31.12.2020 yildagi 824-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab respublika oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejasi va fan dasturlari takomillashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oliy taʼlim kengashi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni yuqori malakaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida birlamchi xarajatlarni amalga oshirgandan soʻng boʻshab qolayotgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Respublika oliy taʼlim kengashining quyidagi tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oliy taʼlim muassasasi kengashi qarori asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasida 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-oʻqituvchilarning nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasida 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda oʻqituvchilarni nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oliy taʼlim muassasasi huzurida faoliyat yuritayotgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurilish, joriy va kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlar ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, oliy taʼlim muassasalarining akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlarda oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining mehnatiga soatbay haq toʻlash oliy taʼlim muassasalari talabalariga dars oʻtganligi uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
824-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy taʼlim muassasalariga, Al-Xorazmiy universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid maʼlumotlar, jumladan, taʼlim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni taʼminlash, kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Respublika oliy taʼlim kengashi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GPA (Grade Point Average) — taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

GPA =


K1*U1+K2*U2+K3*U3…+Kn*Un


,

bunda:


K1+K2+K3…+Kn

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U — har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik mobillik — oliy taʼlim muassasasi talabalarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy taʼlim muassasasiga oʻqish maqsadida borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobillik dasturi — ikki yoki undan ortiq oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻzaro taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillik dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit — taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasi — belgilangan miqdordagi kreditlarni tan olishni hisobga olgan holda taʼlim va malaka toʻgʻrisidagi hujjat beruvchi muassasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni berish — malaka yoki uning alohida qismlariga qoʻyilgan talablarga muvofiq erishilgan taʼlim olish natijalariga koʻra talaba yoki boshqa taʼlim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarni koʻchirish — talabalarning akademik mobilligini taʼminlash maqsadida bir oliy taʼlim muassasasi taʼlim dasturi boʻyicha olingan kreditlarni boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirish va tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit toʻplash — taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi — talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut). Taʼlim trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yoʻriqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli taʼlim trayektoriyalari natijada bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturi — bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirishga moʻljallangan taʼlimning asosiy xususiyatlari (hajmi, mazmuni, rejalashtirilgan natijalar), tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, fan dasturlariga quyilgan umumiy talablar, shuningdek, taʼlimni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot-resurs va oʻquv-metodik koʻrsatmalar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturi katalogi — oliy taʼlim muassasasi tavsifi, kredit-modul tizimiga kirish, mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari, xizmatlar va resurslar, oʻquv fanlari dasturlari, aniq taʼlim dasturlari elementlari tavsifi toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim natijalari — talaba tomonidan oʻzlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, taʼlim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach talaba oʻzlashtirgan koʻnikmalar va ularni amalda bajarish qobiliyatining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish yuklamasi — talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari — maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga olish xizmati — taʼlim jarayonini boshqarish axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlardan foydalanib professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar boʻyicha taʼlim jarayoniga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirishni, shuningdek, talabalarning barcha oʻquv natijalarini roʻyxatga olish, bilimini nazorat qilish hamda ularning akademik reytingini hisoblashning barcha turlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim elementlari — taʼlim dasturining bir qismi boʻlib, taʼlim olish natijalariga erishish va taʼlim dasturida koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transkript — taʼlim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Taʼlim dasturi tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻquv yili uchun taʼlim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat taʼlim elementlaridan tashkil topgan boʻlib, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Taʼlim dasturi auditoriya mashgʻulotlari, ilmiy loyihalar, mustaqil taʼlim, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa taʼlim elementlaridan iborat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taʼlim dasturi tuzilmasi uning har bir taʼlim elementiga mos keladigan taʼlim olish natijalari (kamida 6 ta koʻrsatkich)ni koʻrsatgan holda bir akademik oʻquv yiliga 60 kredit mos kelishini hisobga olib ishlab chiqiladi. Taʼlim dasturida kreditlarning miqdori oʻquv yuklamasi asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabalarning taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishi hamda talab qilingan malakaga ega boʻlishi uchun talablar aniq belgilanadi. Oʻzlashtirish qoidalari tanlangan taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitishning turli bosqichlari uchun belgilangan kreditlar miqdorida yoki kreditlar oraligʻida ifodalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Taʼlim dasturining talabalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berish uchun oliy taʼlim muassasasining tegishli boʻlinmalari va xodimlari, shu jumladan, taʼlimning kredit tizimini boshqarishga masʼul boshqarma yoki boʻlimi, guruh murabbiyi tomonidan maslahat va tushuntirishlar berib boriladi. Maslahat doirasida talabalarga taʼlim olish natijasida erishgan yutuqlar va tajribani tan olish imkoniyatlari tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy taʼlim muassasasi taʼlim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar hamda dolzarb axborotni oliy taʼlim muassasasi veb-sahifasiga qulay yuklanadigan formatda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtirishi