24.07.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN SINGAPUR RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IKKI YoQLAMA SOLIQQA TORTILIShIGA YOʻL QOʻYMASLIK VA DAROMAD SOLIGʻINI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNING OLDINI OLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagini bildirib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undirilayotgan daromad soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daromadga solinadigan soliqlarga jami daromaddan yoxud daromadning bir qismidan undiriladigan barcha soliqlar taalluqli boʻlib, bunga koʻchar va koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromadlarga solinadigan soliqlar ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Singapur Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Singapur soligʻi” deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitim uning imzolangan sanasidan soʻng Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday bir xil yoki aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligida boʻlgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlariga xabar beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning maqsadlarida, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Singapur” atamasi Singapur Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda “Singapur” atamasi Singapur Respublikasi hududini, hududiy suvlari va havo kengliklarini hamda Singapur hududiy suvlaridan tashqariga chiqadigan har qanday hududni va keyinchalik Singapur qonunchiligiga koʻra hamda xalqaro qonunchilikka muvofiq uning doirasida Singapur tirik va notirikligidan qatʼi nazar, tabiiy zaxiralarni qazib olish va ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan hudud sifatida belgilanishi mumkin boʻlgan har qanday shunday hududning dengiz tub va yer ostini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda, xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshira oladigan Oʻzbekiston Respublikasining hududini, hududiy suvlari va havo kengliklarini, shu jumladan, yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekistonni yoki Singapurni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashuvini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “kompaniya” atamasi, soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashuv sifatida qaraladigan yuridik shaxsni yoki har qanday boshqa tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari tegishincha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida faoliyat yuritayotgan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlarning korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemalari, temiryoʻl yoki avtomobil transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemalari faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Singapurga nisbatan — Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakilini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oʻzbekistonga nisbatan — Davlat soliq qoʻmitasini yoki uning vakolatli vakilini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Ahdlashuvchi Davlat millatiga mansub yoki uning fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻzining tegishli maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat va uyushmani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “Mahalliy hokimiyat organlari” atamasi Ahdlashuvchi Davlatning biror qonuniga binoan tashkil etilgan va Ahdlashuvchi Davlat hukumatining ayrim vazifalarini bajaruvchi organni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilganida unda belgilanmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan ana shu Davlat qonunlariga koʻra ega boʻlgan maʼnoni anglatadi; atamaning har qanday maʼnosi ana shu Davlatning soliq qonunchiligiga muvofiq ana shu Davlatning boshqa huquq sohalarida shu atama uchun nazarda tutilgan maʼnodan ustunlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Rezident
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, boshqaruv organining joylashgan joyi yoki istalgan boshqa mezon asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek Davlatning oʻzini va har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat organini ham oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari (hayotiy manfaatlari markazi) eng yaqin boʻlgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy yashash joyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) agar shaxs odatda har ikki Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning fuqarosi boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar u har ikkala Davlatning yoki hech birining milliy shaxsi boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv orqali hal qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlar ikkalasining rezidenti boʻlsa, unda faqat amaldagi boshqaruv joyi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi. Agar amaldagi boshqaruv organi joylashgan joyni aniqlash imkoni boʻlmasa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuv asosida ushbu masalani hal qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Doimiy muassasa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boʻlinma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ofis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ustaxona,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joyni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj yoki yigʻish obyekti yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan nazorat faoliyati, biroq shunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatning davomiyligi 12 oydan ortiq davom etsagina;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlari korxona shu maqsad uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali amalga oshirilsa, biroq shu mazmundagi faoliyat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida 183 kundan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsagina.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inshootlardan faqat shu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki buyumlarni saqlash, yetkazib berish yoki namoyish qilish maqsadida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki buyumlar zaxirasini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxirasini ularni faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlash maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) doimiy faoliyat joyi tovarlar yoki buyumlar sotib olish yoxud ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) doimiy faoliyat joyi faqat shu korxona manfaatlari uchungina boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) doimiy faoliyat joyi faqat “a” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan faoliyat turlarining har qanday birikuvi uchungina, basharti bunday doimiy faoliyat joyining jami faoliyati ana shu faoliyat turlarini birlashtirish natijasida vujudga kelsa, tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlsa saqlab turilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs korxona nomidan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa va Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlsa va ushbu huquqlardan odatda foydalansa, bu korxona ushbu shaxs tomonidan shu korxona uchun amalga oshirilgan har qanday faoliyatga nisbatan oʻsha Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agarda bunday shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, va bunday faoliyat turlari agar doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa ham bu doimiy faoliyat