1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq aholiga oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021-yil 1-fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab esa — butun respublika hududida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatining oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
704-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament tugʻilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma olish, tugʻilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qoʻyish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish hamda bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish boʻyicha kompleks davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tibbiyot muassasasi (tugʻruqxona, shifoxona tugʻruq boʻlimi, oilaviy poliklinika) bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi barcha maʼlumotlarni elektron tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — FHDY boʻlimi) “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) FHDY boʻlimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi yoki dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir toʻlov oyi boshida oʻtgan oyda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Xalq banki tomonidan toʻlangandan, shu jumladan arizachining bank plastik kartasiga yoʻllangandan soʻng, toʻlov amalga oshirilganligi haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
(2-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tibbiyot muassasalari ona roʻyxatda turgan poliklinikaga (roʻyxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga roʻyxatga qoʻyilgan poliklinika haqida SMS xabar yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi soʻrovnomada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolani navbatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) Xalq banki ariza beruvchining xohishiga koʻra uning bank plastik kartasiga bir martalik nafaqa summasini yoʻnaltiradi yoki farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlovini Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi.
(2-band “yo” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
(2-band “yo” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglament talablari quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaning tugʻilishi ularning birgalikdagi arizasi (otalikni belgilash) asosida tugʻilishini qayd etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohda boʻlmagan onaning (yolgʻiz ona) arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlik tugʻilgan bolaning tugʻilganligini, hayotining birinchi haftasida oʻlgan (perinatal oʻlim) bolalarning tugʻilganligini, shuningdek egizaklardan biri oʻlik tugʻilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal oʻlim) vafot etganda tirik egizakning tugʻilganligini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. FXDYo organi, tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari, Pensiya jamgʻarmasi, Xalq banki va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatishda bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish hamda tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilganligi uchun mazkur Reglamentning 11-bandida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi, boshqa davlat xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bola tugʻilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tugʻilganidan soʻng 1 ish kuni ichida bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi haqidagi maʼlumotlarni “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, bolaning ota-onasiga tegishli maʼlumotlar ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va ularning nikohi haqidagi maʼlumotlar nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmaganda bolaning tugʻilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola tugʻilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki otasining oʻlimi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota yoki onaning xohishiga koʻra tibbiyot muassasasi xodimi “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga ushbu reglamentning 10-bandida koʻrsatilgan kompleks xizmatlardan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-ona oʻz xohishiga koʻra ushbu kompleks xizmatlarning barchasidan bir vaqtda yoki ayrimlaridan foydalanishi mumkin, bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar avtomatik ravishda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi va “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot almashinuv tizimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan blankada maʼlumotnoma shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY boʻlimi tomonidan tugʻilganlik holatini qayd etish rad etilganda, tibbiyot muassasasi xodimi 3 ish soati davomida kamchiliklarni bartaraf etib, soʻrovnomani qayta yuboradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. FHDY boʻlimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 ish kuni davomida bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda ushbu reglamentning 10-bandida koʻrsatilgan davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni taʼminlash uchun bola haqidagi maʼlumotlarni vakolatli organlarning axborot tizimlariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tizim orqali kelgan maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etadi hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod qoʻyilgan xabarnomani yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma qayta kelib tushgandan soʻng, 1 ish soati mobaynida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilganlikni qayd etish qonunchilikka zid boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan maʼlumotlar ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmasa;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilganlikni qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli boʻlmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. FHDY boʻlimidan axborot tizimlari orqali maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha 1 ish kuni ichida roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi. Bolani otasi yoki onasi doimiy roʻyxatda turmagan taqdirda bolani roʻyxatga qoʻyish Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori hamda “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi avtomatik ravishda bolani soʻrovnomada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyadi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi boʻyicha SMS xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Xalq banki filialining hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolaning otasi yoki onasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda, bola tugʻilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Xalq banki filiali bir martalik nafaqa toʻlovini olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqa toʻlovini amalga oshiradi. Bunda, toʻlov amalga oshirilganligi haqida maʼlumot ariza beruvchiga SMS xabar orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir martalik nafaqani olish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqi boʻlmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, nafaqani olish uchun bola tugʻilgandan boshlab 6 oydan keyin murojaat qilsa, ushbu nafaqa avval ota yoki onasining biriga toʻlab berilgan boʻlsa bir martalik nafaqani toʻlash rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Sogʻliqni saqlash vazirligining “Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi ona roʻyxatda turgan poliklinikaga (roʻyxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani roʻyxatga qoʻyadi va ariza beruvchiga roʻyxatga qoʻyilganligi haqidagi xabarni SMS orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bir martalik nafaqa miqdoridan bolani doimiy roʻyxatga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji chegirib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi har oyning 5 sanasiga qadar FHDY boʻlimining elektron maʼlumotlari asosida hududda tugʻilganlik holati qayd etilgan bolalar soniga muvofiq, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari tuzilgan solishtirma dalolatnomalarga asosan respublika budjeti hisobidan doimiy roʻyxatga qoʻyganlik uchun mablagʻlarni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat boji summasi “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 320-son qarorida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni tibbiyot muassasasi orqali FHDY boʻlimida qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tibbiyot muassasasi xodimi
1. Bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” axborot tizimiga kiritish hamda ushbu tizim orqali FHDY boʻlimiga yuborish;
Bola tugʻilganidan soʻng 1 kun mobaynida
2. FHDY boʻlimi tomonidan tugʻilganlik holatini qayd etish rad etilganda, kamchiliklarni bartaraf etib, soʻrovnomani qayta yuborish
Xabarnoma kelgandan soʻng 1 ish soati davomida
2-bosqich
FHDY boʻlimi
1. Bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuborish
Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida
2. Elektron tizim orqali kelgan maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etish hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan QR-kod qoʻyilgan xabarnomani yuborish
Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng 1 ish soati mobaynida
3. Soʻrovnoma qayta kelib tushgandan soʻng, tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuborish
4. Bolaga oid maʼlumotlarni kompleks tartibda boshqa xizmatlarni koʻrsatish uchun Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimlariga yuborish
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Tibbiyot muassasasi xodimi
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga chop etib berish
Maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng darhol
4-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlim
Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot almashinuvi tizimi orqali bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish va natijasi boʻyicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish
1 ish kuni ichida
5-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimida soʻrovda koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish va natijasi boʻyicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish
Avtomatik ravishda
6-bosqich
Sogʻliqni saqlash vazirligi
“Elektron poliklinika” axborot almashinuvi tizimi orqali ona roʻyxatda turgan poliklinikaga (roʻyxatda turmagan taqdirda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan yashash manzilidagi poliklinikaga) bolani roʻyxatga qoʻyish va roʻyxatga qoʻyilganligi haqida ota yoki onaga SMS xabar yuborish
1 ish kuni ichida
7-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi
1. Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish va natijasi boʻyicha ota yoki onaga SMS xabar yuborish.
Avtomatik ravishda
2. Har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Xalq banki filialining hisobvaragʻiga moliyalashtirish.
Har oyning 5 sanasiga qadar
3. FHDY boʻlimining elektron maʼlumotlariga asosan hududda tugʻilganlik holati qayd qilingan bolalar soniga muvofiq doimiy roʻyxatga qoʻyganlik uchun mablagʻlarni belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobvaragʻiga moliyalashtirish
Joriy oydan keyingi oyning 5 sanasiga qadar
8-bosqich
Xalq banki
Bir martalik nafaqa toʻlovini olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining nafaqaga boʻlgan huquqini Pensiya jamgʻarmasiga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlash hamda nafaqa toʻlovini amalga oshirish, toʻlov amalga oshirilganligi haqida maʼlumotni ota yoki onaga SMS xabar orqali yuborish.
Murojaat qilgan vaqtda
9-bosqich
FHDY boʻlimi
Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib berish
Murojaat qilgan vaqtda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
______________________
(sana)
_____________________
(raqam)
Tugʻilganlikni tibbiyot muassasasi orqali FHDY boʻlimida qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Bola haqidagi maʼlumotlar
(maʼlumotlar toʻliq yozilishi shart):
1. Bolaga beriladigan F.I.O.:
1.1. Bolaning tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotlari:
II. Ota-ona haqidagi maʼlumotlar
(maʼlumotlar toʻliq yozilishi shart):
1. Onaning F.I.O.:
1.1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):
2. Otaning F.I.O.:
2.1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):
3. Ota-onaning nikoh tuzilganligi haqidagi maʼlumotlari:
III. Tibbiy poliklinikaga hisobga qoʻyish (xohishiga koʻra)
1. Tibbiy poliklinikaga hisobga qoʻyish:
ha
yoʻq
2. Hisobga qoʻyiladigan tibbiy poliklinika manzili va soni:
IV. B�r martalik nafaqani olish (xohishiga koʻra)
1. Bir martalik nafaqani olish:
ha
yoʻq
2. Naqd koʻrinishda (1) yoki bank plastik kartasi (2) orqali olish:
1
2
3. Bank plastik kartasi tanlanganda, arizachining JShShIR orqali unga tegishli karta raqami:
V. Bolani roʻyxatga qoʻyish
1. Manzil:
Otasi
Onasi
Boshqa
VI. Bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish (xohishiga koʻra)
1. Tashkilot nomi va manzili:
1.
2.
3.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
№______
1. Bolaning F.I.O.
2. Tugʻilgan sanasi va joyi:
3. Dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sana va raqami:
3. Bolaning JShShIRi:
4. Otasining F.I.O.
5. Millati:
6. Fuqaroligi:
7. Onasining F.I.O.
8. Millati:
9. Fuqaroligi:
10. FHDY boʻlimi:
11. Maʼlumotnoma berilgan sana:
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son — 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahri uchun 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududi uchun kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/704/1494-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)