va eʼlon qilib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taʼlim dasturi va uning elementlarini amalga oshirishga masʼul oʻqituvchilar taʼlim dasturida koʻrsatilgan oʻqitish natijalari bilan dars berish va baholash jarayoni oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlashlari lozim. Oʻqitish natijalari, dars berish va baholash jarayoni oʻrtasidagi ushbu konstruktiv bogʻliqlik taʼlim dasturlariga qoʻyiladigan muhim talab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim elementlarining amalga oshirilishiga masʼul professor-oʻqituvchilar taʼlim dasturida koʻrsatilgan natijalar bilan taʼlim berish hamda baholash jarayonlari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻquv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va taʼlim sifatini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻquv jarayoni oʻquv va nazorat tadbirlari majmuini oʻz ichiga oladi. Oʻquv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari taʼlim oluvchilarning oʻquv rejasidagi tegishli fanlar boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirishini va ularning natijalarini baholashni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, oʻqituvchilar va maʼmuriyat oʻrtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida taʼlim standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchilar va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar taʼlim dasturining yaratilishi va oʻzlashtirilishi boʻyicha oʻtkaziladigan muhokamaga jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy oʻquv rejasi va fanlar katalogini ilgʻor xorijiy taʼlim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar isteʼmolchilari talablari va milliy qadriyatlarni eʼtiborga olgan holda ishlab chiqish hamda qoʻshimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish, mahalliy va xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi boʻyicha namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv rejasi va tanlov fanlari roʻyxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi oʻquv rejalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoni jadvalini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik guruhlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Semestr davomida talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarini oʻz ichiga oladi. Majburiy fanlar tarkibi va ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi. Tanlov fanlari tarkibi va ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi. Talabalar shaxsiy taʼlim trayektoriyasida belgilangan tanlov fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻquv yili davomiyligi 36 haftagacha boʻlib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi. Oʻquv yili davomiyligi oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq oliy taʼlim muassasasi kengashining qarori bilan oʻzgacha tartibda belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25 — 30 akademik soatlik oʻquv yuklamasiga teng. Yaʼni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun maʼlum miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur. Oʻquv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) boʻlinadi. Kreditning soatlardagi miqdori va oʻquv yuklamasi miqdori oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy taʼlim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarini oʻz ichiga oladi. Talaba oʻzining shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talaba bakalavriatda oʻqish muddati kamida 3 yil boʻlganda 180 kredit, oʻqish muddati kamida 4 yil boʻlganda 240 kredit toʻplashi zarur. Magistraturada oʻqish muddati kamida 1 yil boʻlganda 60 kredit, oʻqish muddati kamida 2 yil boʻlganda 120 kredit toʻplashi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻquv jarayonining monitoringi taʼlim olishning belgilangan natijalariga erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va mosligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taʼlim sifati samaradorligini taʼminlash oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari taʼlim dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va talablariga moslikni taʼminlash jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sifatini oshirish va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida raqobatni shakllantirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi kengashi qaroriga asosan talabalarga fan doirasida professor-oʻqituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar taʼlimni boshqarish axborot tizimi portali orqali oʻquv semestri boshida 1 hafta muddat davomida oʻzi tanlagan professor-oʻqituvchining mashgʻulotida qatnashish uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy taʼlim muassasasi tomonidan odatda taʼtil vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari va kurslar boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar oliy taʼlim muassasasi oʻquv-metodik boʻlimi (boshqarmasi)ga oʻzining yozgi semestrda oʻqishi istagini bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasi ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi va talaba toʻlov pulini toʻlaganidan soʻng darslarga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga koʻra tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozgi semestrga jalb qilingan professor-oʻqituvchilarga soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Akademik mobillik va kreditlarni tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Akademik mobillikni taʼminlash va talabaning kreditlari oliy taʼlim muassasasi tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlar katalogi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shakldagi taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuv, maʼlumotnoma va sertifikat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hujjatlar taʼlim olish natijalarini aks ettiradi va oliy taʼlim muassasasiga kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talaba tomonidan oliy taʼlim muassasasi taʼlim dasturi boʻyicha toʻplangan kreditlar miqdori boshqa oliy taʼlim muassasasida belgilangan taʼlim olish natijalariga muvofiq oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talaba joʻnatuvchi oliy taʼlim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi oliy taʼlim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Joʻnatuvchi oliy taʼlim muassasasi tomonidan talabaga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Talabaning akademik mobillik davrida oʻzlashtirilishi belgilangan taʼlim elementlarini joʻnatuvchi oliy taʼlim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan oʻzgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor oliy taʼlim muassasalari, markazlar va tashkilotlarning taʼlim dasturlarida belgilangan taʼlim olish natijalari joʻnatuvchi oliy taʼlim muassasasining taʼlim dasturi boʻyicha taʼlim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni toʻldirishi lozim. Mobillik vaqtida akademik yil koʻrsatkichlari tahlil qilinadi va ushbu Nizomga asosan kreditlar tan olinishi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qabul qiluvchi oliy taʼlim muassasasida talaba tomonidan oʻzlashtiriladigan oʻquv elementlarining toʻplami va ular oliy taʼlim muassasasining taʼlim dasturiga integratsiya qilinganligi taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvda aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qabul qiluvchi oliy taʼlim muassasasida oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdori xorijda oʻqish davriga (3 — 6 oy yoki 1 — 3 yil) mutanosib boʻlishi kerak. Joʻnatuvchi oliy taʼlim muassasasi tomonidan mobillik davrida talabaning oʻzlashtirgan (toʻliq yoki qisman) kreditlari tan olinadi. Talaba joʻnatuvchi oliy taʼlim muassasasiga qaytib kelgach, mobillik davrida toʻplangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda amaldagi tartib-qoidalar asosida uni keyingi kursga oʻtkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oliy taʼlim muassasasi akademik mobillik dasturi boʻyicha rejalashtirilgan taʼlim elementlarini oʻzlashtirish uchun talabani belgilangan shakl asosida roʻyxatdan oʻtkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni oʻzlashtirish imkoniyatlari taʼminlanishi majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hamkor universitetlar, markazlar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvlarni tuzish zarur hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taʼlim toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlovchi koʻrsatkichlar oliy taʼlim muassasalarining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Stajirovkani oʻtash boʻyicha kelishuv talaba, oliy taʼlim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Stajirovka davomida talaba tomonidan oʻzlashtirilgan bilimlarning oshkoraligini taʼminlash va ularni tasdiqlash maqsadida qabul qiluvchi muassasa tomonidan stajirovkani oʻtaganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Talabalar taʼlim dasturi doirasida oʻqitish shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan taʼlim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, ogʻzaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni taʼlim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kreditlarni koʻchirish oliy taʼlim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy taʼlim muassasasida tuzilgan shunga oʻxshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Kredit-modul tizimida roʻyxatga olish xizmatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Roʻyxatga olish xizmatlari taʼlim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, talabalar haqidagi akademik maʼlumotlarni elektron tarzda avtomatik boshqarish hamda yakuniy nazoratlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Roʻyxatga olish xizmati talabaga tanlagan mutaxassisligi boʻyicha yuqori darajadagi bilim, koʻnikma va malakalarga erishishda yordam berishga qaratilgan boʻlib, quyidagi funksiyalarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoni jadvalini tuzish va u oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning fanlarga roʻyxatdan oʻtishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik guruhlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim olayotgan talabalarning maʼlumotlarini arxivga qadar saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transkript formalarini shakllantirish va talabalarning maʼlumotlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar kontingenti boʻyicha statistikani yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Roʻyxatga olish xizmatlari oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) tarkibida olib boriladi. Oliy taʼlim muassasalarida budjet mablagʻlari doirasida yoki ularning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan taʼlimning kredit tizimini boshqarish boʻlimi tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Roʻyxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga roʻyxatdan oʻtkazadi va talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini shakllantiradi. Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy oʻquv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy oʻqish davri uchun tuziladi. Shaxsiy taʼlim trayektoriyasiga har oʻquv yilidan oldin oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Talabalarning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi asosida roʻyxatga olish xizmati akademik guruhlarni shakllantiradi va biron-bir fanga yozilish yetarli boʻlmagan taqdirda, shaxsiy taʼlim trayektoriyasini oʻzgartirish zarurligi toʻgʻrisida talabalarga xabar beradi. Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi shakllantirib boʻlingandan soʻng roʻyxatga olish xizmati dars jadvalini tuzish uchun oliy taʼlim muassasasi oʻquv-metodik boʻlimi (boshqarmasi)ga akademik guruhlar toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Roʻyxatga olish xizmati har bir talabani roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va vaqtini belgilaydi (odatda, talaba tomonidan yetarli GPA koʻrsatkichlarini toʻplaganligi va kontrakt toʻlovlari amalga oshirilganligiga qarab). Birinchi kurs talabalarini roʻyxatdan oʻtkazish ular bilan akademik va kasbga yoʻnaltirish tadbirlari amalga oshirilganidan keyin boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Talabalar tanlagan fanlarini har semestrning dastlabki birinchi haftasi ichida oʻzgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Birinchi kurs talabalarini roʻyxatga olish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh murabbiyi roʻyxatga olish xizmatidan biriktirilgan guruh talabalarining login va parollarini oladi, talabaga taʼlim jarayonini tushuntiradi, taʼlim dasturi bilan tanishtiradi, login va parol beradi hamda talaba portalidan foydalanishni oʻrgatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha tanishtiruv taqdimotlariga qatnashadi, majburiy va tanlov fanlari bilan tanishadi va fanlarga taʼlimni boshqarish tizimidagi talaba portali orqali roʻyxatdan oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba taʼlimni boshqarish tizimidagi portali orqali dars jadvalini aniqlaydi va darslarga qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Talabalarni oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʻtkazish mexanizmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Taʼlim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga oʻtkazishda GPA koʻrsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 — 3,0 oraligʻida boʻlishi talab etiladi. GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʼlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi. Jami taʼlim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 4 yilgacha deb belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Taʼlim oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishni qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega. Taʼlim oluvchi tomonidan chetlashtirilgunga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori oliy taʼlim muassasasi tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oliy taʼlim muassasasida taʼlim olishning toʻlov qiymati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Fanlar boʻyicha qayta taʼlim olish uchun toʻlov qiymati oliy taʼlim muassasasi tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta taʼlim olish uchun toʻlov mexanizmi oliy taʼlim muassasasi tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi taʼlim olish uchun toʻlanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Talaba oliy taʼlim muassasasi taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan taqdirda, unga akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Tadbirlar

