31.12.2020 yildagi 831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarning taʼsirchanligini hamda maktablar rahbarlari va pedagogik jamoalarning masʼuliyatini yanada oshirish, umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni ragʻbatlantirishning shaffof tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 9-son, 231-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
831-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oliy taʼlim, oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari roʻyxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etib borsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorga 1-ilova (Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog (ular umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yoʻli bilan ularni moddiy ragʻbatlantirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog xodimlar soni umumtaʼlim muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib ketmasligini nazorat qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻquv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi boʻyicha ushbu Nizomga 2, 2a, 2b-ilovalar bilan tasdiqlangan shakllar asosida tizimli ichki monitoring yuritadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik bandning birinchi xatboshidagi “oʻqituvchilar” soʻzi “pedagog, psixolog” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 15-bandning birinchi xatboshidagi “ota-onalar qoʻmitasi” soʻzlari “kuzatuv kengashi va oʻquvchilar ota-onalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 16-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 17-banddagi “mukofotlash” soʻzi “xodimlarni mukofotlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Umumtaʼlim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan pedagog xodimlarga mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan ustamalar oʻrniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz boʻlgan ustama haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar pedagog xodimlar roʻyxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baholash tadqiqotlari turkumiga kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga har yili 1-martga qadar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida oʻtkaziladigan sinovlar natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining tashqi monitoring natijalariga koʻra, oʻquvchilar oʻrtacha 80 foizdan kam boʻlmagan koʻrsatkichga ega boʻlganda, Ishchi guruh tomonidan oʻqituvchiga yangi oʻquv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama haq belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quyidagi mazmundagi 251-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“251. Xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari tashqi monitoring tarzida oʻquv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qoʻlga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “Aʼlo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar oʻqituvchi dars mashgʻulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Umumtaʼlim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, taʼlim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, taʼlim jarayonida pedagog xodimlarga oʻz vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan oʻqituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumtaʼlim muassasasining fan yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“27. Umumtaʼlim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor, direktorning oʻquv ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari) va oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida amalga oshiradigan oʻqituvchilariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan oltin, kumush va bronza medallariga qarab tegishincha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq toʻlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) quyidagi mazmundagi 301 va 302-bandlar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“301. Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbatlantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori oʻrinbosarlari — 6 baravardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor oʻrinbosarlari — 4,5 baravardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor oʻrinbosarlari — 3 baravardan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302. Mazkur Nizomning 301-bandida nazarda tutilgan pul mukofotlarini tayinlash tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining murojaatiga koʻra hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining tegishli buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan oʻquvchilar hisobga olinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish koʻrsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar boʻlgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” maʼlumotlari asosida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar soni ushbu Nizomning 301-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida belgilangan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari oʻz murojaatida mazkur Nizomning 301-bandida qayd etilgan koʻrsatkichlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda tasdiqlangan holda tegishli hududiy xalq taʼlimi boshqarmalariga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari erishilgan koʻrsatkichlarning haqqoniyligini tekshirib koʻradi hamda tasdiqlangan maʼlumotlar asosida maktab direktori va direktor oʻrinbosarlarini mukofotlash boʻyicha tegishli buyruq qabul qiladi va ushbu buyruq mukofotlarni toʻlash uchun asos hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 32 va 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32. Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir oʻquvchi uchun tegishli umumtaʼlim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan oʻqituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yoʻla mukofot puli toʻlash yoʻli bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga koʻra yoki umumtaʼlim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda, yaʼni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda, xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) ogʻir jarohat olganda, ogʻir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASh MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha taʼrifi, uning natijalari (samaradorligi), qoʻllanilayotgan shakli va uslubi, oʻtkazilgan mashgʻulotlarning soni, oʻquvchilar qamrovining oʻrtacha soni

Reyting bahosi

Maksimal ball

Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar

Koʻrsatkichlar

1.

Oʻquvchilarning choraklik baholarining oʻrtacha qiymati

Oʻqituvchi dars oʻtayotgan sinflardagi oʻ�uvchilarning choraklik oʻrtacha baholari oʻzlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) koʻrsatkichi asosida aniqlanadi

5

3

Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 56 — 70 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 56 — 65 foizini tashkil etganda

4

Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 71 — 85 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 66 — 80 foizini tashkil etganda

5

Sifat koʻrsatkichi umumiy oʻquvchilar sonining 86 foizi va undan yuqorini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yoʻnalishlarida 81 foizdan yuqorini tashkil etganda

2.

* “Fan olimpiadasi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki

Oʻquvchilarining olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari asosida baholanadi

30

10

Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, oʻquvchilari eng quyi gʻolib koʻrsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni koʻrsatganda

20

Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, oʻquvchilari eng quyi gʻolib koʻrsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni koʻrsatganda

30

Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallaganda

3.

** Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ishtiroki

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi

30

10

Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda

20

Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda

30

Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilari toʻplashi mumkin boʻlgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda

4.

Oʻqituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi

Oʻqituvchi ish faoliyati maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi (oʻqituvchining faoliyati baholash davriga nisbatan soʻnggi 3 yillikda ommalashtirilganligi)

15

7

Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda

10

Ish tajribasi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilganda

12

Ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilganda

15

Ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilganda

5.

Pedagogik ish staji

Taʼlim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab baholanadi

10

4

pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha

7

pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha

10

pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori

6.

Sinf rahbarligi

Sinf rahbarligi yuklatilganligi

5

0

Sinf rahbarligi yuklatilmagan boʻlsa

5

Sinf rahbarligi yuklatilgan boʻlsa

7.

Malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi

Reja asosida

10

0

Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan boʻlsa

2

Malaka oshirish kurslari yakuniga koʻra yakuniy attestatsiyadan oʻta olmagan va tegishli sertifikatga ega boʻlmasa

10

Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa ***

8.

Sinfdan tashqari ishlar

Oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va sanʼatga qaratilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borish

15

5

Kreativlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotokoʻrgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari kabi) tashkil etgan boʻlsa

10

Oʻquvchilarni fikrlashga oʻrgatuvchi va dunyoqarashini kengaytiruvchi, yangi koʻnikmalar beruvchi qoʻshimcha mashgʻulotlar (debat va hikoya qilish klublari, maktab radiosi/gazetasi/veb-sayti, axborot tahliliy mashgʻulotlari) olib borsa

15

Oʻquvchilarni izlanishga undovchi ishlarni (iqtidorli va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish, nutq sanʼati tadbirlari) olib borsa

9.

Oʻqituvchining pedagoglik faoliyati bahosi

Oʻqituvchining pedagogik faoliyatiga oʻquvchilar (oʻqituvchi dars beradigan sinflardagi oʻquvchilarning kamida 60 foizi oʻrtasida) va baholashda qatnashgan Kuzatuv kengashi aʼzolari oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnoma natijalari (ijobiy fikrlari) asosida aniqlanadi

5

0

Soʻrovnomada qatnashganlar Kengash aʼzolari soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 50 foizdan past boʻlsa

5

Soʻrovnomada qatnashganlar Kengash aʼzolari soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlsa

5

0

Soʻrovnomada qatnashganlar oʻquvchilar soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 60 foizdan past boʻlsa

5

Soʻrovnomada qatnashganlar oʻquvchilar soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 60 foiz va undan yuqori boʻlsa

MAKSIMAL BALL:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi, oliy taʼlim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha maksimal ball beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumtaʼlim muassasalaridagi kutubxona xodimlarining faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Maksimal ball

Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar

Koʻrsatkichlar

1.

Kutubxona boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi

10 ball

0

Nomutaxassislar

10

Oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlsa

2.

Malaka oshirishdan oʻtganligi

10

0

Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan boʻlsa

2

Malaka oshirish kurslari yakuniga koʻra yakuniy attestatsiyadan oʻta olmagan va tegishli maʼlumotnoma yoki sertifikatga ega boʻlmasa

10

Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli maʼlumotnoma yoki sertifikatga ega boʻlsa

3.

Kutubxonachi lavozimidagi ish staji

20

5

Kutubxonachilikka oid ish staji 1 yildan 5 yilgacha

10

Kutubxonachilikka oid ish staji 5 yildan 10 yilgacha

20

Kutubxonachilikka oid ish staji 10 yil va undanyuqori

4.

Maktabda ehtiyojga koʻra darsliklar boʻyicha buyurtmalarning toʻgʻri shakllantirilganligi

30

0

Buyurtmalarni shakllantirishda 10 foizdan ortiq xatoliklar mavjud boʻlsa va darsliklar bilan taʼminlanganlik

80 foizdan past boʻlsa

10

Buyurtmalarni shakllantirishda 10 foizgacha xatoliklar mavjud boʻlsa va darsliklar bilan taʼminlanganlik 80 — 89 foizni tashkil etsa

20

Buyurtmalarni shakllantirishda 5 foizgacha xatoliklar mavjud boʻlsa va darsliklar bilan taʼminlanganlik 90 — 95 foizni tashkil etsa

30

Buyurtmalar toʻgʻri shakllantirilgan va darsliklar bilan taʼminlanganlik 96 — 100 foizni tashkil etsa

5.

Oʻquvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi

30

10

Har oyda umumiy oʻquvchilarning 1 foizdan 30 foizgacha jalb qilingan boʻlsa

20

Har oyda umumiy oʻquvchilarning 30 foizdan 50 foizgacha jalb qilingan boʻlsa

30

Har oyda umumiy oʻquvchilarning 50 va undan yuqori foizi jalb qilingan boʻlsa

MAKSIMAL BALL:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumtaʼlim muassasalaridagi psixolog xodimlarning faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezonlar

Maksimal ball

Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyiladigan ballar

Koʻrsatkichlar

1.

