08.09.2020 yildagi 442-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 08.09.2020 yildagi 442-IV-son
Kuchga kirish sanasi
08.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69 va 78-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddaciga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida umumiy yer maydoni 4 686 gektar boʻlgan Davlatobod tumani tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namangan shahrining “Yuksalish”, “Navroʻz”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “Toʻquvchi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar doʻstligi”, “Davlatobod”, “Quyi Gʻirvon”, “Yuqori Gʻirvon”, “Oʻrta Gʻirvon”, “Bogʻ”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Shishaki”, “Quyi Rovuston”, “Oʻrta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Yelxon” mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlari Davlatobod tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Namangan viloyati Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani chegarasining tavsifi va chizma shakllari tegishincha 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Namangan shahrining Davlatobod tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan saylov okruglaridan (1-Orzu, 2-Navbahor, 3-Qalʼa, 4-Nurobod, 28-Rovuston, 29-Gʻirvon, 30-Elobod, 6-Porosmon) saylangan xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2020-yil 8-sentabr,

442-IV-son