11.03.1997 yildagi 131-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.06.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi PF—1701-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining Nizomi, uning tarkibidagi muassasalar roʻyxati, markaziy apparati shtatlar jadvali 1, 2, 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi hamda oʻz tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari, kontraktlari, mol-mulklari yuzasidan ularning vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya raisi va uning oʻrinbosari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqomi, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari borasida Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi vaziri oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy Akademiyaning dastlabki haqiqiy aʼzolari soni 21, faxriy aʼzolari soni 11 kishidan iborat boʻladi va ularga eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida oylik gonorar toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mavjud sanʼat maktablari negizida bittadan tasviriy va amaliy sanʼat litseylarini tashkil etish hamda 1997/1998 oʻquv yilidan boshlab talaba va oʻquvchilar qabul qilishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tizimiga kiruvchi oʻquv yurtlarining Nizomi, mutaxassisliklar roʻyxati, oʻquv rejalarini, shuningdek, maxsus jamgʻarma Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Akademiyaning moddiy-texnik negizini mustahkamlash yuzasidan takliflarni hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti haqidagi nizom va qoʻmita tarkibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining oʻz binosi toʻliq taʼmirlangunga va 500 oʻrinli yotoqxonasi qurib bitkazilgunga qadar M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining rassomlik fakulteti moddiy-texnik negizi hamda yotoqxonasidan foydalanishning joriy tartibini saqlab qolsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti rassomlik fakultetiga tegishli barcha oʻquv-ijodiy jihozlarni Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga oʻtkazib bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy Akademiyaning yangi zamonaviy binosi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining 500 oʻrinli yotoqxonasi qurilishi uchun bosh buyurtmachi etib belgilansin va moliya vazirligi ajratgan mablagʻlar hisobidan Akademiya buyurtmasiga muvofiq mazkur qurilish ishlarining amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda mazkur qurilishlarga shahar markazidan yer maydoni ajratsin va bosh pudratchini aniqlash uchun tender eʼlon qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Sh. Rashidov koʻchasi, 40-uydagi binoni va unga tutash yer maydonidagi xiyobonni Badiiy Akademiya balansiga oʻtkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Akademiyaning joylardagi oʻquv muassasalariga zarur zamonaviy shart-sharoitlarni yaratsinlar, ularni bino, jihoz va texnika, transport vositalari, oʻquv-ijodiy materiallar bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi aʼzolariga berilgan ijodiy ustaxonalarning oʻz egalari tomonidan bepul xususiylashtirilishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Badiiy Akademiyaning oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi oylik rangli jurnali, ilmiy-tadqiqot va boshqa nashrlarini chop etishda yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatini respublika budjetidan mablagʻlar bilan toʻliq taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali va boshqa nashrlarini chop etish uchun mablagʻ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy apparatiga xizmat koʻrsatish uchun uchta yengil avtomobilga limit belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy Akademiyaning Markaziy koʻrgazma zali binosini taʼmirlashni 1997-yil rejasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Akademiyaga ajratilgan limitga muvofiq transport xizmati koʻrsatishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini hukumat va shahar telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil martdagi 131-son qaroriga
I-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi

NIZOMI

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi oʻzbek xalqi milliy merosining ajralmas, nodir qismi sifatida Vatanimiz hududida qadim zamonlardan mavjud boʻlgan jahon tasviriy, amaliy, miniatyura sanʼati tarixi va rivojiga buyuk hissa qoʻshgan badiiy maktablarimizning uzviy davomchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Akademiya”) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan ijodiy, ilmiy, oʻquv va ishlab chiqarish muassasasi hisoblanadi va millatning maʼnaviy mulki sifatida Oʻzbekiston Hukumati homiyligida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, amaldagi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya Nizomi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiya Oʻzbekiston Respublikasining vazirligi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyati boʻyicha Vazirlar Mahkamasi oldida hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya oʻzining gerbli muhri va boshqa ramziy ashyolariga ega yuridik shaxs hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademiya bank muassasalarida belgilangan tartibda oʻz hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MAQSADI VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy, amaliy, miniatyura sanʼati anʼanalarini rivojlantirish, jahon sanʼati tajribalarini ijodiy oʻzlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yosh avlodni milliy madaniyatimizga hurmat va undan chuqur gʻururlanish tuygʻulari ruhida tarbiyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston xalqlari madaniyati va sanʼatining ravnaqi yoʻlida yuksak professional milliy badiiy ijodiyotni rivojlantirish tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbek xalqining badiiy merosi, uning jahon sanʼati tarixidagi oʻrni, taraqqiyot bosqichlari va zamonaviy yoʻnalishlarni chuqur oʻrganish hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash, milliy mustaqillik gʻoyalariga mos tadqiqotlar, darsliklar, metodik qoʻllanmalar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanʼat nazariyasi va amaliyoti sohasida milliy mutaxassislarni tayyorlash, taʼlim tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tasviriy va amaliy sanʼat ijodkorlarini, eng avvalo, yosh isteʼdodlarni xalqimizning boy maʼnaviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldida masʼuliyatli boʻlish, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yoʻnaltirish hamda bu harakatlarni ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijodkorlarni, iqtidorli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda soha muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Milliy sanʼatimizning kelajagini belgilab beradigan yosh isteʼdodlarni izlab topish va ularni ijodiy oʻstirishning izchil tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy, oʻrta maxsus va boshlangʻich taʼlim, shuningdek, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash sohalari boʻyicha badiiy-metodika va ilmiy yetakchilik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xalqaro ijodiy, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻrgazma faoliyati orqali milliy sanʼatimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, simpoziumlar va boshqa anjumanlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jahondagi yetakchi Badiiy akademiyalar, shu yoʻnalishdagi oʻquv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar, jahon madaniyati va sanʼati ustalari bilan ilgʻor tajribalar almashish maqsadida har tomonlama aloqalarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiya tarkibidagi muassasalarning tashkiliy, ijodiy moddiy-texnik bazasi zamonaviy texnika hamda zarur anjom, jihoz va materiallar bilan taʼminlanishi uchun tegishli choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bu vazifalarni bajarish uchun Akademiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy, ilmiy va oʻquv-metodik masalalar boʻyicha sessiyalar, seminar va kengashlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlarining faoliyat yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy ijodiyotning muhim muammolari va yoʻnalishlari boʻyicha tegishli boʻlim, shoʻba va komissiyalar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy ijodiyotning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan tartibda ilmiy ishlar, oʻquv qoʻllanmalari, uslubiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni nashr qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh, iqtidorli rassomlar, dizaynchilar, xalq ustalari va sanʼatshunoslarga ijodiy faoliyatlarida va tahsil olishlarida maxsus jamgʻarma orqali tegishli yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikki yilda bir marta tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, xalq hunarmandchiligi, sanʼatshunoslik sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun tanlov asosida Akademiyaning oltin va kumush medallarini, diplomlarini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistondagi oliy badiiy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining eng yaxshi diplom ishlari uchun oltin, kumush va bronza medallari, xorijiy badiiy oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilari uchun esa Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining diplomlarini taʼsis qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. AKADEMIYA TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiya tarkibida Akademiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi hamda ijodiy, oʻquv va ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha boʻlimlar, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, maxsus jamgʻarma, ijodiy, ilmiy-tadqiqot, oʻquv, targʻibot, koʻrgazma, nashr muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKADEMIYANING BOʻLIMLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya sanʼat va sanʼatshunoslik boʻyicha barcha faoliyatlarni muvofiqlashtirib boruvchi quyidagi boʻlimlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rangtasvir va grafika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haykaltaroshlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy bezak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizayn;

sanʼat tarixi va nazariyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiyaning boʻlimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy, ilmiy va oʻquv-metodik boʻgʻinlar hisoblanib, Akademiyaning haqiqiy va faxriy aʼzolarini birlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, boshlangʻich badiiy bilim yurtlaridagi oʻquv jarayoniga akademik rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanʼatning turli yoʻnalishlaridagi ijodiy jarayonning rivojlanishi va ijod, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi xalqaro aloqalarning kengayishiga imkon yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Boʻlim ishlariga Boshqaruv kengashi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan akademik kotib rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boʻlimlar oʻz faoliyatini Akademiya raisi tasdiqlagan maxsus dastur va nizom asosida olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boʻlimlar oʻz faoliyati yuzasidan Boshqaruv kengashiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKADEMIYANING QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻLIMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, respublika hududidagi ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyat bilan doimiy shugʻullanuvchi aʼzolarini birlashtiradi va Akademiya Boshqaruv kengashi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Akademiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining raisi Akademiya raisi tavsiyasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tayinlanadi va lavozimiga koʻra Akademiya raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BADIIY IJODKORLAR UYuShMASI (MAJLISI)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Badiiy ijodkorlar uyushmasi oʻz faoliyatini umumiy yigʻilishda qabul qilingan va Akademiya raisi tasdiqlagan Nizom asosida olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiya tarkibiga quyidagi muassasalar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 27-son, 317-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (oʻrta maxsus taʼlim boʻgʻini bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tasviriy va amaliy sanʼat litseylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Markaziy koʻrgazma zali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— “Xamar” xalqaro aloqalar markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— maxsus jamgʻarma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— “Oqtosh” ijod uyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— sanʼat va xalq anʼanalari markazi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-iyundagi 127-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 210-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuqorida qayd etilgan va yangi tashkil etiladigan muassasalar Akademiya raisi tasdiqlagan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan Nizomlar asosida faoliyat yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiya va uning muassasalari qoshida faoliyat yoʻnalishi Akademiyaning maqsadi va vazifalariga mos boʻlgan, mulkchilikning turli shakllaridagi ijodiy, ilmiy, ishlab chiqarish korxona va birlashmalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Akademiya, uning muassasalari, tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida ijodiy ilmiy, noshirlik, koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanadi, tashqi iqtisodiy aloqalar oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. AKADEMIYANING BOShQARUV KENGAShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiyaning Boshqaruv kengashi uning yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya Boshqaruvi kengashi Akademiya raisi, rais oʻrinbosarlari, bosh ilmiy kotib, akademik-kotiblar, Akademiyaning haqiqiy aʼzolari, Akademiya tarkibidagi yirik muassasalarning rahbarlaridan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiyaning Boshqaruv kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya va uning tasarrufidagi tashkilot, boʻlim ish rejalarni, hisobotlarini, tadbirlarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy ijodkorlar uyushmasi Majlisi hamda tegishli vakolatga ega boʻlgan tashkilotlar tavsiyalariga asosan Akademiyaning haqiqiy va faxriy aʼzolarini saylaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya faoliyatining istiqbolli ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, joriy vazifalari boʻyicha konferensiya, seminar, ijodiy simpoziumlar, koʻrgazmalar tayyorlaydi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik ishlarini rejalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tasarrufidagi boʻlimlar, tashkilotlar, muassasalarni tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish haqidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tegishli idoralarga taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning Nizomiga zarur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlsa Akademiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiya Nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Boshqaruv kengashi aʼzolarining roʻyxat boʻyicha umumiy sonidan uchdan ikki qismining yoqlab ovoz berishi yoʻli bilan qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiyaning Boshqaruv kengashi yigʻilishida roʻyxatdagi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashib, qabul qilinayotgan qarorga koʻpchilik ovoz bergan taqdirdagina mazkur qaror huquqiy kuchga ega deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik shaxs huquqiga ega ilmiy tadqiqot, oʻquv, nashriyot va ijodiy-xoʻjalik tashkilotlarining roʻyxatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. AKADEMIYA RAISI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiya faoliyatiga rais rahbarlik qiladi. Akademiya raisi ayni paytda Akademiya Boshqaruv kengashi va Badiiy ijodkorlar uyushmasining ham raisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya raisi, uning oʻrinbosari, Bosh ilmiy kotib belgilangan tartibda Rassomlar ijodiy birlashmasi yigʻilishi tavsiyanomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Nizomi talablari, Boshqaruv qarorlari barcha aʼzolar boʻlim, tashkilot va muassasalar tomonidan bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat, jamoat, xalqaro ilmiy-ijodiy tashkilotlar, oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar bilan munosabatlarda Akademiya nomidan ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tasarrufidagi barcha boʻlim, muassasa va tashkilotlarning rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya faoliyatiga umumiy va joriy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning yuqori organlari, ijodiy, ilmiy, oʻquv muassasalari va tashkilotlarida Akademiya nomidan vakillik qiladi hamda uning manfaatlarini himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning tegishli boʻlimlari tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan ijodiy, ilmiy-tadqiqot va oʻquv-metodik dasturlarni tasdiqlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning noshirlik rejalarini tasdiqlaydi va ularni amalga oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kengashi tavsiya etgan mutaxassislardan boʻlimlarning akademik-kotiblarini tanlaydi va tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya mablagʻlarini tasarruf qiladi va ularning belgilangan tartibda sarflanishi ustidan nazorat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rais oʻrinbosarlari, Bosh ilmiy kotib, akademik-kotiblarning xizmat vazifalarini taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. AKADEMIYAGA AʼZOLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiya oʻzining haqiqiy, faxriy va xorijiy aʼzolariga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiyaning haqiqiy aʼzolari milliy, tasviriy, amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik sohalarini oʻzining yirik asarlari bilan boyitgan va oʻz ijodi, ilmiy, pedagogik faoliyati bilan soha taraqqiyoti uchun ulkan hissa qoʻshayotgan, oʻzbek madaniyati va sanʼatining kelajagi uchun munosib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda katta yutuqlarga erishgan ijodkorlar Akademiyaning haqiqiy aʼzoligiga saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoshi 65 dan oshgan soha namoyandalari Akademiyaning faxriy aʼzosi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiyaning faxriy aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Vatan va jahon madaniyati, sanʼati oldidagi yuksak xizmatlari uchun saylanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— belgilangan boshqaruv organlariga saylash va saylanish huquqidan tashqari barcha imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boshqa davlatlarning jahon madaniyati, sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan arboblari Akademiyaning xorijiy aʼzolari etib saylanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademiyaning haqiqiy va faxriy aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini boshqa davlat fuqaroligiga oʻzgartirgan taqdirda Akademiyaning xorijiy aʼzosi boʻlib oʻzgartirilishi mumkin. Bu masala belgilangan saylov tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. AKADEMIYA AʼZOLARINING BURChI VA HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiyaning aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya raisi — Boshqaruv kengashi va tegishli akademik boʻlimlarning qaror, buyruq, topshiriqlarini bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanʼatni yuksak, yorqin ijodiy va ilmiy yutuqlar hamda kashfiyotlar bilan boyitishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanʼat yoki sanʼatshunoslik sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmasiga olishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanʼat va sanʼatshunoslik sohalariga tegishli mutaxassislarni tayyorlashda bevosita qatnashishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiyaning haqiqiy aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tarkibida yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda ijodiy, ilmiy asarlar ustida ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ijodiy, ilmiy, oʻquv muassasalaridagi mavjud ilmiy lavozimlarni tanlovda ishtirok etmagan holda egallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy, ilmiy asarlarini taqdim etish, chop ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Boshqaruv kengashiga ijodiy, ilmiy, tashkiliy masalalar, takliflar bilan murojaat qilish va muhokamada ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiyaning haqiqiy aʼzolari akademik unvonlari uchun oylik gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. AKADEMIYA AʼZOLIGIGA SAYLOVLAR OʻTKAZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiyaning