1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mamlakatni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yoʻnalishlarni bayon etuvchi, shuningdek parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatiga taalluqli aniq takliflarni oʻzida aks ettiruvchi muhim dasturiy siyosiy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament xalqning dardi va muammolarini hal etadigan, fuqarolar huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashadigan “tafakkur markazi” sifatida respublikamizda olib borilayotgan islohotlar natijalari aholining hayoti va kundalik turmushida oʻzining yaqqol ifodasini topishida, odamlarning ijtimoiy faolligini oshirishda, ularda ertangi kunga ishonchni mustahkamlashda tashabbuskor boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada parlament aʼzolari oʻzlari saylangan hudud (okrug)lardagi muammolar, tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganligini doimiy oʻrganib, nazorat qilib borishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni inobatga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni muhokama qilib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakatlar dasturini (bundan buyon matnda Harakatlar dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh bir oy muddatda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq choralar hamda ijro mexanizmlarini koʻrsatgan holda Harakatlar dasturi loyihasini tayyorlasin va Senat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatnomada belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Qoʻmitaning amaldagi faoliyatini tanqidiy tahlil qilsin va muayyan yoʻnalishlar boʻyicha uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini rejalashtirishda Murojaatnomada nazarda tutilgan yoʻnalishlarni inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha qoʻmita aʼzolarining Harakatlar dasturi ishlab chiqish jarayoniga faol jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish, uning nizomi hamda 2021-yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish yuzasidan takliflarni tayyorlash boʻyicha Ishchi guruhni shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan takliflarni Senat Kengashiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini targʻib etish hamda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda hududiy dasturlarni tayyorlash masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun va qonunosti hujjatlarida belgilab berilgan mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish hamda muhokama qilib borish masalalari 2021-yilgi ish rejalarida aks ettirilishini hamda bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha hududlarda kambagʻallikni qisqartirishga oid manzilli dasturlarning ijrosi yuzasidan hokimlar va sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“temir daftar”, “ayollar daftari” hamda “yoshlar daftari” boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarining mahalliy ijro organlari rahbarlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-212-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 6-yanvardagi SQ-212-IV-sonli Qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakatlar dasturini ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
F.I.O.
Ish joyi va lavozimi
1.
Nizamxodjayev Zayniddin Maxamatovich
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari
2.
Alimov Ravshanbek Azadbekovich
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi
3.
Gadoyev Erkin Fayziyevich
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi
4.
Umarov Nariman Madjitovich
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi
5.
Burxanov Kutbidin Nukritdinovich
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi
6.
Iminov Odiljon Karimovich
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi
7.
Eshmatova Feruza Farxodovna
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi
8.
Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi
9.
Tajiyev Baxadir Sadullayevich
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi
10.
Alixanov Boriy Batirovich
Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi
11.
Nurullayev Qudrat Baxodirovich
Senat devoni rahbarining oʻrinbosari
12.
Abduraupov
Rustam Ramzovich
Senat devonining Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi