Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.11.1992 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 13.11.1992 yildagi 533-son
Kuchga kirish sanasi
13.11.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI PASPORTINI JORIY ETISh BILAN BOFLIQ ChORA-TADBIRLAR TO‘FRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-dekabrdagi 624-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi 1993-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining shaxsiy kodini ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi aholisi registrini joriy etishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1992-yil 1-dekabrgacha respublika jamg‘armasidan zarur valyuta mablag‘lari ajratilsin va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniyannng “Gezike va Devriyent” firmasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining blankasini tayyorlash va ularni personalizatsiyalash uchun asbob-uskunalar yetkazib berish to‘g‘risida 1992-yil 29-avgustda tuzilgan shartnomalarga muvofiq bo‘nak (avans)lar o‘tkazish va akkreditiv ochish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi 1993-yil 1-yanvarga qadar respublikaga pasportlar va asbob-uskunalar yetkazib berish hamda ularni o‘zlariga qarashli bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlash jadvalini tuzsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining hokimlari 1993-yil 1-yanvargacha vizalar va chet elliklarni ro‘yxatga olish xizmatlari hamda pasport bo‘linmalari uchun tegishli binolar, tasdiqlangan jadvallarga muvofiq ularni keyinchalik taqsimlash uchun kelayotgan asbob-uskunalar va pasportlarni omborlarga joylashtirishga maxsus maydonlar ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida pasport tizimi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jinoyat va ma’muriy qonunchiligiga o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda pasport sistemasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1974-yil 28-avgustdagi 677-son qarori O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
533-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-dekabrdagi 624-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)