Psixologiya boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi

10

5

Oliy maʼlumotli mutaxassisning (yoki qayta tayyorlovdan oʻtgan mutaxassis) sohadagi ish staji 1 yildan 5 yilgacha boʻlsa

10

Oliy maʼlumotli mutaxassisning (yoki qayta tayyorlovdan oʻtgan mutaxassis) sohadagi ish staji 5 yil va undan yuqori boʻlsa

2.

Malaka oshirishdan oʻtganligi

10

0

Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan boʻlsa

10

Oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikat (hujjat)ga ega boʻlsa

3.

Sinfdan tashqari profilaktika, kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish hamda korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

45

15

Korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni toʻliq qamrab olish yuzasidan ish olib borilganligi hamda 7-sinfdan interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazish va shu asosda kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlanligi va ularning maʼlumotlar bazasi yaratilganligi

30

Emotsional-hissiy zoʻriqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va oʻziga ishonchi past boʻlgan bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar tashkil etish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini oʻtkazganligi, shuningdek, kasbiy moyilligi boʻyicha kelgusida aniq ishchi kasblar boʻyicha professional taʼlim olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlari olib borilganligi

45

Maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻgʻri yoʻnaltirish yuzasidan oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borganligi hamda taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olish boʻyicha statistik maʼlumotlar jamlanganligi, korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarni, ota-onalar va pedagoglar toʻliq qamrab olingani va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida deviant xulq atvor koʻrinishlarining (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻruq) mavjud emasligi

4.

Ijodiy ishlar

20

10

Konferensiya va seminarlarda maʼruza yoki tezislar bilan ishtiroki (kamida 2-marta)

20

Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar hamda qoʻllanmalar yoki ilmiy maqola va tezislari chop etilganligi (kamida 2-marta)

5.

Umumtaʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi va oʻquvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi

5

0

Soʻrovnomada qatnashganlar Kuzatuv kengashi aʼzolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past boʻlsa

5

Soʻrovnomada qatnashganlar Kuzatuv kengashi aʼzolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori boʻlsa

5

0

Soʻrovnomada qatnashganlar Pedagogik kengash aʼzolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past boʻlsa

5

Soʻrovnomada qatnashganlar Pedagogik kengash aʼzolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori boʻlsa

5

0

Soʻrovnomada qatnashgan oʻquvchilar soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past boʻlsa

5

Soʻrovnomada qatnashgan oʻquvchilar soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori boʻlsa

MAKSIMAL BALL:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning _______________________ fani oʻqituvchisi ________________________________________ ning 20__-20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan

BAHOLAR

T/r

Koʻrsatkichlar

Maksimal ball

Oʻqituvchi faoliyatining qisqacha tasnifi

Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Oʻquvchilarning choraklik baholarining oʻrtacha qiymati

5

2.

*“Fan olimpiadasi” va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida oʻquvchisining ishtiroki

30

3.

**Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ishtiroki

4.

Oʻqituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi

15

5.

Pedagogik ish staji

10

6.

Sinf rahbarligi yuklatilganligi

5

7.

***Malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi

10

8.

Sinfdan tashqari ishlari

15

9.

Kuzatuv kengashi aʼzolarining oʻqituvchining pedagogik faoliyatiga bergan bahosi

5

Oʻqituvchi dars beradigan sinflardagi oʻquvchilarning oʻqituvchining pedagogik faoliyatiga bergan bahosi

5

JAMI:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi, oliy oʻquv yurtini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha maksimal ball beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ishchi guruh raisi: __________________ __________

Ishchi guruh aʼzolari: __________________ __________, _________________ _______

____________________ _________, ___________________ _______, _____________ ;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) Nizomga 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning kutubxona xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan

BAHOLAR

T/r

Koʻrsatkichlar

Maksimal ball

Faoliyatning qisqacha tasnifi

Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Kutubxona boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi

10

2.

Malaka oshirishdan oʻtganligi

10

3.

Kutubxonachi lavozimidagi ish staji

20

4.

Maktabda ehtiyojga koʻra darsliklar boʻyicha buyurtmalarning toʻgʻri shakllantirilganligi

30

5.

Oʻquvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi

30

JAMI:

100

Ishchi guruh raisi: __________________ __________

Ishchi guruh aʼzolari: _____________________ ____________, _______________________ ___________, ________________________ _______, ________________________ ___________________”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) Nizomga 2b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning psixolog xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ oʻquv yilidagi faoliyatiga Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida berilgan

BAHOLAR

T/r

Koʻrsatkichlar

Maksimal ball

Psixolog faoliyatining qisqacha tasnifi

Faoliyat natijalariga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Psixologiya boʻyicha mutaxassislik maʼlumotiga ega boʻlishi

10

2.

Malaka oshirishdan oʻtganligi

10

3.

Sinfdan tashqari profilaktika, korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

45

4.

Ijodiy ishlar

20

5.

Umumtaʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi va oʻquvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi

5

5

5

JAMI:

100

Ishchi guruh raisi: __________________ __________

Ishchi guruh aʼzolari: __________________ __________, ____________________ _________, ___________________ _______, ____________________ __________ .

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)