Ijro uchun masʼullar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Taʼlim dasturi doirasida oʻquv jarayonini tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

1. Oʻquv rejasi va fan dasturlarini jahon standartlariga moslashtirish va tasdiqlash;

2. Xar bir fanga kreditlarni taqsimlash;

3. Fanlar katalogini shakllantirish va eʼlon qilish.

Oliy taʼlim muassasasi

Oʻquv yili boshlangunga qadar

2-bosqich

Taʼlimning kredit tizimi boʻyicha talabalarni (bakalavr va magistraturaga) belgilangan tartibda 1 kursga qabul qilish.

Oliy taʼlim muassasasi

Oʻquv yili boshlangunga qadar

3-bosqich

Talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini berish uchun Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasini belgilash

Oliy taʼlim muassasasi

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab xar bir oʻquv yili boshlangunga qadar

4-bosqich

Mobillikni tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

1. Professor-oʻqituvchilar tarkibining mobilligi boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan kelishuvlar tuzish;

2. Magistratura talabalarining taʼlim trayektoriyasida mobillik oynasini tashkil etish;

3. Bakalavriat talabalarining mobillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Oliy taʼlim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab doimo

5-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash uchun quyidagilarni amalga oshirish:

1. Taʼlimning kredit-modul tizimini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha vakolatli tashkilotlar bilan bitim tuzish;

2. Taʼlimning kredit tizimlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Oliy taʼlim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimo

6-bosqich

Taʼlim berish natijasini tasdiqlash maqsadida xalqaro tan olinadigan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom berish.

Oliy taʼlim muassasasi

2022-yildan boshlab taʼlim dasturi yakunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kengash qarori bilan oliy taʼlim muassasasining tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha yangi lavozim, tarkibiy boʻlinmalar va shtat birliklarini joriy etish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 8-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bino va inshootlar hamda oʻquv-ilmiy laboratoriya jihozlari bundan mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarni toʻligʻicha oʻzlarining rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlaydi va sarflaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari rivojlantirish jamgʻarmasiga tushgan barcha mablagʻlardan moddiy-texnika bazani mustahkamlashga, oʻz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishga, faoliyatni samarali tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga sarflash ulushini mustaqil belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi (qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa — elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin mazkur oliy taʼlim muassasasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet mablagʻlarini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son)