Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2026 31.12.2020 yildagi 820-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-sonli “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda — markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar markazlarni tashkil etishning asosiy maqsadi deb belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;

nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;

oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, markazlarda fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan oʻttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar, oʻquv yuklamasi hajmi oʻn olti soatdan kam boʻlmagan dastur asosida bepul oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar tashkil etilishining maqsadi va asosiy vazifalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarda mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish mexanizmi hamda ularning monitoringini yuritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha mashgʻulotlar yoʻnalishlari va ularni oʻtkazish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazlardagi mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish masalalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) darajasida — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat darajasida — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mashgʻulotlar oʻtkazilishini tizimli tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda markazlardagi mashgʻulotlarning sifatli va toʻliq oʻtkazilishiga hamda markazlar faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashsin;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan oʻttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar roʻyxatini Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini tashkil etsin;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarda nikohlanuvchi yoshlarga oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga oid mashgʻulotlar oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar faoliyatini targʻib etishda koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar faoliyatini ilmiy-metodik qoʻllanmalar va tarqatma materiallar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila mavzusiga bagʻishlangan taʼsirchan videofilm, videoroliklar, infografik lavhalar mediatekasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarni nikoh va oila munosabatlarini targʻib qiluvchi tarqatma materiallar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila mavzusiga bagʻishlangan taʼsirchan videoroliklarni “Mening yurtim”, “Yoshlar” telekanallarida namoyish etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz faoliyatini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi yoshlari, nikoh yoshiga yetgan yoshlar orasida targʻib qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti:
(7-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek, namunali oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish asosida oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bogʻliq metodik tavsiyalar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi ikki oy muddatda markazlarga mashgʻulotlar uchun alohida xonalar ajratish, zarur mebel, maishiy va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash choralari mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
820-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashgʻulotlarni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markazlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga (keyingi oʻrinlarda — FHDY organlari) nikohni qayd etish boʻyicha ariza bergan shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish maskani hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markazlarda tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yuqori maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, mustahkam, totuv va baxtli oila yaratishga koʻmaklashish, ularga anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni singdirish, shuningdek, oilaning zamonaviy modelini shakllantirishga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazlar faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlardagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish yuzasidan rejalar va dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda doimiy yangilanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi, oʻquv mashgʻulotlariga malakali mutaxassislarni jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar faoliyatini oʻquv-metodik jihatdan taʼminlashda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qiladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv mashgʻulotlarining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq oʻtkazilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi va natijalari boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarda oʻquv mashgʻulotlarining samarali tashkil qilinishini taʼminlaydi, shuningdek, oʻqitishning oʻquv-uslubiy asoslarini ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishni amalga oshirish uchun yetakchi taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalaridan mutaxassislar, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohlanuvchi shaxslarning mashgʻulotlarda roʻyxat asosida ishtirok etishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarda mashgʻulotlar muntazam oʻtkazilishini taʼminlaydi, ularning monitoringini yuritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga oylik, chorak, yarim yillik, yillik maʼlumotlar berib boradi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markazlardagi mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish masalalari tuman (shahar) darajasida — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, viloyat darajasida — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari va respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻlimlarining bosh mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlimlarining oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassislari markazlarda mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishga masʼul hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markazlardagi oʻquv mashgʻulotlari rejalari har oyda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazlarda mashgʻulotlarni tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. FHDY organlari nikohni qayd etish uchun ariza bergan shaxslarga markazlarda ixtiyoriylik asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bepul oʻqishlari mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy-huquqiy munosabatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy turmush psixologiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reproduktiv salomatlik asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisod va oila budjeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalik ijobiy koʻnikmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY organlari har oyning yakunida oila qurish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi va keyingi oyning uchinchi sanasigacha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻttiz yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar, nikoh tuzgan shaxslar, shuningdek, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning tomonlari ham alohida dastur asosida markazlarda ixtiyoriy oʻqishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻquv jarayonining davomiyligi toʻrt kundan ortiq boʻlmasligi, oʻquv yuklamasi hajmi esa — 16 soatdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazlarda mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida hamda hududlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazlarda mashgʻulotlar oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda oʻtkaziladi hamda oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi: maʼruza, taqdimot, interfaol seminar, amaliy mashgʻulot (keys-stadi, “kichik” guruhlarda ishlash, “aqliy hujum” va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashgʻulotning davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 15 juft nikohlanuvchilar ishtirokida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boʻlimlari tomonidan har chorak boshida FHDY organlariga oʻquvlar oʻtkaziladigan sana va oʻquv rejalari yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻtkazilgan mashgʻulotlarning doimiy monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlarda oʻqib chiqqan yosh oilalarning holatini har tomonlama oʻrganish va monitoring natijalaridan kelib chiqib, oʻquv jarayoni yanada takomillashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻquv mashgʻulotlarida toʻliq qatnashgan tinglovchilarga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda sertifikat tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markazlarda mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish, sertifikat tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o`qiganligi haqida
‎SERTIFIKAT IM
‎№ 000000

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20____yil ______________________dan 20 ____________ gacha

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(viloyat, tuman (shahar) nomi)

‎‎Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o`qidi.
‎‎Sana __________________ Qayd raqami_______
‎‎___________________________oila va xotin qizlar‎‎

‎‎(viloyat, tuman (shahar) nomi)

‎‎bo`limi boshlig`i‎‎

‎‎_________________________________
‎(familiya, ism, otasining ismi)

________
‎(imzo)‎

Muhr o`rni‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/820/1686-son; 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)