14.06.2011 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2008-yil 24-iyulda Singapurda imzolangan Ikki yoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protokol
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati 2008-yil 24-iyulda Singapurda imzolangan Ikki yoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi bitimga (bundan buyon matnda “Bitim” deb yuritiladi) oʻzgartishlar kiritishni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning 25-moddasi olib tashlansin va quyidagicha oʻzgartirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25-modda — Axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarish yoki maʼmuriy boshqarish yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan ushbu Bitimga zid boʻlmagan darajada undiriladigan har qanday turdagi va koʻrinishdagi soliqlarga taalluqli milliy qonun hujjatlarini qoʻllash uchun oldindan muhim boʻlgan axborotni almashadilar. Axborot almashish 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan 1-bandga muvofiq olingan har qanday axborot shu Davlat ichki qonun hujjatlariga muvofiq olingan axborot qanchalik maxfiy boʻlsa shunchalik maxfiy hisoblanadi va faqat baholash yoki soliqlarni yigʻish yoxud majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish yoki 1-bandda aytib oʻtilgan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan shugʻullanuvchi hamda yuqorida koʻrsatib oʻtilganlarning barchasi ustidan nazorat qiluvchi shaxslar yoki organlarga (shu jumladan sudlar va maʼmuriy organlar) maʼlum qilinadi. Bunday shaxslar yoki organlar bu axborotdan faqat koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda foydalanishlari lozim. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisi vaqtida yoki sud qarorlarida oshkor qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech qanday holatda 1 va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga binoan yoki odatdagi maʼmuriy boshqarish jarayonida olish mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbga oid sirni yoxud savdo jarayonini oshkor qilishi mumkin boʻlgan yoki oshkor qilinishi davlat siyosatiga (ordre public) zid kelishi mumkin boʻlgan axborotni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar axborot bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat soʻralgan axborotni olish uchun, hatto bunday axborot ushbu boshqa Davlatga oʻz soliq maqsadlari uchun talab qilinmasa-da, maʼlumot toʻplash boʻyicha oʻz chora-tadbirlarini koʻrishi lozim. Avvalgi ganda boʻlgan majburiyat 3-bandning qoidalari bilan cheklangan, biroq bunday cheklovlar hech qanday holda Ahdlashuvchi Davlatga faqat undan ichki manfaatdorlikning yoʻqligi sababli axborot taqdim etishdan voz kechishga ruxsat beruvchi sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 3-bandning qoidasi hech qanday holatda Ahdlashuvchi Davlatga faqat bank, boshqa moliya muassasasi yoki nominal ega yoki agent yoxud ishonchli vakil sifatida qatnashuvchi shaxs maʼlumot egasi boʻlgani sababli yoki axborot shaxsning mulk huquqlariga kirishi sababli axborot taqdim etishdan voz kechishga ruxsat beruvchi sifatida talqin qilinmaydi.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri ushbu Protokolning kuchga kirishi uchun uning qonunchiligiga binoan zarur boʻlgan protseduralar yakunlangani haqida boshqa Davlatni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Protokol bunday xabarnomalarning oxirgisi olingan sanadan keyingi oyning birinchi kunida kuchga kiradi va uning qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekistonga nisbatan qoʻllanilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Protokol kuchga kiradigan yildan keyin keluvchi kalendar yilning 1-yanvaridan yoki undan soʻng olinadigan daromadlardan manbalardan undiriluvchi soliqlarga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) boshqa daromad soliqlariga nisbatan, Protokol kuchga kirgan yildan keyin keluvchi kalendar yilning 1-yanvaridan boshlab yoki 1-yanvardan soʻng har bir kalendar yil uchun hisoblanadigan daromadlardan soliqlarga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Singapurga nisbatan qoʻllanilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yil uchun hisoblanadigan soliqlarga nisbatan Protokol kuchga kirgan yildan keyin keluvchi ikkinchi kalendar yilning 1-yanvaridan boshlab yoki undan keyin amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning ajralmas qismi hisoblangan mazkur Protokol Bitim qancha amal qilsa shuncha muddat amal qiladi hamda Bitim qancha muddat qoʻllanilsa, shuncha muddat qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barchasini tasdiqlash uchun, tegishli tarzda bunga vakolat berilgan quyida qoʻl qoʻyuvchilar, mazkur Bayonnomani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2011-yil 14-iyunda ikki nusxada, oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki matn orasida tafovutlar vujudga kelgudek boʻlsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)