25.11.2020 yildagi 746-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligining “Dengizkoʻl”, “Hisor”, “Qandim” va “Oqqul” konlarida xalqaro tajribadan kelib chiqib 2006-yildan boshlab qoʻllanilayotgan uglevodorodlarni qazib olishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimini (keyingi oʻrinlarda — monitoring tizimi) 2021-yil 1-martdan eʼtiboran respublika hududida oʻzlashtirilayotgan boshqa neft va gaz konlarida bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish maqsadida muntazam seysmometrik,geofizik va kosmik geodeziyakompleks kuzatuvlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalarni neft va gaz konlarida seysmiklikning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi kuchli texnogen zilzilalarning ehtimoli va koʻlamini prognozlashtirish, shuningdek,seysmik rejimning oʻzgarishi natijasida alohida xavfli vaziyatlar toʻgʻrisida manfaatdor tashkilotlarga tezkor xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-yanvarga qadarOʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda respublika hududida oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlarida monitoring tizimi tashkil etiladigan konlar roʻyxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) respublika hududida monitoring tizimi joriy etiladigan neft va gaz konlarini oʻzlashtirayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan neft va gaz konlarida monitoring tizimini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shuningdek, tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda taqdim etilishini nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Gʻ.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi bilan kelishgan holda shartnoma asosida monitoring tizimi tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va takomillashtirilishiga amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi doirasida shakllantirilgan idoraviy axborot tizimining funksiyalarini monitoring tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda takomillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Energetika vazirligi ikki oy muddatda respublika hududida joylashgan neft va gaz konlarida monitoring tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda monitoring tizimi tashkil etilgan uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida alohida himoyalangan axborot almashinuvi tarmogʻining belgilangan tartibda tashkil etilishini va uzluksiz ishlashini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimlarini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarni yaratish hamda kelgusida ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlar mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarish boʻyicha tuziladigan tegishli shartnomalar va bitimlarda nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
746-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 746-son qaroriga

ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimini (keyingi oʻrinlarda — monitoring tizimi) joriy etish va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirining monitoringi (keyingi oʻrinlarda — monitoring) muntazam kuzatishlar, axborotni yigʻish, toʻplash va uni qayta ishlashni, geologik muhit seysmotektonik holatini tahlil qilish, neft va gaz konlarini oʻzlashtirish va faoliyatning boshqa turlari taʼsiri ostida yer qaʼrida sodir boʻlayotgan geologik, seysmogeodinamik oʻzgarishlar monitoringini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monitoring atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri — yer qobigʻining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami boʻlmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish mumkin boʻlgan chuqurlikkacha boʻlgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring obyekti — doimiy ravishda kuzatuv ishlari olib boriladigan, unda kechayotgan jarayonlarni, ulardagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash va prognozlash uchun olib boriladigan tabiiy, texnogen obyekt yoki uning bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring maʼlumoti — jarayonlar va hodisalarni muntazam yoki tezkor nazorat qilish va kuzatish natijasida olingan maʼlumot turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmiklik — turli kuchdagi zilzilalarning vaqt va makon boʻyicha kuzatilishi va takrorlanishi boʻlib, zilzilalarning hududiy tarqalishi, intensivligi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmogeodinamik jarayonlar — zilzilalar sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan vaqt va makonda litosfera massalarining chuqurlikdagi va yer yuzasiga yaqin qismida harakatlarini keltirib chiqaradigan jarayonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik stansiya — zilzila, kuchli portlashlar yoki boshqa kuchli tebratuvchi manbalar natijasida hosil boʻlgan seysmik toʻlqinlarning yer yuzasidagi tebranishlarini yozib olish (qayd etish) uchun moʻljallangan asbob-uskunalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik monitoring — seysmik jarayonlarni vaqt va makonda uzluksiz kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik rejim — muayyan hududda (mintaqa) zilzilalarning 5 oʻlchamli (kengligi, uzoqligi, chuqurligi, energiyasi, vaqti) muhit boʻyicha oʻzgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnogen seysmiklik — inson faoliyati taʼsiri natijasida zilzilaning yuzaga kelishi yoki ortib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Neft va gaz konlarida tabiiy va texnogen zilzilalarni monitoring qilish, uglevodorodlar qazib olinishining seysmik rejimga taʼsirini oʻrganish, yer yoriqlari boʻylab regional maydonlarda kuchlanishlarni baholash hamda texnogen omillarning tektonik kuchlanishlarga taʼsirini oʻrganish monitoring tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar monitoring tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish maqsadida muntazam seysmometrik, geofizik va kosmik geodeziya kompleks kuzatuvlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalarni neft va gaz konlarida seysmiklikning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi kuchli texnogen zilzilalarning ehtimoli va koʻlamini prognozlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik rejimning oʻzgarishi natijasida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi va geologik muhitning seysmogeodinamik holati oʻzgarishlarining alohida xavfli vaziyatlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Monitoring tizimini tashkil etish va monitoringni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Monitoring tizimi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Monitoring tizimi maʼlum bir obyektni vaqt oraligʻida kuzatish, maʼlumotlar sifatini tahlil qilish va kuzatuv natijalari bazasini yaratish uchun qurilmalar, dasturlar va usullar majmuasidan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika hududida mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari monitoring obyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Monitoring neft va gaz konlarida oʻzaro hamkorlik asosida aniq ajratilgan obyektlar boʻyicha monitoring maʼlumotlari almashinuvini taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Monitoring Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, mazkur nizom, shuningdek, neft va gaz konlarini oʻzlashtirish shart-sharoitlariga, konlarni ishga tushirish rejalari va yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoringni amalga oshirish metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining qoʻshma qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Monitoring tizimida mahalliy (ishlab chiqarish) darajada seysmologik, geofizik va kosmik geodeziya kuzatuvlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmologik kuzatuvlar oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan hududiy seysmiklikni mintaqaviy hamda kamida 4 ta mahalliy seysmik stansiyalar yordamida muntazam seysmometrik oʻlchovlar asosida oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Kuzatuvlar natijalari boʻyicha hududiy seysmiklik toʻgʻrisida axborotlar jamlanadi, qayta ishlanadi, mahalliy zilzilalar bazasi yaratiladi, texnogen jarayonlarning seysmiklikka taʼsiri baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geofizik kuzatuvlar oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Gʻ.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti (keyingi oʻrinlarda — Seysmologiya instituti) tomonidan geofizik maydonlarning oʻzgarishi dinamikasini maydon boʻyicha joylashtirilgan doimiy va qayta kuzatuv nuqtalarida oʻtkaziladigan oʻlchovlar asosida oʻrganish orqaliamalga oshiriladi. Bunda qayta kuzatuv nuqtalarida maydonlarni oʻlchash sikllari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kuzatuvlar natijalari boʻyicha konlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrganilayotgan parametrlardagi oʻzgarishlar aniqlanadi hamda hududdagi seysmogeodinamik holat baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kosmik geodeziya kuzatuvlari oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan yer qobigʻining zamonaviy vertikal harakatlari oʻzgarishining dinamikasini maydon boʻyicha joylashtirilgan qayta kuzatuv nuqtalarida oʻtkaziladigan oʻlchovlar asosida oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Bunda qayta kuzatuv nuqtalarida maydonlarni oʻlchash sikllari yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi. Kuzatuvlar natijalari boʻyicha hududdagi zamonaviy vertikal harakatlar baholanadi hamda seysmogeodinamik jarayonlardagi konlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliq oʻzgarishlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kuzatuvlar neft va gaz konlarida foydalanish uchun belgilangan tartibda berilgan konturlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Monitoring natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tektonik kuchlanishlarga texnogen omillarning taʼsiri aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz konlarini oʻzlashtirayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar konlardagi seysmogeodinamik holatning oʻzgarishi toʻgʻrisida axborot bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorodlarni qazib olishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsiri baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi kuchli zilzilalarning ehtimoli va koʻlami prognoz qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologik, geofizik va kosmik geodeziya kuzatuvlarining maʼlumotlar bazasi yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Monitoring davomida olingan maʼlumotlar Seysmologiya institutiga, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markaziga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan birlamchi tahlil qilinadi hamda tegishli maʼlumotlar bazalariga umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularga mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan monitoring natijalari tahlili bilan solishtirish uchun zarur neft va gaz konlariga hamda ularning ekspluatatsiyasiga taalluqli maʼlumotlar taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Monitoring maʼlumotlarini kompleks tahlil qilish, tegishli xulosa berish va hisobotlar tayyorlash Seysmologiya instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Monitoring tizimini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Monitoring maʼlumotlarini taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Monitoring davomida olingan axborot, ilmiy tahlil natijalari, xulosava amaliy takliflar belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorod konlari hududlarida seysmogeodinamik jarayonlarning oʻzgarishlari boʻyicha — neft va gaz qazib chiqaruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrida favqulodda vaziyatga olib keluvchi holatlar aniqlanganda — tezkorlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, neft va gaz qazib chiqaruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Monitoring natijalari haqida berilgan axborotda seysmik rejim va seysmogeodinamik vaziyatning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda tegishli uchastkalarda yer qaʼrining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hisobga olish, umumlashtirish, saqlash va belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun xulosalar va tavsiyalar nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olgan jismoniy shaxslar monitoring natijalarining tahlili va ular bilan solishtirish uchun zarur boʻladigan neft va gaz konlarining oʻzlashtirilishi boʻyicha maʼlumotning toʻgʻriligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq masʼuldirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Monitoring maʼlumotlarini taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sirlariga oid maʼlumotlarni umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Monitoring tizimi faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Monitoring tizimining faoliyatini moliyalashtirish tegishli neft va gaz konlari boʻyicha ishlab chiqilgan alohida texnik topshiriq shartlari hamda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib (oʻrnatiladigan seysmik stansiyalar soni, geofizik va kosmik geodeziya kuzatuvlarining oʻlchash sikllarini hisobga olgan holda) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Monitoring tizimini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Neft va gaz konlarini oʻzlashtirishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz konlaridan foydalanishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsirini monitoring qilish tizimining tashkiliy-funksional
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Monitoring obyektlari

