarrohlik muolajalarini bajarish uchun tor sohaga ixtisoslashgan boʻlimlarni tashkil etish ishlari deyarli yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizdagi barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida bepul xizmat koʻrsatuvchi shifoxonalar mavjud. Lekin Toshkent shahri tumanlarida bunday xizmatlar mavjud emas. Shu sababli poytaxt aholisi shahar shifoxonalarida toʻlov asosda davolanadi. Bu esa aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Bunday manzaratni yana ayrim hududlarda, jumladan Navoiy viloyatining Navoiy va Zarafshon shaharlarida ham kuzatish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishiga erishish, shu bilan birga sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi taʼminlanishini kuchaytirish, fuqarolar sogʻligʻini saqlash borasida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda sohada olib borilayotgan faoliyati qoniqarli deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil Investitsiya dasturlari doirasida, muddatida yakuniga yetkazilmagan va foydalanishga topshirilmagan hududiy tibbiyot muassasalaridagi obyektlar qurilish-taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda 2019-yil uchun rejalashtirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari belgilangan muddatlarda toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash, oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanov zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalari faoliyatida oʻzaro hamkorlikni, xususan, sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalari bilan tez tibbiy yordam xizmati oʻrtasi, shuningdek tuman, viloyat va respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalari oʻrtasida samarali va tizimli uygʻunlashuvini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining ijtimoiy muhofazasini taʼminlash orqali mavjud boʻsh ish oʻrinlarini bartaraf etish, xodimlarning qoʻnimsizligiga barham berishga qaratilgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam maxsus mashinalarini (reanimobillarni) zarur anjomlar bilan jihozlash ishlarini oxiriga yetkazish va ushbu masala yuzasidan 10 kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hududlar kesimida axborot kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining kasalliklar tendensiyasini mintaqa, tuman (shahar) kesimida tahlil qilib borish, profilaktika ishlarining oʻtkazilishiga koʻmaklashish, oʻz yoʻnalishi boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish borasidagi faoliyatini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining faoliyatini tanqidiy oʻrganish va ushbu masalani vazirlik Rayosatida koʻrib chiqib, koʻrilgan choralar haqidagi yozma axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq tumanlaridagi tibbiyot muassasalarining “Qishloq tumanlaridagi birlamchi-tibbiy sanitariya muassasalari tibbiyot xodimlarining vaqtinchalik shtat normativlari”ni qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻida faoliyat yoʻnalishlarini kengaytirish va rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, birinchi navbatda, fertil yoshdagi ayollar va homilador ayollar, bolalar, shuningdek oʻzgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironlar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar orasida olib borilayotgan patronaj ishlarining muntazamligini va sifatini taʼminlash maqsadida patronaj tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda uni amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning turlari, pullik va bepul tibbiy xizmatlar hamda ularning dori vositalari bilan taʼminlanishiga doir axborotni aholiga qulay va tushunarli tarzda yetkazishni tizimli ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tayyorlash hamda ulardan foydalanishda tegishli uskunalarning sanitariya qoidalariga, gigiyena normativlariga va laboratoriya tahlilidan oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi deputatlaridan tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasiga maʼlumot taqdim etib borish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanovga Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxodjayev va Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov bilan birgalikda Toshkent shahrining tumanlari, Navoiy viloyatining Navoiy va Zarafshon shaharlari aholisi uchun, ushbu hududlarda tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tashkil etish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanov Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda tibbiyot muassasalari, shu jumladan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlari faoliyatiga zamonaviy AKTlarni keng joriy etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda sohani tubdan isloh qilishga va hududlarda sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy tizimlari hamda modellarini joriy qilishga qaratilgan qarorlarning joylarda ijro etilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida va 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida yangi tashkil etilgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat unitar korxonasining maqsad va vazifalariga bagʻishlangan davra suhbatini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirsin hamda mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasiga bogʻliq qonun hujjatlarini puxta inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda qonun hujjatlardagi bir-biriga zid boʻlgan koʻplab normalarni chiqarib tashlash, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllash amaliyotiga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda unifikatsiya qilish, shuningdek asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish, tegishli qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu yoʻnalishda olib borayotgan ishlarning natijadorligini oshirish maqsadida nazorat funksiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek mazkur masalalarni qoʻmitalarning, Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni va dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga koʻmaklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyaning va Qonunchilik palatasining majlislarining muhokamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi huzurida Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni va dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga koʻmaklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya oʻz majlislarida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari yakunlaridan kelib chiqqan holda tegishli davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, hokimliklar, sogʻliqni saqlash boshqarmalari, sogʻliqni saqlash muassasalari vakillarining sogʻliqni saqlash tizimidagi ishlarning haqiqiy holati toʻgʻrisidagi axborotini muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning roʻyobga chiqarilishi, sohada belgilangan asosiy yoʻnalishlarning izchil va samarali amalga oshirilishini taʼminlash borasida parlament va deputatlar tomonidan taʼsirchan nazoratni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlar birlashmalari oʻz dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda ushbu yoʻnalishda tashabbuskorlikni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan fraksiyalararo bahs-munozaralarni chuqur tahlil va aniq takliflarga asoslangan holda oʻtkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2249-III-son