12.11.2020 yildagi PQ-4890-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori asosida chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)

T/r

Tadbirlar nomlari

Amalga oshirish
mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul
ijrochilar

1.

Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbar va mas’ul xodimlariga Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasini joriy qilish bilan bog‘liq islohotlar (tibbiy yordam ko‘rsatish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlari va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumot berish.

Davlat boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar rahbar va mas’ul xodimlari uchun seminar va uchrashuvlar tashkil etish.

2021-yil 1-yanvar

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2.

Sirdaryo viloyatidagi davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazish.

1. Idoralararo ishchi guruhlarini tashkil etish.

2. Tibbiyot tashkilotlaridagi mavjud tibbiy texnika hamda jihozlarni xatlovdan o‘tkazish va takliflar tayyorlash.

3. Tibbiyot tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish va takliflar tayyorlash.

4. Har bir davlat tibbiyot muassasasining unga biriktirilgan aholi soni va tasnifi ko‘rsatilgan pasportini tuzish.

2021-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sirdaryo viloyati hokimiyati,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

3.

Tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishining yangi modelini ishlab chiqish.

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat bo‘lgan terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doya tarkibidagi guruhlar tashkil qilish.

2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘p mutaxassisli jamoalarni (reabiletolog, kineziolog, valeolog va boshqalar) shakllantirish.

3. Aholini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ularda faoliyat yuritadigan shifokorlarga biriktirish.

4. Bemor marshruti va tibbiy yordam ko‘rsatish darajalarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

5. Sirdaryo viloyatidagi barcha davlat tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishining modeli va tavsiyaviy shtat jadvalini joriy etish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

4.

Sirdaryo viloyatidagi davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini baholash bo‘yicha kompleks o‘rganish loyihasini KfW banki va JSST ko‘magida amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun konsalting tashkilotini yollash.

2. Baholash vositalari va uslubiyotini aniqlash.

3. O‘rganish va tadqiqotlarni amalga oshirish.

4. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va yakuniy hisobotni tayyorlash.

2021-yil 1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida),

Sirdaryo viloyati hokimligi

5.

Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish usullari va tartibini ishlab chiqish.

1. Tajriba-sinov loyihasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishining yangi modelini inobatga olgan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini shakllantirish.

2. Kafolatlangan paketga kiritilgan xizmatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish (jon boshiga moliyalashtirish, klinik xarajatlar guruhlari uchun to‘lovlarning soddalashtirilgan modeli, faoliyat natijasiga asoslangan to‘lov usuli, xizmat uchun to‘lov, global budjetva boshqalar).

2021-yil 1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

6.

Sirdaryo viloyati miqyosida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi g‘azna hisobvarag‘ida jamlash tartibini ishlab chiqish.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga Davlat budjetidan mablag‘larni ajratish tartibini ishlab chiqish va jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

7.

Mavjud tibbiy xizmatlar xarajatlari tahlilini o‘tkazish va davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar hisob-kitobini (costing) xalqaro tashkilotlar ko‘magida va xalqaro uslubiyotga asoslangan holda amalga oshirish.

1. Yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar hisob-kitobini amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqish.

2. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi doirasida yangi xizmatlar paketlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar hisob-kitobini amalga oshirish.

2021-yil 1-aprel

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

8.

Davlat tibbiy sug‘urtasini joriy qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

1. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy qilishga doir teledasturlar tayyorlash.

2. Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish bo‘yicha targ‘ibot materiallarini yaratish.

3. Tibbiyot xodimlari va soha mutaxassislari uchun davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish bo‘yicha seminarlar tashkil etish.

2021-yil 1-may

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

9.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish.

1. Rejali o‘qitish (seminarlar, masofaviy o‘quv kurslari)ni amalga oshirish.

2. Yo‘naltiruvchi seminarlar o‘tkazish.

3. Xorijiy o‘quv safarlarini tashkillashtirish.

4. Tajriba almashish bo‘yicha xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.

2020-yil 1-dekabr —

2021-yil 1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
(kelishuv asosida)

10.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida shartnoma tuzish tartibini ishlab chiqish.

1. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish va bajarish prinsiplari, qoidalari va tartiblarini ishlab chiqish.

2. Jamg‘arma va Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish.

3. Tibbiy xizmatlar strategik xaridlari mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari bo‘yicha dorixonalarni sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish.

1. Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalarini maksimal qoplash narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqish.

2. Dorixonalarning alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlarini qoplash mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

12.

Davlat tibbiy sug‘urtasining axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish.

1. Davlat tibbiy sug‘urtasining axborot tizimi texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot tizimni yaratish.

2. Davlat tibbiy sug‘urtasi ma’lumotlar bazasining texnik talablarini aniqlash va ular asosida ma’lumotlar bazasini yaratish.

3. Davlat tibbiy sug‘urtasining boshqa axborot resurslarini texnik talablarini aniqlash va ular asosida axborot resurslarni yaratish.

2021-yil 1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

13.

Ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning turi va hajmiga qarab tibbiyot tashkilotlarini monitoring qilish va baholash tizimi ko‘rsatkichlarini hamda faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan hamda boshqa xalqaro tan olingan tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash tizimi ko‘rsatkichlarini o‘rganish, moslashtirish va ishlab chiqish.

2. Tibbiyot tashkilotlarining monitoring va baholash natijalari asosida ularning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

14.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish jarayonida funksional majburiyatlarni taqsimlash orqali sifatni ta’minlash va nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiy audit o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Klinik protokollar, ko‘rsatmalar va standartlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

3. Ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish.

2021-yil 1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

15.

Tibbiyot muassasalari xodimlarining malakaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

1. Moliyaviy va klinik boshqaruv, tibbiy xizmatlar strategik xaridlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha rahbar va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Mavjud xalqaro va mahalliy ta’lim dasturlari, klinik standartlar va protokollar tahlilini amalga oshirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga o‘rgatish.

3. Qisqa va uzoq muddatli klinik o‘quv dasturlari va tibbiy ma’lumotlarni kodlash bo‘yicha o‘quv kurslarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

16.

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnomalar tuzish.

1. Jamg‘arma va tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnomalarni imzolash.

2. Jamg‘arma bilan tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnoma tuzgan tibbiyot tashkilotlari elektron ro‘yxatini yaratish.

2021-yil 1-iyul

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

17.

Tajriba-sinov loyihasi natijalarini baholash.

1. Loyiha natijalarini baholash bo‘yicha mustaqil tadqiqot o‘tkazish uchun tanlov asosida xalqaro tashkilotlarni jalb qilish.

2. Loyiha natijalarini baholash bo‘yicha mustaqil tadqiqot natijalarini chop etish.

2022-yil 1-sentabr

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

18.

Tajriba-sinov loyihasi natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlariga joriy qilish.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2023-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida joriy qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-dekabr

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi PQ-103-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 07/22/103/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Respublika darajasida

Viloyat darajasida

Tuman (shahar) darajasida

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Amaldagi umumiy amaliyot shifokori va xamshiralar o‘rniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj xamshiralari va doyadan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish, ularning malaka talablari hamda funksional vazifalarini ishlab chiqish.

mas’ul: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar ro‘yxatini tasdiqlash.

mas’ul: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevral

1. “Tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish uchun kadrlar nomzodini saralab olish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha ularni qayta o‘qitish.

mas’ul: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini samarali tashkil qilish, maqsadli patronaj va skrining tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha ularni qayta o‘qitishga ko‘maklashish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (G‘. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni doimiy nazorat qilish va tibbiyot xodimlarini malakasini tizimli ravishda oshirib borilishini ta’minlash.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-iyundan boshlab

3. “Tibbiyot brigadalari”ni to‘liq shakllantirib faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (G‘. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-iyul

2.

Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini joriy etish.

1. Kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini aniqlash.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-fevral

1. Viloyat darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar to‘liq hajmda ko‘rsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan ta’minlanishini tashkil etish.

mas’ul: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

Tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar to‘liq hajmda ko‘rsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan ta’minlanishini tashkil etish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

2. Tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni o‘z vaqtida moliyalashtirish.

mas’ullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

2. Viloyat va tuman darajasidagi muassasalarda bemorlarga kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar to‘liq hajmda ko‘rsatilishini va ularning zarur dori vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qilish.

mas’ul: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-fevraldan boshlab

3.

Aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini shakllantirish, monitoring qilish hamda dori vositalari uchun retsept yozish yagona elektron platfo�masini yaratish.

1. Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, bunda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov, Sh. Sharaxmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Moliya vazirligi (J. Abruyev)

muddat: 2021-yil 1-iyun

1. Tibbiyot muassasalarini optik-tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlash.

mas’ullar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimi (G‘. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish hamda ma’lumotlar bazasi vaqtida va to‘liq shakllantirib borilishini ta’minlash.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan

2. “Elektron poliklinika” va davlat tibbiy sug‘urtasi axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasini joriy qilish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

muddat: 2021-yil 1-iyul

2. Viloyat tibbiyot muassasalarini joriy etilayotgan axborot tizimlariga ulanishi va ulardan doimiy foydalanishini ta’minlash.

mas’ul: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: axborot tizimlari joriy etilishi bilan

3. “Elektron retsept” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

muddat: 2022-yil 1-yanvar

3. Hududdagi tibbiyot xodimlari uchun joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (G‘. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

mudda?: 2021-yil 1-iyun

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj xizmatlarining yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, jumladan:

aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatuvga olish;

muayyan kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrining tekshiruvlar o‘tkazish;

maqsadli patronaj tizimini joriy qilish.

1. Hududlarning o‘ziga xos xususiyati, kasallik turlari, fuqarolarning yoshi, kasallanish darajasi va boshqa omillardan kelib chiqib xavf guruhlarini aniqlash mezonlarni belgilash.

mas’ul: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

1. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi bo‘yicha tibbiyot xodimlarini o‘qitishga ko‘maklashish.

mas’ul: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvardan boshlab

1. Aholini xavf guruhlariga ajratish, ularning salomatligini davriy kuzatib borish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy

2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan kasallik turlari va fuqarolar kontingentini shakllantirish hamda ularni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

mas’ul: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. Aholini xavf guruhlariga ajratilishini, ularning salomatligini davriy kuzatib borilishini, shuningdek, maqsadli skrining va maqsadli patronaj ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini nazorat qilish.

mas’ul: Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: doimiy

2. Maqsadli skrining va maqsadli patronaj bilan qamrab olinadigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish va ularni ushbu ko‘riklardan muntazam o‘tkazib borish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: doimiy

3. Joriy qilinayotgan yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini tibbiyot xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

mas’ul: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

5.

Viloyat tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi asosida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish.

1. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik ta’minotini tahlil qilib, zarur bo‘lgan tibbiy texnika, tibbiyot buyumlari va boshqa moddiy boyliklar ro‘yxatini shakllantirish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, shu jumladan ta’mir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni ta’mirlash (yangilash) bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (G‘. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalarining jihozlanganlik darajasini tahlil qilish, shu jumladan ta’mir talab tibbiy texnikalarni aniqlash, ularni ta’mirlash (yangilash) bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga kiritish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. Tibbiyot muassasalarida aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur moddiy texnik bazani yaratish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 2021-yil 1-may

6.

Viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganib, ular negizida “tibbiyot klasteri”ni tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiyot muassasalari faoliyati, moddiy-texnik bazasi va joylashuvini tahlil qilib, “tibbiyot klasteri” tashkil etish to‘g‘risida taklif tayyorlash.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

Tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganib, samarasiz faoliyat yuritayotgan bo‘g‘inlarni aniqlash, qayta moslashtirish zarur bo‘lgan, shuningdek boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish mumkin bo‘lgan muassasalar bo‘yicha takliflar shakllantirish.

mas’ullar: Sirdaryo viloyati hokimligi (G‘. Mirzayev), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (R. Yuldashev)

muddat: 2021-yil 1-yanvar

2. “Tibbiyot klasteri”ni tashkil etish konsepsiyasi va dastlabki loyihasini ishlab chiqish.

mas’ullar: Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Qurilish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

muddat: 2021-yil 1-fevral