14.09.2019 yildagi 2736-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻshma qarori, 14.09.2019 yildagi 2736-III-son
Kuchga kirish sanasi
14.09.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday salbiy illatlarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yigʻinlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, oʻrganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita oʻtkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali toʻy marosimlari va ularni oʻtkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baʼzi fuqarolar toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni dabdaba bilan oʻtkazishni qoʻshnilar, qarindoshlar tomonidan boʻladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos boʻlish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar oʻrtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksariyat aholi, ayiqsa, xotin-qizlarning ongida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori boʻlsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi boʻladi, degan notoʻgʻri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Charlar”, “aqiqa marosimi”, “muchal toʻyi”, “qiz majlis”, “kuyov chaqiriq”, hayitda “kelin koʻrish” kabi marosimlar aholi tomonidan ortiqcha deb baholanmoqda. Biroq, bunday marosimni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni obroʻliroq joyda oʻtkazishga, oʻzining yutuqlarini koʻz-koʻz qilishga, moddiy mavqeyi bilan maqtanishga intilish kuchaymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksariyat toʻyxona egalari ixcham va kamxarj oʻtkazish niyatida boʻlgan fuqarolardan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda toʻy xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat koʻrsatmoqda, oʻz tomosha xizmatlarini koʻrsatish davomida milliy mentalityetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, “ommaviy madaniyat” illatlarini targʻib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatlarga chek qoʻyish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni qatʼiy tartibga solishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish boʻyicha keng jamoatchilik, Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek fuqarolar yigʻinlarining toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tuzilsin, uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekkonsert davlat muassasasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni milliy qadriyatlarga mos tarzda ixcham va kamxarj oʻtkazishga erishish uchun sanʼatkorlar tomonidan xizmatlar koʻrsatilishini tartibga solish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar tomonidan xizmat koʻrsatilishida tegishli litsenziya talablariga rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish choralarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pullik avtotransport xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashning alohida tartibini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek, ushbu tartibga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash yuzasidan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar davomida muqaddas dinimiz talablariga zid boʻlgan turli odat va rasm-rusumlar oʻtkazilishining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralarni koʻrsin, bu borada diniy tashkilotlarning vakolatli vakillari masʼuliyatini yanada kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda Nizom talablaridan kelib chiqib, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish va uni oʻtkazishda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi nizom ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va anʼanalarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng xalq ommasiga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirib borsin va uning natijalariga koʻra tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari (A. Qodirov) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2736-III/KQ-592-III
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi № 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, maʼnaviyati, madaniyati, anʼanalari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni oʻtkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom mamlakat miqyosida oʻtkaziladigan rasmiy marosimlar, davlat va jamiyat oldidagi buyuk xizmatlariga ega shaxslarni xotirlash va yubiley munosabatlari bilan boʻlib oʻtadigan, shuningdek, davlat idoralari, korxona va muassasalarning tashkil etilgan kuni bilan bogʻliq tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraligʻida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soat 23:00 dan keyin toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshaloq toʻylarda 250 nafargacha, u bilan bogʻliq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish va motam marosimlari koʻpi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻy oʻtkazuvchi shaxslar toʻydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kelin-kuyovning toʻyxonaga kelishi va ketishi bilan bogʻliq oilaviy tadbirlarda 3 tadan koʻp boʻlgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega boʻlmagan tashuvchilar tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik, toʻy egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu maʼruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan oʻqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar toʻyxona, kafe, restoran maʼmuriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni koʻrsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Milliy anʼanalarga yot, odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan toʻylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qoʻshimcha rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “chorlar”, “ota koʻrdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “togʻora yuborish” va hokazolarni) oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish va motam marosimlari bilan bogʻliq ortiqcha tadbirlarni (“yetti”, “payshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va