Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.06.1995 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISh YAKUNLARINI ChIQARIShGA VA ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLAShGA YaNGIChA YoNDAShUVLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilishni tayyorlashning va yakunlar chiqarishning, shuningdek iqtisodiy islohotlarning borishini baholashning mavjud tizimi bozor munosabatlarining zamonaviy talablariga javob bermaydi, amalga oshirilayotgan qayta oʻzgartirishlarning haqiqiy manzarasini, xalq xoʻjaligida, hududlarda va tarmoq majmuilaridagi ishlarning ahvolini aks ettirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi majmuilari, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini tahlil qilish, uch bosqichda — hududiy (viloyat, shahar, tuman), tarmoq va respublika bosqichlarida islohotlarning qanday amalga oshirilayotganligini baholash koʻrsatkichlarining yangi tizimi ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakunlar chiqarishga yangicha yondashuvning asosida birdan-bir maqsad sifatida ishlab chiqarish hajmlarini oʻstirish nazarda tutilmasdan, balki birinchi navbatda, bozor talablariga muvofiq ishlab chiqarishning (taklifning) mahsulot, ishlar va xizmatlarga boʻlgan nisbati qoʻyiladi, korxonalarning moliyaviy ahvoli va toʻlov intizomining holati chuqurroq tahlil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatkichlarning ishlab chiqilgan tizimi tarmoqlar boʻyicha ham, hududlar boʻyicha ham bozor islohotlarining izchil amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilgan yangicha yondashuvlar va tahliliy koʻrsatkichlar tizimi asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini oʻz vaqtida va sifatli chiqarishni taʼminlash va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va islohotlarning borishini tahlil qilishga yondashuvlarni va koʻrsatkichlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi xati (1-ilova) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1995-yil 1-iyulgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va islohotlarning borishi yakunlarini chiqarish boʻyicha tahliliy koʻrsatkichlar va metodik tavsiyalarning ishlab chiqilgan tizimini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi majmuilariga, vazirliklarga, idoralarga, tarmoq xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank, aksionerlik-tijorat banklari mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tuzsin hamda ularni koʻrsatkichlar tahlili va tizimiga yangicha yondashuvlarni oʻrganish va joriy etish boʻyicha joylarda ish olib borish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga, viloyatlarga joʻnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi majmuilari rahbarlari tarmoqlar va korxonalar darajasida ana shunday tushuntirish va tahlil qilish ishlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan ish 1995-yil 8-iyulgacha tugallansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika, hududlar va majmuilar boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi yakunlarini koʻrib chiqish muddatlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi majmuilari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakunlarni chiqarishda iqtisodiy islohotlarning qanday amalga oshirilayotganligini tavsiflovchi koʻrsatkichlarga, jumladan, mulkchilik shakllarining oʻzgartirilishiga va bozor infrastrukturasi rivojlantirilishiga, qimmatli qogʻozlar bozorining shakllanishiga, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarga, mahalliy budjetlarning bajarilishiga, korxonalar va xoʻjaliklarning moliyaviy ahvoliga, toʻlov intizomining holatiga, pul muomalasiga, isteʼmol bozorini tovarlar bilan toʻldirishga hamda aholi turmush darajasiga, eksport imkoniyatlarining rivojlantirilishiga alohida eʼtiborni qaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakunlarni chiqarishga respublika, viloyatlar, shaharlar va tumanlar, korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar va majmuilar iqtisodiyotini rivojlantirishga taʼsir koʻrsatishning, shuningdek ijrochilarning topshirilgan ish uchastkasi uchun javobgarligini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida qarasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika, hududlar va majmuilar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va islohotlarning borishi toʻgʻrisidagi hisobot tahlil etish natijalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazilsin, har bir tuman, shahar, viloyat va umuman respublika boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar statistika hisobotining ishonchli maʼlumotlarini “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq hajmda oʻz vaqtida taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimliklar, vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majmuilarining koʻrib chiqishi uchun taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun shaxsiy javobgarlik statistika, moliya, soliq, bank organlari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etiladigan statistika axborotining toʻliqligi va ishonchliligi ustidan muntazam va qattiq nazoratni taʼminlasinlar, aybdorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, vazirliklar, idoralar, banklar idoraviy (tarmoq) statistika hisobotini joriy etishni faqat “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha va unga hisobot axboroti taqdim etgan holda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi korxonalar va tashkilotlar uchun belgilangan statistika hisobotining boshlangʻich shakllarini bozor munosabatlarini shakllantirish talablariga muvofiq ularni imkoni boricha soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yilda statistika ishlarini amalga oshirish yuzasidan Davlat buyurtmasi loyihasi 1995-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Bosh vazirning oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 28-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 28-iyundagi 241-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va islohotlarning borishini tahlil qilishga yondashuvlarni va koʻrsatkichlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish va yakunlar chiqarishni tayyorlashning mavjud tizimi, shuningdek iqtisodiy islohotlarning borishini baholash bozor munosabatlarining zamonaviy talablariga javob bermaydi, amalga oshirilayotgan qayta oʻzgartirishlarning haqiqiy