joyi ushbu bandning qoidalariga asosan uni doimiy muassasaning doimiy faoliyat joyiga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar korxona Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, basharti bunday shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritsalar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki uning tomonidan nazorat qilinsa yoxud ana shu boshqa Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadi (shu jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mol-mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida ifodalangan tushunchaga ega boʻladi. Har qanday holda ham ushbu atama belgilagan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida foydalanadigan chorva mollari va jihozlar, yer ustidagi mulk toʻgʻrisidagi umumiy qonunchilik qoidalari qoʻllaniladigan huquqlar, koʻchmas mulkdan foydalanish huquqlari va resurslar qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning 1 va 3-bandlari qoidalari korxonaning koʻchmas mulkidan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo faqat ana shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq, agar Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi hisoblab yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, shu jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda va undan tashqaridagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni, har qanday qoʻllanilishi mumkin boʻlgan soliq qonunchiligi yoki tartibni inobatga olgan holda, chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar orqali yoki aniq xizmatlar koʻrsatganlik uchun komission toʻlov yoʻli bilan yoki menejment uchun yoxud bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan toʻlanadigan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan boshqa boʻlgan) summalarga nisbatan hech qanday chegirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning ofislaridan boshqa har qaysisiga gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki patentlardan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejment uchun komission toʻlovlar yoʻli bilan yoki bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) sarflangan summalar doimiy muassasa foydasini aniqlashda eʼtiborga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxona uchun doimiy muassasa tomonidan tovarlar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblab yozilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar uni oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, yilma-yil bir xil usulda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda ana shu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Xalqaro transport
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlar korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari, temiryoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan oladigan foydasi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari quyidagilarga nisbatan ham qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan ijaradan, shu jumladan ekipajsiz kema yoki samolyotlarni fraxt qilish asosida olingan favqulodda foydalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarlar va buyumlarni tashish uchun ishlatiladigan konteynerlar (bunga konteynerlarni tashish uchun foydalaniladigan treyler va boshqa yordamchi uskunalar ham kiradi)dan foydalanish, saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan foydalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar bunday foydalanish yoki ijara xalqaro transportda dengiz yoki havo kemalariga nisbatan qoʻshimcha yoki tasodifiy boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha birlashma, qoʻshma faoliyat yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olingan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Birlashgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻsha shaxslar Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishida, nazorat qilishida yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
va har qanday holatda korxonalar oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladiganidan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo bunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday foyda ana shu korxonaning foydasiga hisoblanishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va tegishli ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratish kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ammo bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq agar dividendlarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda olingan soliqning miqdori dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida, aksiyalardan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi aksiyalardan foydalanish yoxud huquqlardan foydalanish, kon qazish sanoati aksiyalaridan, muassislar aksiyalari va boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliqlar orqali tartibga solinadigan boshqa daromadlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgani holda, ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u erda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, sharoitga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, bunday dividendlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Foizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq, bunday foizlar, agar dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ana shu Davlatning qonunlariga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda soliq foizlar yalpi miqdorining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda qarzdorning foydada ishtirok etish huquqlari mavjudligi va ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadlarni, xususan Hukumat qimmatli qogʻozlaridan olinadigan daromadlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan daromadlar, shu jumladan, mukofotlar va ushbu qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan yutuqlar tushuniladi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar (neustoykalar) ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasa orqali olib borayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan ham haqiqatdan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Foizlarni toʻlovchi Davlatning oʻzi, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimiyat organlari yoki shu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz majburiyatidan foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi bilan foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabiga taalluqli foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Royalti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq, royaltilar qayerda yuzaga kelgan boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ham uning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, biroq agarda royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, ushbu holatda undiriladigan soliq royalti yalpi miqdorining 8 foizidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida har qanday adabiy, sanʼat va ilmiy asarlarni, shu jumladan, kinofilmlar, radio va televideniye uchun yozuvlar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, sxema, kompyuter dasturlari, maxfiy formula yoxud jarayonlar yoki har qanday sanoat, tijorat yoinki ilmiy uskuna, yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli boʻlgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun haq tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mol-mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, unda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga