Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2025 09.11.2020 yildagi 700-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 4-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi bojxona yigʻimlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qatʼiy belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim turdagi bojxona yigʻimlarini bekor qilish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi stavkalarini pasaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, kelib tushgan bojxona yigʻimlari summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan miqdordagi ajratmalar Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari fondiga va Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Davlat bojxona qoʻmitasining tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibini belgilovchi qarorini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
700-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona yigʻimlari stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bojxona yigʻimi turi

Yigʻim stavkalari

1.

Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*:

a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida (“eksport”, “reeksport”, “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash”, “tranzit”, “yoʻq qilish”, “vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish” va mazkur bandning “g” hamda “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan tovarlardan tashqari):

10 000 AQSH dollarigacha

BHMning 1 baravari**

10 000 dan 20 000 AQSH dollarigacha

BHMning 1,5 baravari

20 000,00 dan 40 000 AQSH dollarigacha

BHMning 2,5 baravari

40 000,00 dan 60 000 AQSH dollarigacha

BHMning 4 baravari

60 000,00 dan 100 000 AQSH dollarigacha

BHMning 8 baravari

100 000,00 dan 200 000 AQSH dollarigacha

BHMning 15 baravari

200 000,00 dan 500 000 AQSH dollarigacha

BHMning 30 baravari

500 000,00 dan 1 000 000 AQSH dollarigacha

BHMning 58 baravari

1 000 000,01 AQSH dollari va undan ortiq

BHMning 75 baravari

b) BYDni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni “eksport” va “reeksport” bojxona rejimida:

20 000 AQSH dollarigacha

BHMning 50 foizi

20 000 dan 40 000 AQSH dollarigacha

BHMning 1 baravari

40 000 dan 60 000 AQSH dollarigacha

BHMning 2 baravari

60 000 dan 100 000 AQSH dollarigacha

BHMning 3 baravari

100 000 dan 200 000 AQSH dollarigacha

BHMning 5 baravari

200 000 dan 500 000 AQSH dollarigacha

BHMning 10 baravari

500 000 dan 1 000 000 AQSH dollarigacha

BHMning 25 baravari

1 000 000 AQSH dollari va undan ortiq

BHMning 50 baravari

v) BYDni taqdim etish orqali tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida:

BHMning 50 foizi,

BHMning 25 foizi

BYDning asosiy varagʻi uchun;

har bir qoʻshimcha varagʻi uchun;

g) BYDni taqdim etish orqali yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasining (bir dona deklaratsiya uchun);

BHMning 2,5 baravari

d) tovarlarni bojxona kirim orderini qoʻllash orqali (bir dona order uchun).

BHMning 25 foizi

2.

Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning BYDga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha murojaatiga asosan BYDni oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimcha kiritish uchun (qogʻoz shakldagi BYDda bir dona BYD, elektron shakldagi BYDda bir dona BYDni tuzatish shakli uchun).

BHMning 25 foizi

3.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqari va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (“eksport” bojxona rejimi va “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlari hamda bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgan BYDlar bundan mustasno):

a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYD uchun);

BHMning 2 baravari

b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona koʻrigini, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni, yuk operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****:

 

bojxona organlari ish vaqtida;

BHMning 25 foizi,

bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar, dam olish va bayram kunlari.

BHMning 2 baravari

4.

Egasi bojxona organi boʻlgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun)******:

dastlabki oʻn sutka mobaynida (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun;

BHMning 3 foizi

har bir keyingi sutkalar uchun (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun.

BHMning 4 foizi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun:

200 km masofagacha;

BHMning 2 baravari

200 km dan ortiq masofagacha.

BHMning 5 baravari

6.

Bojxona organlari tomonidan tovar boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun:

BHMning 75 foizi

7.

Avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun

olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun BHMning 1 baravari miqdorida********

8.

Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun

BHMning 1 baravari*********

9.

“Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarida olib kirilayotgan, belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlarini chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun har 100 kg.gacha ogʻirlikka (brutto) toʻliq va toʻliq boʻlmagan har bir kalendar kun uchun:”

dastlabki besh kunda;

BHMning 5 foizi

keyingi oʻn kunda;

BHMning 7 foizi

qolgan kunlarda;

BHMning 10 foizi

tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun;

BHMning 15 foizi

10.

Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishda tranzit deklaratsiyasining asosiy varagʻi uchun, axborot tizimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish bundan mustasno;

BHMning 10 foizi

11.

Bir intellektual mulk obyektini bojxona reyestriga kiritish uchun

BHMning 1 baravari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tovarlarni “davlat foydasiga voz kechish”, “yoʻq qilish”, “vaqtincha saqlash” bojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki, vaqtinchalik, toʻliq boʻlmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo doʻkoni shuningdek, ularga bevosita tutash boʻlgan doimiy bojxona nazorati zonalari bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq ish vaqtidan tashqari vaqtda BYD rasmiylashtirganligi BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt orqali aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik subyektining bojxona rasmiylashtiruvini ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirish uchun roziligi olinishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
***** Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam boʻlgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yigʻimi bir xodimning toʻliq bir soat ish vaqti uchun undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
****** Sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
******* dastlabki qaror bekor qilinganda, oʻzgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun toʻlov qaytarilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
******** Umumiy hisoblangan yigʻimlar qiymati, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan oshmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
********* 2025-yil 1-yanvarga qadar temir yoʻl transportida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun BHMning 10 foizi undiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 27-noyabrdagi 330-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 82-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)”gi 2016-yil 26-dekabrdagi 414-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 110-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 22-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son, 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/531/0809-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 01.01.2023-y., 09/23/737/0004-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)