Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FAOLIYATINING ASOSIY KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentining shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 73-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 121-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentining shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash hamda amalga kiritish tartibi haqida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 74-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini taʼminlash, ularga xizmat qilish va ularni muhofaza etish toʻgʻrisida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 75-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisini va Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentini taʼminlash, ularga xizmat qilish va ularni muhofaza etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-aprel,
481-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4 -son, 35-modda)