hokazolarni) oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toʻyxona, kafe va restoranlarda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ishtirokchilari soniga, ularni oʻtkazish vaqtiga qatʼiy rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrofda yashovchi aholining tinchligi va osoyishtaligini hamda maishiy shovqinga qarshi kurash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida boʻlishi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toʻyxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq shaxslar ishtirokida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish uchun tadbir oʻtkazuvchi shaxs hamda toʻyxona, kafe va restoran rahbari oʻrtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, ish va xizmat turi, toʻlov, xarajatlar miqdori, tadbir ishtirokchilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, soʻz ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat koʻrsatganligi uchun bir necha baravarga oshirilgan miqdorda soliqqa tortish tartibi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toʻyxona, kafe va restoranlar maʼmuriyati toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilayotganda xavfsizlik choralarini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomning 3, 4-bandlarida, 8-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida, 9-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilarida, 10-bandida nazarda tutilgan qoidalar xonadonlarda (guzarlarda) tashkil etiladigan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda jamoatchilik va davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy komissiyalar deb yuritiladi), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oʻz vakolatlari doirasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik nazorati tashkil etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik nazorati oʻtkazilishini tashkil etadi, shuningdek, bu borada monitoringni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng jamoatchilik fikrini oʻrgangan holda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib boradi hamda oʻrnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilgan holda jamoatchilik oʻrtasida muhokama qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mahalla fuqarolar yigʻini, “Nuroniy” jamgʻarmasi hududiy boʻlimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish bilan bogʻliq milliy va diniy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid boʻlgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishi va tegishli tavsiyalar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻy egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat va anʼanalarni mensimaslik, shuhratparastlik, isrofgarchilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishi, tegishli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va anʼanalarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymasdan oʻtkazish boʻyicha jamoaviy suhbatlar tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda oʻtkazilishi rejalashtirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor boʻlishi, uning oʻtkaziladigan joyi, ishtirokchilar soni boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlardan oldin va keyin oʻtkaziladigan ortiqcha rasm-rusum va marosimlarning oldini olish choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon boʻlishining oldini olish maqsadida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda FHDY idoralarida nikohdan oʻtayotgan kelin-kuyovlarga oila maʼnaviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi oʻgitlari bayon qilingan maʼlumotlar, kitoblar va boshqa materiallar berib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni kamxarj qilib oʻtkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ota-onalar universiteti” mashgʻulotlarida sarpo, buyum yigʻishga ruju qoʻyish, oila budjetini notoʻgʻri rejalashtirish va boshqa nosogʻlom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar oʻrtasida urf boʻlayotgan “ommaviy madaniyat”, “sevgi tarixi”, qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalarning salbiy oqibatlarini koʻrsatib beradigan ijtimoiy roliklar va filmlar, badiiy asarlar tayyorlash hamda targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. FHDY organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohdan oʻtish maqsadida ariza bergan shaxslar hamda ularning ota-onalari bilan yashash joylarida, mahallada suhbatlar uyushtirishi, ularga nikohdan oʻtish tartib-taomillari, toʻy marosimlarini kamxarj va ixcham oʻtkazish boʻyicha tushuntirish berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda din ulamolari, tibbiyot xodimlari, psixologlar ishtirokida “Yosh kelin-kuyovlar klubi”, “Oila maktabi”, “Qudalar suhbati” kabi kurslar tashkil qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohdan oʻtish haqidagi arizani roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng uch ish kunida nikohlanuvchi shaxslar yashayotgan mahalla fuqarolar yigʻinini bu haqda xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda fuqarolar oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning shuhratparastlik va dabdaba bilan oʻtkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etishi, shuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻyxona, kafe va restoranlar maʼmuriyati rejalashtirilayotgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida ushbu tadbirlar oʻtkazilishidan kamida ikki kun oldin tegishli hududdagi ichki ishlar organiga yozma ravishda xabar berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga oid qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlik nazorati natijalari boʻyicha mahalliy urf-odatlar, milliy anʼanalardan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan ushbu Nizom doirasida tegishli hududdagi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa qoʻshimcha talablar hamda tavsiyalar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi № 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

I. Mirzaaliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi rahbari

2.

A. Kirgizboyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

3.

M. Nurmatova

—

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

4.

F. Maxmudov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari

5.

A. Mavrulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiri

6.

A. Joʻraboyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri

7.

O. Nazarbekov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

B. Yusupaliyev

—

Oʻzbekiston Respub�ikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

M. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

10.

X. Meliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari

11.

A. Abduvaliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

12.

A. Axmedov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

13.

I. Jasimov

—

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

14.

J. Niyazbekov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqarma boshligʻi

15.

E. Bozorov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

16.

U. Alimov

—

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

17.

A. Xadjayev

—

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

18.

A. Oʻrozov

—

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

19.

O. Abduqahorov

—

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori

20.

F. Abduholiqov

—

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

21.

A. Saʼdullayev

—

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi

22.

D. Tashmuxamedova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori

23.

R. Ubaydullayeva

—

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

24.

D. Mahbubov

—

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi boshqaruvi raisining oʻrinbosari

25.

X. Mirzajonova

—

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari

26.

F. Azimova

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi

27.

A. Mirjalilov

—

Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

28.

D. Najmutdinova

—

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Toshkent shahar boʻlimi raisi

29.

M. Bekmurodov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri

30.

Sh. Ortikov

—

“Xalq soʻzi” gazetasi muxbiri

31.

A. Turdiyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kotibiyatining bosh maslahatchisi, ishchi guruh kotibi

32.

Lavozimi boʻyicha

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi № 2736-III/KQ-592-III-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibi belgilanishi munosabati bilan qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyati tartibini ishlab chiqish.

Respublika komissiyasining nizomi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil
15-oktabrga qadar

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi

2.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil
1-noyabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, manfaatdar vazirlik va idoralar

3.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil
1-noyabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, manfaatdar vazirlik va idoralar

4.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pullik avtotransport xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashning alohida tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi


5.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish va uni oʻtkazishda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi

6.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish va uni oʻtkazishda fuqarolar yigʻini raislarining faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish

7.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablari ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

1. Nizom talablari buzilishi holatlarini mahalliy Kengash sessiyasilariga kiritish va uning muhokamasini tashkil qilib borish.

2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari ishtirokida jamoatchilik nazoratini olib borish.

Har chorak yakuni boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

8.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy reydlarni tashkil etish va Nizom talablarining ijrosini taʼminlash.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

9.

Joylarda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirish.

Doimiy monitoringni olib borish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi

10.

Har bir viloyatda va Toshkent shahrida bittadan tumanni toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish boʻyicha namuna qilib koʻrsatish.

Har bir viloyatda va Toshkent shahrida bittadan tumanni namuna qilib koʻrsatish.

2019-yil
sentyabr — dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham hamda tartibli oʻtkazish boʻyicha aholi keng qatlamlari oʻrtasida sotsiologik soʻrov oʻtkazish, uning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish.

Respublikaning barcha hududlarida maxsus ishlab chiqilgan savolnomalar asosida sotsiologik soʻrov oʻtkazish.

2019-2020-yillar davomida

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi,

ommaviy axborot vositalari

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini olib borish

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senat Kengashining qoʻshma qarori mazmun-mohiyatini targʻib qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etish.

2019-yil
sentyabr — dekabr oylari

Oliy Majlis palatalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

13.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va uning huzuridagi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishni tartibga solish boʻyicha komissiyalar hamda jamoatchilik bilan birgalikda namunali toʻylar oʻtkazilishini tashkil etish.

Xonadon egalari tomonidan rejalashtirilayotgan toʻylar roʻyxatini tuzish, ushbu xonadonda tadbirning namunali oʻtkazilishiga koʻmaklashish.

Roʻyxat asosida

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi

14.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish bilan bogʻliq milliy va diniy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid boʻlgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish.

Joylarda keng jamoatchilik ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT

15.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning maʼnaviy va maʼrifiy asoslarini mustahkamlash borasida uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. Bunda:

milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy koʻrinishlarining oldini olish;

nikohdan oʻtayotgan kelin-kuyovlarga oila maʼnaviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi oʻgitlaridan iborat tavsiyalar berib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

Targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

16.

