Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2001 12.09.1995 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOLIYA-SANOAT GURUHLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya va sanoat kapitalini birlashtirish, iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiyotning turli sektorlarida ishlab chiqarishni integratsiyalash, shuningdek, korxonalarni boshqarishning zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi moliya-sanoat guruhlarini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda, monopoliyaga qarshi talablarni hisobga olgan holda, takliflar (loyihalar) ni ko‘rib chiqish va moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 12-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliya-sanoat guruhi o‘z qatnashchilarining moddiy va moliya resurslarini qo‘shish yo‘li bilan kapitallarni birlashtirish asosida foyda (daromad) olish, ishlab chiqarishning raqobat qilish qobiliyatini va samaradorligini oshirish, maqbul texnologiya va kooperatsiya aloqalarini tashkil etish, eksport imkoniyatlarini ko‘paytirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb qilish maqsadida faoliyat yurituvchi kredit-moliya muassasalari, investitsiya muassasalari, korxonalar, boshqa muassasalar va tashkilotlarning xo‘jalik uyushmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar, shuningdek, kredit-moliya va boshqa muassasalar, investitsiya muassasalari, tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy muassasalar, investitsiya muassasalari va tashkilotlari moliya-sanoat guruhi qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari moliya-sanoat guruhlari qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. Bunda moliya-sanoat guruhi ustav fondidagi tijorat banklarining mol-mulki ulushi shu fondning 10 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Moliya-sanoat guruhi qatnashchilari bo‘lgan banklar soni cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari moliya-sanoat guruhi qatnashchilari bo‘lishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya-sanoat guruhi qatnashchilari yuridik shaxs maqomini saqlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya-sanoat guruhlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriylik tartibida yoki guruhning bir qatnashchisi tomonidan o‘zi sotib oladigan boshqa qatnashchilar aksiyalari paketlarini birlashtirish yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumatlararo bitimlar asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya-sanoat guruhlarini ixtiyoriylik tartibida yoki aksiyalar paketlarini birlashtirish asosida tashkil etish quyidagi yo‘sinda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh qatnashchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatini, shuningdek, xoldingni ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh qatnashchilari tomonidan guruh tarkibiga kiruvchi korxonalar va moliya-kredit muassasalarining o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlarini guruh qatnashchilaridan biriga vakolatli boshqarishga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh qatnashchilaridan biri tomonidan boshqa korxonalar, shuningdek, guruh qatnashchisi bo‘layotgan muassasa va tashkilotlar aksiyalari paketlarini sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlari, davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlarini vakolatli boshqarishga berilishi yoki ularning sotib olinishi mazkur bandga muvofiq moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishga olib kelganda ularning miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Guruh qatnashchilarining tarkibi faqat davlat korxonalari, shuningdek, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlardan shakllantirilayotgan hollarda moliya-sanoat guruhlari Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hukumatlararo bitimlar asosida tashkil etilayotgan moliya-sanoat guruhlarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bo‘lgan qatnashchilari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitalida davlat mulki ulushi, shuningdek, jamoatchilik birlashmalari, xayriya yoki boshqa jamoatchilik fondlari va ular korxonalarining mulki 25 foizdan ortiq bo‘lgan korxonaga aksiyalarning sotib olinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-sanoat guruhi qatnashchilari tomonidan davlat mulki ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan kapitalning ixtiyoriy tartibda birlashtirilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital tarkibidagi moddiy aktivlari 50 foizdan kam bo‘lgan xo‘jalik uyushmalari, shuningdek, xoldinglarning moliya-sanoat guruhida qatnashishlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-sanoat guruhi qatnashchilari tomonidan aksiyalarga ikki yoqlama egalik qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruhga kiruvchi kredit-moliya muassasasiga yoki investitsiya muassasasiga moliya-sanoat guruhining har qanday qatnashchisi bo‘lgan korxonaning 10 foizdan ortiq aksiyalariga egalik qilishiga, shuningdek, shu guruhga kiruvchi korxonalar aksiyalariga ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar aktivlarining 10 foizidan ortig‘i qo‘shilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi kurash organi bilan oldindan kelishmasdan:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-sanoat guruhi qatnashchilari tarkibiga monopol korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan korxonalarning kirishlariga;
(10-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 105-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 105-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-sanoat guruhi tomonidan boshqa moliya-sanoat guruhi qatnashchilari bo‘lgan korxonalar aksiyalarining sotib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra ishlab chiqarilayotgan yoki markazlashtirilgan tartibda eksport qilinayotgan mahsulot ulushi korxona tomonidan oldingi yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning 30 foizidan ortiq bo‘lganda korxona moliya-sanoat guruhi qatnashchisi bo‘lishi uchun “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining roziligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat mulki ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari, shirkat (jamoa) korxonalari, shuningdek, davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilot va muassasalar moliya-sanoat guruhlari qatnashchilari uchun davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ roziligi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliya-sanoat guruhi qatnashchilari yoki ularning vakili ularni moliya-sanoat guruhi sifatida ro‘yxatga olish uchun Adliya vazirligiga buyurtmanoma beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanomalar Adliya vazirligi tomonidan bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya-sanoat guruhining maqomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya-sanoat guruhlari reyestriga tegishli yozuv yozish bilan Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona, muassasa, tashkilot nomida “moliya-sanoat guruhi” so‘z birikmasidan foydalanishga shu guruh maqomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya-sanoat guruhlari reyestrida tegishli yozuv bilan tasdiqlangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 9-son, 32-modda)