Respublika hududida mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan
oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari


Monitoringni olib boruvchi davlat organlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi

Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi


Monitoring turlari

Seysmometrik kuzatuvlar

Geofizik kuzatuvlar

Kosmik geodeziya kuzatuvlari


Monitoringni amalga oshirish

Kuzatuvlar oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida hududiy seysmiklikni mintaqaviy hamda kamida 4 ta mahalliy seysmik stansiyalar yordamida muntazam seysmometrik oʻlchovlar asosida oʻrganish orqali amalga oshiriladi

Kuzatuvlar oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida geofizik maydonlarning oʻzgarishi dinamikasini maydon boʻyicha joylashtirilgan doimiy va qayta kuzatuv nuqtalarida oʻtkaziladigan oʻlchovlar asosida oʻrganish orqali amalga oshiriladi

Kuzatuvlar oʻzlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida yer qobigʻining zamonaviy vertikal harakatlari oʻzgarishining dinamikasini maydon boʻyicha joylashtirilgan qayta kuzatuv nuqtalarida oʻtkaziladigan oʻlchovlar asosida oʻrganish orqali
amalga oshiriladi


Monitoring natijalari

1. Tektonik kuchlanishlarga texnogen omillarning taʼsiri aniqlanadi.

2. Neft va gaz konlarini oʻzlashtirayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar konlardagi seysmogeodinamik holatning oʻzgarishi toʻgʻrisida axborot bilan taʼminlanadi.

3. Uglevodorodlarni qazib olishning seysmogeodinamik jarayonlarga taʼsiri baholanadi.

4. Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi kuchli zilzilalarning ehtimoli va koʻlami prognoz qilinadi.

5. Seysmologik, geofizik va kosmik geodeziya kuzatuvlarining maʼlumotlar bazasi yaratiladi.


Monitoring maʼlumotlarini kompleks tahlil qilish

Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti


Monitoring maʼlumotlarini taqdim etish

Uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarayotgan
mahalliy va xorijiy kompaniyalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
mahalliy davlat hokimiyati organlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2020-y., 09/20/746/1560-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)