29.12.2020 yildagi 815-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xorazm viloyatidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek — Turkman xalqlarining qadimiy tarixi va madaniyati, mushtarak maqsadlari, hamjihatlikdagi taraqqiyotini yorqin ifodalaydigan Xorazm viloyatidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasini yuqori darajada saqlash va samarali boshqarish, majmuaning sayyohlik salohiyatini oshirish va bu erda qardosh xalqning o‘zaro uyg‘unlikdagi etnografik madaniyatini targ‘ib etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida davlat muassasasi shaklidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i “Turkmanlar” mahallasi hududidagi “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasida joylashgan bino va inshootlarni Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda topshirish, Direksiya esa qabul qilib olish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmuaning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, majmuada o‘zbek — turkman xalqlarining do‘stligi mavzusini, uning dastlabki ko‘rinishi va o‘sha davr muhitini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya — ko‘rgazma yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmuadagi obyektlarda madaniy-ma’rifiy, etnografik tadbirlar, ilmiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, yarmarkalar, sayillar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmuada qardosh xalqlar haqida batafsil ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, unga oid kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalarni izlash, to‘plash, o‘rganish va targ‘ib qilish hamda axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majmuaning tarixiy ko‘rinishini saqlagan hududda zarur infratuzilmani shakllantirish, xizmat turini kengaytirish va sifatini oshirish, bu erda dam olish va mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, majmuani madaniy etnografik turistik markazga aylantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning tuzilmasi va ustavini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash, malakali xodimlar bilan ta’minlash va uning samarali faoliyat olib borishi bilan bog‘liq boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Direksiya xodimlar shtat birliklarini belgilash tartibi hamda mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ko‘rgazma va galereyalarga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Direksiyani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning asosiy faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorazm viloyati hokimligi Direksiyaning moddiy-texnika bazasini yaratish, shu jumladan, zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda Direksiyani saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘larni 2021-yilda Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Direksiyani saqlash xarajatlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
815-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2020-y., 09/20/815/1695-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)