Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.11.1996 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOShQARUV ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MA’MURIY-BOShQARUV XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-yanvardagi 48-sonli qarori bilan qisman o‘zgartirish kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq xo‘jaligini boshqarish organlarini yanada qisqartirish va ularning tuzilmasini takomillashtirish, boshqaruv xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv organlari xodimlari tomonidan bajarilayotgan funksiyalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika xalq xo‘jaligini boshqarish organlari tuzilmasini takomillashtirish va ularning shtatdagi xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlovchi komissiyaning, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ztayyorlovsavdo” O‘zbekiston respublika savdo-xarid uyushmasini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yog‘och tayyorlash, qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash bosh boshqarmasini tugatish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlarini 1-ilovaga* muvofiq qisqartirish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va ularga qarashli tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari sonini 2 — 4-ilovalarga* muvofiq qisqartirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni bajarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 1-yanvargacha shtat jadvalini ma’muriy-boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soniga muvofiqlashtirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda boshqaruv organlari apparatidan bo‘shatiladigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya qilish masalalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yil budjetini tuzishda budjetdagi tashkilotlar bo‘yicha ma’muriy-boshqaruv xodimlarini mablag‘ bilan ta’minlash xarajatlariga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va ularga qarashli tashkilotlar boshqaruv apparati xodimlarining belgilangan cheklangan soniga qat’iy muvofiq ravishda mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq va suv xo‘jaligi (Q.G‘. Obidov), qurilish va kommunal xizmat ko‘rsatish (R.R. Yunusov) majmuilarining rahbarlari o‘n kun muddatda “O‘ztayyorlovsavdo” O‘zbekiston respublika savdo-xarid uyushmasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yog‘och tayyorlash, qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash bosh boshqarmasini tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalarini tuzsinlar va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Nazorat inspeksiyasi, Moliya vazirligi 1997-yilning I choragi yakuniga ko‘ra boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilishini tekshirsinlar va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 26-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
420-son