Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.05.1995 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MATLUBOT KOOPERATSIYASI TIZIMIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI AMALGA OShIRIShDAGI JIDDIY KAMChILIKLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya tomonidan Respublika matlubot kooperatsiyasida iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish o‘tkazilayotgan tadbirlarda jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjudligidan dalolat beradi. Joylarda ayrim rahbarlar islohotlarni o‘tkazishga, monopol tuzilmalarni tarqatishga to‘sqinlik qilmoqdalar, boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini saqlab qolishga urinmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekbirlashuvning markaziy apparatida, uning viloyat va tuman bo‘linmalarida amalga oshirilgan qayta o‘zgartirishlar ko‘p hollarda rasmiyatchilik bo‘lib qolmoqda, talab darajasidagi bozor infrastrukturasi va raqobat muhiti yaratilmagan, boqimandalik kayfiyati tugatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar negizida tashkil etilgan xo‘jalik hisobidagi uyushmalar ilgari shakllanib qolgan sxemalar bo‘yicha ishlamoqdalar, ichki bozorni sifatli tovarlar bilan to‘ldirishga yordam bermayaptilar, buning oqibatida shahar va qishloq aholisini tovar bilan ta’minlashdagi tafovutlar ortib bormoqda, do‘konlarda ko‘pincha hatto kundalik ehtiyoj tovarlari ham yo‘q.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tumanlarida ilgari mavjud bo‘lgan matlubot jamiyatlari negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlari samarasiz ishlamoqda, mahalliy xomashyo, tovarlar va xizmatlar oborotga jalb qilinmayapti. Aholi va matlubot kooperatsiyasi tizimi xodimlarining pul mablag‘larini Kredit berish jamg‘armasiga jalb qilishga oid ishlar sust olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir vaqtda, ayrim savdo xodimlari shaxsiy boylik orttirish maqsadida jinoyatchi unsurlar bilan til biriktirmoqdalar va valyutaga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishga ko‘maklashmoqdalar. Shu yilning faqat 4 oyida bir necha million so‘mlik non-bulka mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, guruch, go‘sht mahsulotlari, choy, qand-shakar, un va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘ayriqonuniy ravishda olib ketishga 2 ming martadan ortiq urinishlarning oldi olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va O‘zbekbirlashuv tizimida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Idoralararo komissiyaning respublika matlubot kooperatsiyasi tizimida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning borishini o‘rganishga oid xulosalari va takliflariga rozilik bildirilsin. O‘zbekbirlashuv markaziy apparatining rahbariyati tarkibini mustahkamlash zarur hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekbirlashuv boshqaruvining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv markaziy apparatining, shuningdek, aksionerlik matlubot jamiyatlarining viloyat uyushmalari apparatlari xodimlari sonini o‘rtacha ikki baravar qisqartirish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman matlubot jamiyatlarini tugatish va ularning negizida ulgurji-chakana savdo birlashmalari va firmalari tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi Farmonini va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini bajarish, shuningdek, idoralararo komissiya aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalarning ko‘pchiligini 1995-yil davomida ixtiyoriy ravishda mustaqil yuridik shaxslarga aylantirishni hisobga olgan holda ularni maydalashtirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda respublikaning uzoq joylaridagi korxonalarni qayta o‘zgartirish shakllari va mexanizmini belgilasin, bunda ushbu tumanlar aholisini barcha zarur tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi mulkdorlar va fermer xo‘jaliklarini zarur tovar resurslari bilan ta’minlash uchun doimiy ishlovchi ulgurji bozor tarmog‘ini kengaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Savdo korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida O‘zbekbirlashuv boshqaruvining savdo xodimlari va fuqarolarning savdo korxonalarining Kredit berish jamg‘armasiga qo‘shadigan ixtiyoriy badallari miqdorini 1995-yil 1-iyulgacha 500 mln. so‘mgacha yetkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi, Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari matlubot jamiyatlari tuzilmasi hamda mulkchilik shakllari o‘zgarishi munosabati bilan korxonalar bilan ilgari tuzilgan uch tomonlama shartnomalarni qayta ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor shartnoma shartlarini bajarmagan hollar aniqlangan taqdirda shartnomalarni belgilangan tartibda bekor qilsinlar va ushbu korxonalarni kimoshdi savdosiga qo‘ysinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va tegishli hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda rahbar xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining xalq iste’mol tovarlari, savdo va pulli xizmat ko‘rsatish kompleksi (Usmonov) iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda O‘zbekbirlashuv boshqaruviga doimiy ravishda ko‘maklashsin hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183-son