Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.1999 25.05.1993 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.1999
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GAZ SARFINI HISOBGA OLISh ASBOBLARI (GAZ SARFI HISOBLAGIChLARI) MAVJUD BOʻLMAGANDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA SOTILADIGAN TABIIY GAZ SARFI NORMALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz hisoblagichlar) mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gazni sarflash normalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gaz hisoblagichlar mavjud boʻlmaganda aholiga kommunal-maishiy va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yuritish ehtiyojlari uchun sotiladigan tabiiy gaz sarfining bir oylik normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda ular tariflar darajasining navbatdagi oʻzgarishi bilan bir vaqtda joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda aholi uchun isitish mavsumining boshlanish va tugash muddatlarini belgilashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 5-iyuldagi 803-r-son farmoyishi hamda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 19-apreldagi 240-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 25-maydagi
249-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz sarfini hisobga olish asboblari (gaz hisoblagichlar) mavjud boʻlmaganda aholiga kommunal-maishiy va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yuritish ehtiyojlari uchun sotiladigan tabiiy gazning bir oyda sarflanadigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NORMALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz asboblarining turlari va gazni sarflash maqsadi

Oʻlchov birligi

Bir oyda sarflanadigan gaz normasi (kub m. hisobida)

‎‎1

2‎

3‎
1.‎ Issiq suv taʼminoti markazlashtiriladigan gaz plitasi 1 kishi‎‎ 9,0‎
2.‎ Issiq suv taʼminoti gazlashtirilmagan uylardagi taom pishiriladigan gaz plitasi 1 kishi‎‎‎‎ 12,5‎
3.‎ Issiq suv taʼminoti markazlashtirilmagan yoki vaqti-vaqti bilan issiq suv bilan taʼminlab turiladigan uylarni issiq suv bilan taʼminlaydigan gaz bilan suv isitgich 1 kishi‎‎ 9,0‎
4.‎ Gaz bilan isitish pribori turidan qatʼi nazar, isitish mavsumining besh oyidan kelib chiqqan holda, yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda gazdan kalendar yil mobaynida bir meʼyorda foydalanish:
a)‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida isitiladigan 1 kv. m. maydon uchun 6,0‎
b)‎ Toshkent shahrida va boshqa viloyatlarda —”—‎ 5,5‎
5.‎ Dagʻal xashaklarni va ildizmevalarni bugʻlash, shuningdek, suvni ichish va sanitariya maqsadlari uchun isitishni hisobga olgan holda chorva mollariga ozuqalar tayyorlash

1 bosh hisobiga:
‎yilqi
‎qoramol, shu jumladan,
‎sigirlar
‎choʻchqalar
‎qoʻylar (echkilar)


‎‎5,6

‎23,7
‎12,5
‎2,2‎
6.‎ Issiqxonalarni va gulxonalarni alohida suv isitish qurilmalari va bugʻqozonlar yordamida isitish

Gaz goryelkasi qurilmasining sutkalik ish rejimidagi eng yuqori quvvati

7.‎ Yakka tartibdagi mehnat faoliyatida foydalaniladigan tandirlar, taom tayyorlanadigan qozonlar

Gaz goryelkasi qurilmasining eng yuqori quvvati va shartnomada belgilangan ish rejimi boʻyicha

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Isteʼmolchida (abonentda) issiq suv taʼminoti uchun foydalaniladigan ikki va undan koʻp gaz plitalari yoki suv isitgichlari mavjud boʻlganda ushbu gaz priborlariga gaz sarflash normasi tegishli ravishda ikki baravar va undan koʻp oshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6 va 7-bandlar boʻyicha aholiga sotiladigan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblar kommunal-maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan narxlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan kam yoki koʻp qilib belgilanganda isteʼmolchilar (abonentlar) bilan qayta hisob-kitob qilinadi.