haqiqiy aʼzolarini saylash mazkur Nizom va belgilangan saylov tartibi asosida har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiyaning haqiqiy aʼzolarini saylash haqidagi maʼlumotlar saylovlar oʻtadigan kundan kam deganda uch oy oldin matbuotda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Haqiqiy aʼzolikka nomzodlar saylov haqidagi eʼlon chiqqan kundan boshlab ikki oy muddatdan kechikmay tegishli yozma tavsiyanoma bilan boshqaruv kengashida roʻyxatdan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Haqiqiy aʼzolikka nomzodlar roʻyxati saylovlar kunidan kamida 15 kun oldin matbuotda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Haqiqiy aʼzolikka saylovlar Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi va Akademiyaning Boshqaruv kengashida akademik boʻlimlar tavsiyanomalari asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Haqiqiy aʼzolikka saylovlarda Akademiyaning haqiqiy aʼzolari ovoz berish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Saylovlarda haqiqiy aʼzolarning kamida 50 foizining ovozini olgan nomzodlar Akademiya aʼzoligiga saylangan deb hisoblanadi. Ovoz berishda Boshqaruv kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Haqiqiy aʼzolikka hozirgi zamon Vatan va jahon sanʼat taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan, 65 yoshgacha boʻlgan rassomlar, arxitektorlar, dizaynchilar, sanʼatshunoslar va xalq ustalari sazovor boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar, madaniyat va sanʼat sohasidagi oliy oʻquv yurtlari Akademiyaning haqiqiy va faxriy aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiya aʼzolari har yili oʻzlarining ijodiy, ilmiy pedagogik faoliyatlari haqida Akademiya Boshqaruv kengashida, yoʻnalish akademik boʻlimlarida hisobot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Akademiyaning dastlabki haqiqiy, faxriy va xorijiy aʼzolari Badiiy ijodkorlar uyushmasi Majlisi tavsiyalari asosida Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. AKADEMIYA HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya oʻz maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tasarrufidagi barcha mulkka egalik qiladi va ularda belgilangan tartibda foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekistonda va chet ellarda badiiy, ijodiy koʻrgazmalar tashkil qiladi va milliy sanʼatimizni keng targʻib etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekistonning yetuk rassomlari asarlarini, xalq ustalarining buyumlarini, noyob durdonalarini saqlash hamda respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda koʻrgazmalar oʻtkazish maqsadida belgilangan tartibda davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan sotib oladi va sanʼat, sanʼatshunoslik sohasida ijodiy, ilmiy asarlar yaratish uchun buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, rassomlar, xalq ustalari va dizaynchilarning ijodini hamda sanʼatshunoslik muammolarini yorituvchi oylik maxsus badiiy jurnal chop etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya xodimlari va taklif etilgan mutaxassislarning turar joy va maishiy sharoitini yaxshilash hamda Nizomda belgilangan ijtimoiy va boshqa vazifalarni hal etish masalalari yuzasidan davlatning tegishli muassasalariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjalik faoliyati va kapital qurilishni olib borish maqsadida Akademiyaning tegishli ishlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Amaldagi tartiblar doirasida Oʻzbekistondagi va xorijdagi tegishli auksionlarda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Barcha olgan majburiyatlari boʻyicha faqat oʻz mulki doirasida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Akademiya oʻz faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, ish va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiya shartnomalar tuzishda, turli shartlarni belgilashda, xoʻjalik aloqalarini oʻrnatishda, agar bu amaldagi qonunlarga zid boʻlmasa, batamom mustaqildir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11 Akademiya oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— zarur boʻlgan ishlab chiqarish va boshqa shoxobchalar, boʻlim-tashkilotlar, korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— turli mol-mulk, inshootlar, binolarni qurish, sotib olish, sotish, ijaraga berish va olish, ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qonunga zid boʻlmagan turli oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oʻz mol-mulki va qonuniy olingan boshqa turli mol-mulk bilan istalgan xoʻjalik subyektlarining faoliyatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, mablagʻlarini, mulkiy huquqlarini, intellektual boyliklarini jalb etib, ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekistonda va xorijda oʻz hisob-kitob schyotiga ega boʻlgan boʻlimlarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foydadan mustaqil ravishda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar va chet ellik sheriklar bilan tashkilotlar, korxonalar tashkil etish va ularni ishlatish huquqlaridan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. AKADEMIYA FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiya faoliyatining iqtisodiy asosini unga davlat tomonidan ajratiladigan mablagʻlar, doimiy foydalanishga berilgan asosiy vositalar (fondlar) va boshqa mol-mulk tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya unga oʻz mulki sifatida yoki vaqtincha foydalanish uchun berilgan davlat fondlari, boshqa mol-mulklardan davlat topshiriqlari asosida va amaldagi qonunlar doirasida foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiyaga tegishli bino, inshoot yoki boshqa asosiy vositalarni uning ruxsatisiz yoki amaldagi qonunchilikka zid ravishda olib qoʻyish va ularga oʻzgarishlar kiritish, tegishli yer maydonlarida ishlar olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar Akademiyaning asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Fundamental tadqiqotlar, ijodiy loyihalar uchun davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar alohida satr bilan qayd etiladi va muassasalarga aniq maqsadli yoʻnaltirilishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish turli davlat, jamoatchi va xususiy jamgʻarmalardan ajratilgan yoki turli shartnoma, kontrakt, ahdlashuvlar asosida olingan mablagʻlar Akademiya mulki hisoblanadi, ulardan foydalanish Akademiya ixtiyoridadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademiya tasarrufidagi muassasa va tashkilotlar oʻz ixtiyoridagi asosiy vositalar, inshootlar va mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanadilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Boshqaruv kengashi Akademiya mulki va mablagʻlaridan foydalanish, oʻz tasarrufidagi muassasa, boʻlim va tashkilotlar oʻrtasida taqsimlash tartiblarini amaldagi qonun hujjatlari, ushbu Nizom asosida belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Akademiya va uning davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalari oʻz Nizomlari asosida qoʻshimcha xoʻjalik faoliyatlarini tashkil etib, olingan daromad (foyda)dan mustaqil ravishda foydalanishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Akademiyaning xoʻjalik hisobidagi mustaqil tashkilotlarining oʻz xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini olingan daromad (foyda)lar hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. TUGATILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil qilinadi va tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tarkibidagi muassasalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Badiiy ijodkorlar uyushmasi (majlisi).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 27-son, 317-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi rassomlik bilim yurti (Toshkent shahar A.Xoʻjayev nomidagi 12-son milliy hunarmandchilik litseyi negizida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Respublika oʻrta maxsus sanʼat maktab-internati negizida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tasviriy va amaliy sanʼat litseylari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Nukus shahar, O. Halimov nomidagi 3-son sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Izboskan tumani Toʻrtkoʻl qishlogʻi rassomlik maktab-internati negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Toʻqimachilik tumani sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Jizzax shahar sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon shahar sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Qiziltepa tumanidagi M. Ashrafiy nomidagi sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Pastdargʻom tumanidagi ZO-son sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Guliston tumani sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Shahrisabz shahridagi 3-son sanʼat maktabi negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona tasviriy va Amaliy sanʼat litseyi (Qoʻqon sanʼat bilim yurti negizida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm tasviriy va amaliy sanʼat litseyi (Urganch shahridagi K. Otaniyozov nomidagi sanʼat maktabi negizida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Badiiy Akademiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent fotosuratlar uyi.
(8-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-noyabrdagi 264-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Xamar” xalqaro aloqalar markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxsus jamgʻarma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oqtosh” ijod uyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sanʼat va xalq anʼanalari markazi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-iyundagi 127-son qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 26-27-son, 210-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatlar jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Lavozimlar‎

Soni‎‎

1.‎

Rais‎

1‎‎

2.‎

Rais oʻrinbosari‎

1‎‎

3.‎

Rais oʻrinbosari — ijrochi direktor‎

1‎‎

4.‎

Bosh ilmiy kotib‎

1‎‎

5.‎

Ilmiy-ijodiy akademik boʻlimlar‎

6‎‎

6.‎

Taʼlim, metodika va ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi‎

5‎‎

7.‎

Xalqaro aloqalar boshqarmasi‎

3‎‎

8.‎

Axborot va marketing boshqarmasi‎

3‎‎

9.‎

Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi‎

5‎‎

10.‎

Buxgalteriya‎

3‎‎

11.‎

Kadrlar boʻlimi‎

2‎‎

Jami:‎

31��

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-son qaroriga
3a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 3-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 317-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 26-27-son, 210-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)