manzarasini, xalq xoʻjaligidagi, hududlardagi va tarmoq majmuilaridagi ishlarning ahvolini aks ettirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 16-mayda Vazirlar Mahkamasining 1995-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishida bergan topshirigʻiga muvofiq “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa iqtisodiy idoralar bilan birgalikda, shuningdek hududiy tuzilmalar va korxonalar mutaxassislari ishtirokida respublikada iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni tahlil etish va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash tizimi va mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklif etilgan yondashuvlar, tahlil etish prinsiplari va koʻrsatkichlar tizimi 1995-yil 22-iyunda Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan kengashda majmuilar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar rahbarlari tomonidan ishlab chiqildi va umuman olganda ular tomonidan maʼqullandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlil etishga metodik yondashuvlarning asosiga hududlar, Vazirlar Mahkamasining majmuilari darajasida yakunlarni koʻrib chiqishni tashkil etishning prinsipial jihatdan yangi tartibi, faqat ishlab chiqarish faoliyati natijalarini aks ettirib qolmasdan, balki eng avvalo korxonalar va iqtisodiyot sektorlarining moliyaviy ahvolini, rivojlanish tamoyillarini va tarkibiy siljishlarni, mulkchilik munosabatlari oʻzgarishini, aholi turmush darajasini aks ettiruvchi boshqaruvning barcha darajalari uchun takomillashtirilgan xususiy tahliliy koʻrsatkichlar qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakunlar chiqarish mexanizmini tayyorlashda va tahliliy koʻrsatkichlar tizimini shakllantirishda qabul qilingan asosiy qoidalar quyidagilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, yakunlar chiqarishning uch darajasi — hududiy funksional va tarmoq majmuilari darajasi, respublika darajasi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy darajada yakunlar qishloq tumanlari, shaharlar va viloyatlar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmuilar boʻyicha yakunlarni koʻrib chiqish uchun oltita asosiy funksional-tarmoq bloklar — industrial, dehqonchilik, investitsiya, ijtimoiy, transport va kommunikatsiyalar, tashqi iqtisodiy bloklar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika darajasida yakunlarni hududlar va majmuilar boʻyicha tanqidiy koʻrib chiqish va umumlashtirish bilan bir qatorda xususiylashtirish jarayonlarini, bozor infrastrukturasini va qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirishga, shuningdek muhim makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va mutanosibliklarni tahlil qilishga alohida eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir daraja uchun tahliliy koʻrsatkichlar va shakllarning qoʻshimcha tizimi ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, koʻrsatkichlar tizimini shakllantirishda ularni alohida aks ettirish va tahlilning har xil darajalari oʻrtasidagi toʻgʻridan toʻgʻri korrespondensiyalash prinsipi amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhim tahliliy bloklar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika — viloyatlar, tumanlar (shaharlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika — majmuilar — tarmoqlar va korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar — majmuilar — tarmoqlar va korxonalar darajasida tahlillar oʻrtasidagi aloqani taʼminlovchi oraliq koʻrsatkichlar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu korxonalar va tarmoqlar faoliyati natijalarining mintaqalarda va umuman respublikada shakllanayotgan umumiqtisodiy vaziyatga aniq taʼsirini belgilash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozida bunday yondashuv ularga manzilli tus berib ularni hududlar va tarmoqlar darajasida aniqlashtirish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, koʻrsatkichlarning ishlab chiqilgan tizimi miqdoriy va hajmli indikatorlarni tahlil qilishga emas, balki iqtisodiyotdagi sifat oʻzgarishlarini, shakllanayotgan rivojlanish tamoyillarini, tarkibiy va tizimli kvota oʻzgartirishlarni tadqiq etish va baholashga, mavjud nomutanosibliklarni, iqtisodiy vaziyatga hamda islohotlarning borishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan sabablar va omillarni tahlil etishga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, tahlilni oʻtgan yil bilan taqqoslagan holda umuman hisobot davri uchungina emas, balki yil choraklari boʻyicha amalga oshirish moʻljallangan. Bu shu yilning oʻzida yuz bergan asosiy tendensiyalar va oʻzgarishlarni aniqlash va shuning asosida eng yaqin yil choragi, yarim yillik prognoziga tuzatish kiritish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiy islohotlarning borishi yakunlari tahlilini oʻz vaqtida va sifatli chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan yondashuvlar va koʻrsatkichlar tizimi asosida quyidagi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish moʻljallangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-iyuldan 8-iyulgacha boʻlgan davrda — “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank xodimlari ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va islohotlarning borishi yakunlarini maʼlumotlarini shakllantirish va ularni tahlil etish metodikasi boʻyicha mintaqaviy (zonal) seminarlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-iyulgacha boʻlgan davrda — markaziy iqtisodiy organlarning rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida shu yilning birinchi yarim yilligidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini tayyorlash hamda hokimliklar va Vazirlar Mahkamasi majmuilari majlislarida koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yilning 25-iyuligacha — yakunlarni koʻrib chiqish natijalari materiallarini xalq xoʻjaligida shakllangan vaziyatga baho bergan holda hokimliklar va majmuilar darajasida umumlashtirish, Vazirlar Mahkamasi majmuilari rahbarlari bilan birgalikda koʻrib chiqilgandan keyin Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan uchchala darajalarning har birida yil choragi, yarim yillik, toʻqqiz oylik va umuman yil uchun yakunlar chiqarishning aniq muddatlari tizimi ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moʻljallangan chora-tadbirlarni amalga oshirish respublika Hukumatining tegishli qaror qabul qilishini talab etadi.