Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.06.1993 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 14.06.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM SIFATINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sifatini oshirishga, respublika oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining ijodiy ilmiy-pedagogik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida muhim ahamiyat berib hamda oliy oʻquv yurtlari rektorlari kengashining takliflarini eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilariga 1993-yil 1-sentabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha hozir amalda boʻlgan lavozim maoshlariga nisbatan 1 razryadga oshirilgan lavozim maoshlarining yangi miqdorlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda oliy oʻquv yurtlari pedagog xodimlari barcha toifalarining lavozim maoshlari miqdorlarini qayta koʻrib chiqsinlar va moslashtirsinlar, bunda ilmiy unvon va ilmiy darajalar hisobga olinib, lavozim maoshlari tabaqalashtirilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, yangi lavozim maoshlari tanlov natijalariga koʻra shartnoma asosida va birinchi navbatda ilmiy unvoni va ilmiy darajasi boʻlgan pedagog xodimlarga tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir muallimga toʻgʻri keladigan talabalar sonini kamaytirish hamda oliy oʻquv yurtlari muallimlarining dars berish soatlarini kamaytirish hisobiga ularning ijodiy va ilmiy ishlar bilan shugʻullanishiga koʻproq imkoniyatlar hamda vaqt berish uchun ularning nisbatini rivojlangan mamlakatlardagi meʼyorlar darajasiga yaqinlashtirish maqsadida belgilab qoʻyilgan pedagogik dars berish soatlari meʼyorlarini va muallimlar bilan talabalar soni nisbatini qayta koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oliy oʻquv yurtlarining hozir belgilangan pedagog xodimlariga ish haqini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha ravishda zarur mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlariga 1993/94 oʻquv yiliga qabul rejasi hamda birinchi kursga talabalarni shartnoma (pulli) asosida test sinovlari natijalari boʻyicha qabul qilishning rejadagi oʻrinlardagi har bir oliy oʻquv yurti uchun majburiy boʻlgan ulushi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi bir hafta muddatda abituriyentlar bilan shartnoma tuzishning barcha oliy oʻquv yurtlari uchun yagona boʻlgan qoidalarini hamda oʻqitish qiymatini tasdiqlasinlar va ularda har bir oʻquv yili uchun bosqichma-bosqich haq toʻlanishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining tasarrufida oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklari va idoralari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurtlarining birinchi kurslariga talabalar qabul qilishni budjet mablagʻlari hisobiga oʻqishga qabul qilinadigan studentlar sonining har bir oliy oʻquv yurti uchun belgilangan kvotasiga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yilning 10-sentabrigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga ilovada koʻrsatilgan oliy oʻquv yurtlari, filiallar, fakultetlar roʻyxati boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga 1993/94 oʻquv yiliga qabul haqidagi aniq maʼlumotlarni taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy oʻquv yurtlari rektorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oliy oʻquv yurti uchun belgilangan kvota doirasida tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda aniq ixtisosliklar boʻyicha qabul rejasini belgilab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning uchinchi kursdan boshlab ixtisoslashtirilishini nazarda tutib, qabulni turdosh ixtisosliklar guruhlari boʻyicha amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
283-son