15.02.2012 yildagi PQ-1707-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Andijon shahri kanalizatsiya tizimini qurish va rekonstruksiya qilish. Jizzax va Xorazm viloyatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax va Xorazm viloyatlari aholisi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yanada oshirish hamda Andijon shahrida sanitariya sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 29-sentabrda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasining suv taʼminoti va sanitariya loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy summasi 300 mln AQSH dollari miqdoridagi koʻp transhli moliyalashtirish dasturini va 2011-yil 7-dekabrda “Andijon shahrining kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish. Jizzax va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 14,5 mln. AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 11,45 mln. AQSH dollarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2012 — 2016-yillar) etib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimliklari koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish, Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya davrida (2012 — 2016-yillar) qarz boʻyicha foizlarni toʻlash Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya davridan keyin (2016-yilning II yarim yilligidan boshlab) loyiha doirasida qarzni qaytarish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Andijon, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakolat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori Osiyo taraqqiyot banki bilan loyiha bitimini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan subqarz bitimlarini imzolasin;.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon shahrining kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish. Jizzax va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi 1-ilovaga*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon shahrining kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish” subloyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax viloyatining Zafarobod va Arnasoy tumanlari tuman markazlari va qishloq aholi punktlaridagi “Qoʻytosh” suv olish inshootlari, SIU va tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” subloyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 3-ilovaga*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorazm viloyatida aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” subloyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” subloyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon shahrining kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish. Jizzax va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi 6-ilovaga*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boʻyicha tender hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmolchilarini, berilayotgan va sotilayotgan suv hajmlarini doimiy ravishda xatlovdan oʻtkazishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmolchilariga hisob-kitoblarni hisoblash va taqdim etishning avtomatlashtirilgan billing tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish, suv taʼminoti tashkilotlarining loyiha parametrlari va moliyaviy barqaror ishlash indikatorlarini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subqarz bitimlari shartlariga muvofiq Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur mablagʻlarning loyiha mintaqalari suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida jamlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi huzuridagi Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhiga loyihani boshqarish funksiyalarini yuklasin, shtat jadvalini va har yilgi moliyalashtirish smetalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan albatta kelishib olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish boʻyicha tender komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishning borishini muntazam ravishda koʻrib chiqish va, zarurat boʻlganda, uning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2013-yildan boshlab har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2016-yildan boshlab kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda respublika budjeti parametrlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari suv taʼminoti tashkilotlarining ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha foizlarni toʻlash, asosiy qarzni qaytarish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan transport vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlarning amal qilishi ushbu loyihani amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ga tatbiq etilsin..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1707-son