Xotin-qizlar oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik muhokamalari hamda maslahatlashuvlar oʻtkazish, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil qilish. Bunda:

toʻy-hashamlar oʻtkazishni rejalashtirgan xotin-qizlar bilan doimiy suhbatlar oʻtkazib borish;

xotin-qizlarga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish;

“Ota-onalar universiteti” mashgʻulotlarida sarpo, buyum yigʻishga ruju qoʻyish, oila budjetini notoʻgʻri rejalashtirish va boshqa nosogʻlom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tushuntirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

Jamoatchilik muhokamalari, maslahatlashuvlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Xotin-qizlar qoʻmitasi

17.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha muqaddas dinimizda koʻzda tutilgan amallar va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda imom-xatiblar eʼtiborini:

FHDY organlari tomonidan kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomasi berilgandan soʻng sharʼiy nikoh oʻqishga;

mahallalardagi diniy-maʼrifiy uchrashuvlar, anʼanaviy suhbatlar va juma namozlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, toʻylarga sarpo va buyum yigʻishga ruju qoʻymaslik, ularni oʻtkazishda belgilangan talablarga amal qilishga;

turli xil bidʼat va xurofotlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi oldini olish boʻyicha nasihatlar berib borish zarurligi toʻgʻrisidagi masalalarga qaratish.

Targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

18.

Yoshlar oʻrtasida oilaning muqaddasligi, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning ixcham va tartibli oʻtkazilishi toʻgʻrisida turli uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari, maxsus oʻquv mashgʻulotlari, ochiq darslar tashkil qilish. Bunda:

turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish;

yoshlar oʻrtasida urf boʻlayotgan “ommaviy madaniyat” (“Love story”, qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalar)ning salbiy oqibatlarini koʻrsatib beradigan targʻibot tadbirlariga alohida eʼtibor qaratish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, maxsus oʻquv mashgʻulotlari, ochiq darslar va boshqa turli tadbirlarni tashkil qilish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

19.

Toʻyxona egalari tomonidan toʻy xarajatlarining asossiz ikki-uch baravar miqdorda oshirilishining oldini olish.

Toʻyxona egalari orasida uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini olib borish.

Doimiy ravishda

Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi

20.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni namunali tashkil etish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingini yuritish.

Mahalla fuqarolar yigʻinlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi mezonlarini ishlab chiqish.

2020-yil
1-yanvarga qadar

Ichki ishlar vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazishni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish

21.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasini tashkil etish.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish masalalari muhokamasini tashkil etishga doir media-reja ishlab chiqish.

2019-yil
sentyabr

OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA,


22.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga ortiqcha sarf-xarajatlar qilinayotgani, buning oilalar iqtisodiy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani haqida maqolalar, suhbatlar va intervyular tayyorlash.

Parlament aʼzolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida suhbatlar va intervyular tashkil etish.

2019-yil
oktyabr — dekabr

OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, Oliy Majlis palatalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

23.

Namunali toʻylarni tashkil etish istagini bildirgan va bunday toʻylarni tashkil etgan shaxslarning ijobiy qiyofasini shakllantirish.

Toʻylarni namunali tashkil etgan shaxslarni aniqlash va turli janrlarda materiallar tayyorlash.

2019-yil
oktyabr — dekabr

OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari


24.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ishtirokchilari soni va oʻtkazilish vaqti, ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatining bugungi holati, bu borada fuqarolarning haqli eʼtirozlari haqida mulohazali materiallar tayyorlash.

Tahliliy materiallar, reportajlar, intervyular, maqolalar tayyorlash.

2019-2020-yillar davomida

OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda, avvalambor, barcha darajadagi davlat organlari va muassasalarining rahbarlari shaxsan namuna boʻlishlari zarurligi, kerak boʻlsa, bu borada ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini belgilashga, bu boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif etib, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama qilishga qaratilgan materiallar tayyorlash.

Tahliliy materiallar, reportajlar, intervyular, maqolalar tayyorlash.

2019-yil
oktyabr — dekabr

OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Xalq orasida ommalashgan veb-saytlarda jamoat tashkilotlari, diniy ulamolar, aholi vakillarining toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlardagi dabdababozliklar, ortiqcha isrofgarchilik va shuhratparastlikning oldini olishga qaratilgan fikr-mulohazalarini yoritib borish.

Ushbu mavzuda taniqli shaxslar, jamoat arboblari, ziyolilar bilan suhbatlar, intervyular uyushtirish.

2019-2020-yillar davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar