09.11.2020 yildagi 701-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash hamda ilgʻor xorijiy tajriba boʻyicha yetarli bilim va malakaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tumani oʻrmon xoʻjaligi kolleji negizida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi texnikumini (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzluksizligi va uzviyligi asosida oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligi sohasi va tarmoqlari uchun taʼlimning xalqaro tasniflagichi bilan uygʻunlashgan milliy professional standartlarga mos oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tasniflagich darajalari bilan uygʻunlashgan tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini hamda oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlar barpo etish, oʻlarni asrash, koʻpaytirish, muhofaza qilish, oʻrmon florasi va faunasi, sohani raqamlashtirish, agrobiznes, marketing, logistika, qishloq xoʻjaligi va organik mahsulotlarni hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, shuningdek, ekoturizm va ov xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha zarur bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum respublikadagi oʻrmonchilik sohasidagi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oʻrta maxsus professional taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosarining tavsiyasiga koʻra Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumda taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlarini joriy etishni muvofiqlashtirish Toshkent davlat agrar universiteti, unga metodik rahbarlik qilish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumni joriy saqlash, uning faoliyat yuritishi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, toʻlov-kontrakt asosida tushgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va xalqaro moliya institutlari grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi har yili 15-yanvarga qadar oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha qabul parametrlariga takliflarni kasblar va mutaxassisliklar hamda hududlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumda yuqori malakali pedagog xodimlar tarkibini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar hamda agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalarining turdosh kafedralari professor-oʻqituvchilariga ustunlik beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum Toshkent tumani oʻrmon xoʻjaligi kollejining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Texnikumning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida Texnikumga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquv jihozlari va laboratoriya uskunalari sotib olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumga 2 ta avtotransport vositasi, shu jumladan, 1 ta yengil avtomobil va 1 ta avtobus ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2021-yil va undan keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda Texnikumning oʻquv binolarini rekonstruksiya qilish, oʻquv-laboratoriya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, yotoqxona va oshxona binolarini qurish boʻyicha loyihalar mazkur dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
701-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/701/1492-son)