29.06.1993 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

AMIR TEMUR HAYKALINI YARATISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk davlatning asoschisi, Sharqning ulugʻ sarkardasi, ilm-fan tashkilotchisi va homiysi, milliy madaniyat va meʼmorchilik sanʼatini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan shavkatli bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur xotirasini abadiylashtirish maqsadida, respublika jamoatchiligi, ijodiy tashkilotlar, olimlar, yozuvchilar va ziyolilarning xohish-istaklarini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining ikki yilligi munosabati bilan vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Amir Temur haykali oʻrnatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Amir Temur haykalini yaratish boʻyicha ijodkorlar guruhini oʻz ichiga olgan tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yodgorlik majmuini loyihalash, yaratish va qurib bitkazish bilan bogʻliq barcha ishlarni shu yilning 25-avgustigacha toʻla tugallash taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligining sobiq inqilob xiyoboniga Amir Temur nomini berish hamda shu xiyobonni yodgorlik majmui mohiyatiga muvofiq ravishda taʼmirlash va tiklash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yodgorlik majmuini bunyod etish bilan bogʻliq asosiy sarf-tuzishlar tashkiliy qoʻmita taklifi asosida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratilsin. Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, “Navroʻz”, Sharof Rashidov jamgʻarmalari, boshqa tashkilotlar, idoralar, ayrim fuqarolarning yodgorlik majmuini tiklashda oʻz mablagʻlari bilan ishtirok etish haqidagi takliflari eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari N. Qoraboyev va K. Toʻlaganov hamda Toshkent shahar hokimi A. Fozilbekov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 29-iyun,

322-son