taalluqli huquqqa yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va amalda shu daromadlarni olish huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Mulk qiymatining oʻsishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan oladigan daromadlar oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni oʻzga shaxsga berishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni oʻzga shaxsga berishdan olgan daromadlariga, jumladan ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani oʻzga shaxsga berishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini yoki shunday dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan oladigan daromadlari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning avvalgi bandlarida sanab oʻtilmagan istalgan boshqa mol-mulkni oʻzga shaxsga berishdan olinadigan daromadlar mol-mulkni boshqa shaxsga berayotgan shaxs rezident boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti — jismoniy shaxsning kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan oladigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Istisno tariqasida, quyidagi hollarda bunday daromadlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa, bunday holda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshuvchi davr yoki davrlar mobaynida davom etsa, bunday hollarda daromadning faqat boshqa Davlatdagi faoliyatdan olingan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, sanʼat, taʼlimiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Yollanma shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 16,18 va 19-moddalar qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanish boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va boshqa shu kabi haqlar faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar yollash boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmagan boʻlsa. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan haq ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan haq, agar quyidagi shartlar bajarilsa, faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) haq oluvchi boshqa Davlatda istalgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) haq yollovchi tomonidan yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlansa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza haq toʻlash xarajatlarini qoplamasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan kema yoki samolyotda amalga oshiriladigan yollanma ish uchun oladigan haqlar ana shu Davlatdagina soliqqa tortilishi mumkin. Ammo haqni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti olsa, bu holda u ushbu boshqa Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Direktorlarning gonorarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar kengashi yoki boshqa shunga oʻxshagan organining aʼzosi sifatida oladigan direktorlar gonorarlari va boshqa shunga oʻxshagan toʻlovlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Sanʼat xodimlari va sportchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 14 va 13-moddalarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadi shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatga nisbatan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, ushbu daromad sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatning ijtimoiy jamgʻarmalari, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, 1 va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatda sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan daromadga taalluqli boʻlmaydi. Bu holda, daromad faqat ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Pensiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga ilgari yollanish boʻyicha ishlaganlik munosabati bilan toʻlanadigan pensiyalar va boshqa oʻxshash toʻlovlar faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Hukumat xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinma yoxud mahalliy hokimiyat organi tomonidan ana shu Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoxud mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatgan xizmatlari uchun har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan pensiyadan tashqari ish haqi, maosh va shunga oʻxshash boshqa haqlar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Biroq bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash boshqa haqlar, agar xizmat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti boʻlsa, faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) ana shu Davlatning fuqarosi boʻlsa, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) shu xizmatni amalga oshirish maqsadidagina ana shu Davlatning rezidenti boʻlmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning siyosiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoki ular shakllantirgan jamgʻarmalar hisobidan ushbu Davlat, siyosiy boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan har qanday pensiya faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Biroq bunday pensiya, agar jismoniy shaxs boshqa Davlatning rezidenti yoki fuqarosi boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidangina soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan bogʻliq koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan ish haqi, maosh va shunga oʻxshash haqlar va pensiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Talabalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki amaliyotchining yashashi, oʻqishi yoki maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlgan boʻlsa, ushbu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, ularning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan daromadni istisno etgan holda, agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandi qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda, vaziyatga qarab, 7 va 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining mazkur Bitimning yuqoridagi moddalarida koʻrib chiqilmagan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida vujudga keladigan boshqa daromad turlari ana oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Singapurda ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agar Singapur rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Oʻzbekistondagi manbalardan soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda Singapur oʻz qonunchiligiga koʻra Oʻzbekistonda toʻlangan soliqni hisobga olib, rezidentini ushbu soliqni toʻgʻridan toʻgʻri yoki chegirish orqali Singapurda toʻlashdan ozod etadi. Agar bunday daromad Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan kompaniyasi tomonidan Singapur rezidenti boʻlgan kompaniyaga toʻlagan dividendlar boʻlsa va bu kompaniya bevosita yoki bilvosita birinchi kompaniya Ustav kapitalining 10% dan kam boʻlmagan qismiga egalik qilsa, ushbu kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda toʻlangan soliq dividenddan tashqari olingan foydadan olinadigan daromaddan soliq hisobidan chegiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekistonda ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qachonki, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Singapurda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda Oʻzbekiston ushbu rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan Singapurda toʻlangan daromad soligʻiga teng qiymatni chegirib tashlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday chegirma, har qanday hollarda ham, vaziyatga koʻra Singapurda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga taalluqli chegirma taqdim qilingunga qadar hisoblab chiqiladigan daromaddan olinadigan soliq qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Kamsitmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, jumladan rezidentlikka nisbatan solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq solishga yoki unga aloqador majburiyatlarga duchor qilinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatning xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra noqulay boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddadagi hech bir narsa bir Ahdlashuvchi Davlatni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlariga oʻz rezidentlariga beradigan har qanday shaxsiy soliq imtiyozlari, kamaytirish va chegirmalarni berishga, yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa Ahdlashuvchi Davlat milliy shaxslariga soliqqa tortish maqsadlari uchun ushbu Davlatning milliy soliq qonunchiligiga koʻra ushbu Ahdlashuvchi Davlat rezidenti yoki boshqa shu singari shaxslari hisoblanmaydigan milliy shaxslariga beradigan har qanday shaxsiy soliq imtiyozlari, kamaytirish va chegirmalar berishga majburlovchi shart tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlat korxonalari kapitali boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlsa yoxud bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga birinchi eslatilgan Davlatda duchor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashuvchi Davlat oʻz milliy shaxslariga oʻzining milliy siyosati yoxud mezonlari asosida iqtisodiy yoki ijtimoiy rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida soliq boʻyicha imtiyozlar taqdim etsa, bu holat mazkur modda doirasida kamsitish holati hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu modda qoidalari kelishuv bitimining predmeti boʻlib hisoblanadigan soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Oʻzaro kelishuv taomili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki agarda uning holati ushbu Bitimning 23-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq keladigan soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organ uning eʼtirozini asosli deb topsa, ammo oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Bitimga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishning oldini olish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlaridagi har qanday vaqt cheklashlariga qaramay amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar. Ular ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Bitimda nazarda tutilmagan holatlar yuzasidan ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan ularning oʻzlaridan yoki ularning vakillaridan tashkil etilgan birlashgan komissiya doirasida bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarish yoki maʼmuriy boshqarish yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan ushbu Bitimga zid boʻlmagan darajada undiriladigan har qanday turdagi va koʻrinishdagi soliqlarga taalluqli milliy qonun hujjatlarini qoʻllash uchun oldindan muhim boʻlgan axborotni almashadilar. Axborot almashish 1 va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan 1-bandga muvofiq olingan har qanday axborot shu Davlat ichki qonun hujjatlariga muvofiq olingan axborot qanchalik maxfiy boʻlsa shunchalik maxfiy hisoblanadi va faqat baholash yoki soliqlarni yigʻish yoxud majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish yoki 1-bandda aytib oʻtilgan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan shugʻullanuvchi hamda yuqorida koʻrsatib oʻtilganlarning barchasi ustidan nazorat qiluvchi shaxslar yoki organlarga (shu jumladan sudlar va maʼmuriy organlar) maʼlum qilinadi. Bunday shaxslar yoki organlar bu axborotdan faqat koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda foydalanishlari lozim. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisi vaqtida yoki sud qarorlarida oshkor qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech qanday holatda 1 va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga binoan yoki odatdagi maʼmuriy boshqarish jarayonida olish mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbga oid sirni yoxud savdo jarayonini oshkor qilishi mumkin boʻlgan yoki oshkor qilinishi davlat siyosatiga (ordre public) zid kelishi mumkin boʻlgan axborotni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar axborot bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat soʻralgan axborotni olish uchun, hatto bunday axborot ushbu boshqa Davlatga oʻz soliq maqsadlari uchun talab qilinmasa-da, maʼlumot toʻplash boʻyicha oʻz chora-tadbirlarini koʻrishi lozim. Avvalgi ganda boʻlgan majburiyat 3-bandning qoidalari bilan cheklangan, biroq bunday cheklovlar hech qanday holda Ahdlashuvchi Davlatga faqat undan ichki manfaatdorlikning yoʻqligi sababli axborot taqdim etishdan voz kechishga ruxsat beruvchi sifatida talqin qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 3-bandning qoidasi hech qanday holatda Ahdlashuvchi Davlatga faqat bank, boshqa moliya muassasasi yoki nominal ega yoki agent yoxud ishonchli vakil sifatida qatnashuvchi shaxs maʼlumot egasi boʻlgani sababli yoki axborot shaxsning mulk huquqlariga kirishi sababli axborot taqdim etishdan voz kechishga ruxsat beruvchi sifatida talqin qilinmaydi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumatining 2011-yil 14-iyundagi protokoli tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Diplomatik agentlar va konsullik xizmatchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik agentlar yoki konsullik xizmatchilarining xalqaro huquqning umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq taqdim etilgan soliqqa doir imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun milliy qonunlarga muvofiq talab qilinadigan taomili tugaganligi toʻgʻrisida bir-birini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim shunday oxirgi xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi va quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Singapur Respublikasi holatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan keyin keladigan ikkinchi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan istalgan yil uchun undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi holatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin manbadan undiriladigan, daromaddan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyingi istalgan soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning amal qilishi Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tarafidan toʻxtatilmagunga qadar oʻz kuchida qoladi. Xar bir Ahdlashuvchi Davlat Bitim amalga kiritilgan sanadan boshlab istalgan taqvimiy yilning tugashiga loaqal olti oy qolguniga qadar, diplomatik kanallar orqali Bitim amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan uni toʻxtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatda Bitimning amal qilishi quyidagicha toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Singapur Respublikasi holatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma topshirilgan yildan keyin keladigan ikkinchi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin har qanday yil uchun hisoblangan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi holatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyingi har qanday taqvimiy yil uchun undiriladigan soliqlar, boshqa daromad soliqlariga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Singapur shahrida 2008-yil 24-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)