Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Xorazm viloyatining Hazorasp tumani chegaralarini oʻzgartirish va Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69, 78-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2, 5-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Xorazm viloyati tarkibida Hazorasp tumanining chegaralari oʻzgartirilsin Tuproqqalʼa tumani tashkil etilsin;
Pitnak shahri Tuproqqalʼa tumanining maʼmuriy markazi etib belgilansin.
2. Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A. Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq”, “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqalʼa maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlari (umumiy yer madoni 192 262 gektor) tashkil etilayotgan Tuproqqalʼa tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Xorazm viloyatining Hazorasp tumani hududidan Tuproqqalʼa tumani hududiga oʻtkazilayotgan yer maydonlari chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tegishlicha 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, chegarasi oʻzgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-mart,
184-IV-son