Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.1996 20.10.1995 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.1996
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MARKAZIY BANK PATENTLARI EGALARI OPERATSIYALARINI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli “Iste’mol tovarlarini import qilish uchun markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iste’mol bozorini yanada to‘ldirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish va milliy valyutaning ichki almashinuvchanligini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1995-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki patentlarini yuridik va jismoniy shaxslarga berish, shuningdek, patent egalariga so‘mlarni vakil qilingan banklar orqali erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ular tomonidan respublikaga keltiriladigan tovarlar turlariga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga import qilish (keltirish) taqiqlangan yoki zarur litsenziyalarsiz yoxud ruxsatnomalarsiz keltirilgan buyumlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari patent egalari sonini keskin ko‘paytirish va ularning respublikaga keltirilgan tovarlarni aholiga sotishdan olingan so‘mlardagi tushumlari o‘z vaqtida almashtirib berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan, import qilinishi respublika valyuta bozorida imtiyozli almashtirish huquqini beruvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar ro‘yxati (2, 3-ro‘yxatlar), Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-martdagi 94-son qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi 135-son qaroriga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bank bir hafta muddatda o‘zining me’yoriy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov, M.Z. Usmonov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
413-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 10-son, 42-modda)