15.12.2020 yildagi PQ-4922-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — FAO), BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QXRXJ) hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (keyingi oʻrinlarda — BOOD) bilan hamkorlikda agrosanoat majmuini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, tarkibiy oʻzgartirishlarni samarali amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni kuchaytirish, shuningdek, Rim shahrida (Italiya) joylashgan ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan resurs salohiyatini va natijadorlikni yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020-yil 2 — 4-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida (keyingi oʻrinlarda — Mintaqaviy konferensiya) Oʻzbekiston Respublikasi ikki yil muddatga ushbu Mintaqaviy konferensiyaning raisi etib saylangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar FAO, QXRXJ va BOOD bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy konferensiyada mamlakat manfaatlarini ilgari surish, raislik doirasida qabul qilingan barcha qarorlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash, mazkur xalqaro tuzilmalar bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi amaliy hamkorlik rejalarini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida jahonning eng ilgʻor tajriba va koʻnikmalari, bilim va innovatsiyalarini joriy etish uchun Mintaqaviy konferensiyaning ishtirokchi-mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi sohasi barqaror oʻsishini va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi yutuqlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FAO, QXRXJ va BOOD doirasida mamlakatning agrar va oziq-ovqat siyosatini samarali amalga oshirish boʻyicha tub manfaatlari va pozitsiyasini ilgari surish, shuningdek, ularning salohiyatidan ixtisoslashgan global jamgʻarmalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishda keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aholisining ovqatlanish sifatini yaxshilash va turmush darajasini yuksaltirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini taʼminlash, shuningdek, sohada ilgʻor texnologiyalarni joriy etish maqsadida FAO, QXRXJ va BOODning grant, moliyaviy-texnik va ekspert koʻmagini jalb etish orqali milliy strategiyalar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FAO, QXRXJ va BOOD bilan doimiy aloqalar olib borish, yuqori darajadagi va ekspert hamjamiyatlarining oʻzaro tashriflar almashuvini amalga oshirish, tomonlar oʻtkazadigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish hamda ular bilan konstruktiv muloqotni mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi oʻrindoshlik asosida Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili etib tayinlansin hamda unga Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD bilan oʻzaro hamkorligiga doir barcha masalalarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi oʻrinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga, mehnatga haq toʻlash fondi tegishlicha oʻzgartirilgan holda, maslahatchi — Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili oʻrinbosari lavozimi kiritilsin hamda unga FAO, QXRXJ va BOOD bilan tizimli amaliy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha majburiyatlar yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elchixonaning maslahatchi lavozimi Elchixonaning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi shtat jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish hamda FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli raislik qilishini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yarim yilda bir marta “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi holati tahlilini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi qoʻshimcha bitta yengil avtomobilni saqlash uchun Elchixonaga limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elchixona shtat jadvalidagi oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda, Elchixonani saqlab turish boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha shtat birligini kiritish va yengil avtomobil xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini saqlab turish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan va ularning doirasida amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-apreldagi “Italiya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish toʻgʻrisida”gi 143-son qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4922-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4922-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHTAT JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(AQSH dollarida)

T/r

Lavozim

Shtat birliklari soni

Elchining maoshiga nisbatan xodimning maoshi, foizlarda
(3 000)

Oylik maosh

Yillik ish haqi fondi

Diplomatik tarkib

1.

Elchi

1

100

3 000

36 000

2.

Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi

1

85

2 550

30 600

3.

Maslahatchi — Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili oʻrinbosari

1

85

2 550

30 600

4.

Birinchi kotib

1

75

2 250

27 000

Hammasi:

4

10 350

124 200

Maʼmuriy-texnik tarkib

1.

Katta buxgalter

1

65

1 950

23 400

2.

Xoʻjalik mudiri, gʻaznachi va haydovchi-mexanik

1

50

1 500

18 000

3.

Mahalliy aholi yoki ishchilarning oila aʼzolari orasidan yollanadigan xodimlar (ish yurituvchi kotib, qoʻriqchi, farrosh, haydovchi va boshqalar)

3 000

36 000

Jami:

2

6 450

77 400

Hammasi:

6

16 800

201 600

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4922-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish hamda FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli raislik qilishini taʼminlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

FAOning Yevropa boʻyicha 32-Mintaqaviy konferensiyasi (YEMK) doirasida samarali raislik qilish va mamlakat manfaatlarini ilgari surish barcha masalalarini muvofiqlashtirish.

1. Budapesht shahridagi YEMK Kotibiyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasidagi ishlarni muhokama qilish.

2021-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

2. YEMK Raisiga konferensiyaning 32-sessiyasi davomida qabul qilingan qarorlarning bajarilishida koʻmaklashish.

doimiy

3. Eng yaxshi tajribalar, bilimlar va innovatsiyalarni qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish yoʻlida transfer qilishda YEMK ishtirokchi-mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish.

doimiy

2.

FAOning Yevropa boʻyicha Mintaqaviy konferensiyasining (YEMK) sessiyalar oraligʻidagi yigʻilishlarida Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining ishtirokini taʼminlash.

1. YEMK Kotibiyati bilan tadbirlar jadvali va muhokamalar kun tartibini ishlab chiqish.

2021-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

2. YEMK Raisiga tegishli materiallar va hujjatlarni tayyorlash.

jadvalga muvofiq

3. Tadbirlarda ishtirok etish.

jadvalga muvofiq

3.

Donor-mamlakatlarning FAO, QXRXJ, BOOD doimiy vakillari bilan manzilli ishlashni taʼminlash.

1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish.

2021-yil I yarim yillik

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Qoʻshma loyihalarni muhokama qilish va ishlab chiqish.

doimiy

3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni Oʻzbekistonning aloqador vazirlik va idoralariga koʻrib chiqish uchun kiritish.

doimiy

4.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokini faollashtirish.

1. FAO, QXRXJ, BOOD tomonidan amalga oshirilayotgan mintaqaviy va global konvensiyalar, bitimlar hamda tashabbuslarni oʻrganish va baholash.

2021-yil I yarim yillik

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish.

doimiy

3. Qabul qilingan qarorlarning samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.

doimiy

5.

Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun FAO huzuridagi Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi (BOXQ) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish.

2021-yil mart

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish va ishlab chiqish.

2021-yil I yarim yillik

3. Ishlab chiqilayotgan loyihalar va tashabbuslarni Oʻzbekistonning aloqador vazirlik va idoralariga koʻrib chiqish uchun kiritish.

muntazam

6.

Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish.

2021-yil I chorak

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Mamlakat hadli dasturini ishlab chiqish va kelishish.

2021-yil dekabr

3. Hujjatni imzolash.

2022-yil I yarim yillik

7.

FAO va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Mamlakat hadli dasturini qabul qilish.

1. Hujjatlarni ishlab chiqish va FAO bilan kelishish.

2020-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, aloqador vazirlik va idoralar

2. 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Mamlakat hadli dasturini imzolash.

2021-yil yanvar

3. Dasturning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.

doimiy

8.

FAOning “Qoʻlga koʻl” tashabbusida Oʻzbekistonning ishtirok etishi.

1. FAO bilan tashabbusni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma hadli bitimni imzolash.

2020-yil 20-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Tashabbusni amalga oshirish va Geomakon maʼlumotlar platformasini toʻldirish boʻyicha idoralararo ekspert Ishchi guruhini tuzish.

2021-yil 30-yanvar

3. “Qoʻlga qoʻl” tashabbusi doirasidagi ishlarning ustuvor yoʻnalishlarni belgilash uchun FAO bilan birgalikda koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish.

2021-yil 15-iyun

4. Natijalarning bazaviy jihatdan baholari bilan birga ilk maʼruzani eʼlon qilish.

2023-yil

9.

FAO, QXRXJ, BOOD bilan birgalikdagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirib borishning monitoringini taʼminlash.

1. Amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini tahlil qilish.

2021-yil I yarim yillik

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Erishilgan natijalarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birga muhokama qilish.

2021-yil iyul

3. Joriy va ishlab chiqilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil sentabr

10.

Maxsus global jamgʻarmalarning (“Yashil iqlim jamgʻarmasi”, “Global ekologiya jamgʻarmasi”, “Adaptatsiya jamgʻarmasi”, “Xalqaro iqlim tashabbusi”) moliyaviy va texnik koʻmagini jalb qilish uchun FAO, QXRXJ, VOOD bilan hamkorlik qilish.

1. Aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun Jamgʻarmalarga kiritish.

2021-yil dekabr

3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlash.

2022-yil davomida

11.

FAOning “Janub-Janub” (Xitoy, Isroil, Turkiya) qoʻshma loyihalarida Oʻzbekistonning ishtiroki masalasini koʻrib chiqish.

1. Aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun FAOga kiritish.

2022-yil mart

3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlash.

kelishuvga koʻra

12.

FAO huzuridagi “Tuproq boʻyicha global hamkorlik”da Oʻzbekiston ishtirokini faollashtirish.

1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish.

2021-yil fevral

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Qoʻshma loyihalarni muhokama qilish va ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni Oʻzbekistonning manfaatdor vazirlik va idoralariga koʻrib chiqish uchun kiritish.

2021-yil dekabr

13.

FAO-Koreya Respublikasining oʻrmon landshaftlarini tiklash boʻyicha hamkorlik dasturi doirasida moliyaviy-texnik koʻmagini jalb qilish.

1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun FAOga kiritish.

2021-yil dekabr

3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlash.

kelishuvga koʻra

14.

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik xalqaro tadbirlarni Oʻzbekistonda oʻtkazish masalalarini FAO, QXRXJ, BOOD bilan ishlab chiqish.

1. Tadbirlar jadvalini muhokama qilish.

muntazam

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. Tadbirlarni Oʻzbekistonda oʻtkazishni belgilangan tartibda kelishish.

muntazam

3. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekistonning tadbirlarni oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisida FAO, QXRXJ, BOODni rasman xabardor qilish.

muntazam

15.

2021-yilda Butunjahon oziq-ovqat sammiti ishida Oʻzbekistonning faol ishtirokini taʼminlash.

1. 2021-yilda Butunjahon oziq-ovqat sammiti boʻyicha BMT Bosh kotibining maxsus elchisi bilan ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish.

2021-yil fevral

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

2. FAO, QXRXJ, BOOD ekspertlari bilan birgalikda tavsiyalar va yakuniy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha muhokamalarda ishtirok etish.

2021-yil I yarim yillikda

3. Sammitni tayyorlash tadbirlarida ishtirok etish.

jadvalga muvofiq

16.

QXRXJning mamlakat ofisini Oʻzbekistonda taʼsis etish masalasini ishlab chiqish.

1. QXRXJ rahbariyati bilan masalani muhokama qilish.

2021-yil mart

Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Vakolatxona ochilishi toʻgʻrisidagi Bitimni ishlab chiqish va kelishish.

2021-yil oxirigacha

3. Vakolatxonani ochish.

kelishuvga koʻra

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 07/20/4922/1626-son)