1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori 14-bandiga muvofiq matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
676-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 676-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti (keyingi o‘rinlarda — mukofot) bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mukofot bilan matematika sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar (shu jumladan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) yakka tartibda taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv — muayyan maqsadda turli manbalarda e’lon qilingan ma’lumotlarni izlash, qayd qilish va to‘plashga qaratilgan tashkiliy chora-tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy natija — axborot resurslarida e’lon qilingan va qayd etilgan ilmiy-tadqiqot yoki innovatsion faoliyatning mahsuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy yutuq — yangi bilim yoki muayyan yechimni ifodalovchi intellektual faoliyat natijasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert baholash — ilmiy natija va ilmiy yutuqlarni alohida ekspert yoki ekspertlar guruhining jamoaviy xulosasi asosida baholash usuli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mukofot bilan taqdirlash bir shaxsga matematika sohasidagi bir yoki bir nechta yutuqlari uchun amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mukofot ikki yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda — Kengash) taklifiga ko‘ra uchga yo‘nalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar o‘rtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini ta’minlagan tadqiqot) bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar O‘zbekiston matematika jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Matematika jamiyati) tomonidan o‘tkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik Matematika jamiyatining takliflari asosida nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalarni tayyorlaydi va Kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mukofot bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizom ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash uchun kuzatuvlarni o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash va mukofot bilan taqdirlanadigan nomzodlarning dastlabki ro‘yxatini tayyorlash uchun Matematika jamiyatida doimiy asosda faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotiga nomzodlar bo‘yicha takliflarni tayyorlash qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qo‘mita Matematika jamiyatiga a’zo bo‘lgan ekspertlardan iborat tarkibda tuziladi va Matematika jamiyatining umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi, Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va kotibi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita tarkibiga Matematika jamiyati a’zo si bo‘lgan matematika sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan kuzatuvlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fundamental sohadagi tadqiqotlar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalaridagi jurnallarda;

davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;

yoshlar o‘rtasidagi tadqiqot bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning ilmiy taklif va tavsiyalari to‘g‘risida Internet jahon axborot tarmog‘ida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini ta’minlagan tadqiqotlar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalaridagi jurnallarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning real sektoridagi muayyaan muammoning yechimini ta’minlagani to‘g‘risida Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilingan ilmiy natijalar ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mukofot bilan taqdirlashda quyidagi ishlar ko‘rib chiqilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval mukofot bilan taqdirlanganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval ko‘rib chiqilgan, biroq Kengash tomonidan mukofot bilan taqdirlash uchun tavsiya etilmagan ilmiy yutuqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar tomonidan mukofot bilan taqdirlash uchun ilgari surilgan nomzodlar bo‘yicha murojaatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kuzatuv natijalariga ko‘ra aniqlangan tegishli ilmiy yutuqlar bo‘yicha Qo‘mita a’zolari tomonidan ekspert baholash asosida xulosalar tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar Qo‘mita tayyorlangan barcha xulosalarni jamlaydi va Qo‘mita yig‘ilishida muhokama qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash uchun o‘tkazilgan kuzatuv natijalari va mukofot bilan taqdirlashga taklif etilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati Qo‘mita yig‘ilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Matematika jamiyatining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Matematika jamiyati nomzodlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuvching xolisligini va nomzodlar bo‘yicha tayyorlangan takliflarda manfaatdor tashkilot yoki jismoniy shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalarni tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar Matematika jamiyatining umumiy yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash uchun taklif etiladigan nomzodlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — nomzodlar ro‘yxati) shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Matematika jamiyati mukofot topshiriladigan yilning aprel oyiga qadar mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlarga oid takliflarni kuyidagi hujjatlar bilan Vazirlikka kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘llanma xat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlar ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita yig‘ilishi bayonining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matematika jamiyatining umumiy yig‘ilishi bayonidan ko‘chirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir nomzod to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarning tegishli yo‘nalish bo‘yicha ilmiy yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlik bir oy muddatda nomzodlar ro‘yxati va ularga oid hujjatlarni quyidagilarga muvofiqligini o‘rganadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalari va tayyorlangan takliflarning Nizom talablariga muvofiq tayyorlangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy yutuqlarni aks etuvchi ilmiy natijalar e’lon qilingan manbalarning haqqoniyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy yutuqlar va nomzodlar bo‘yicha takliflar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha takrorlanmaganligi, avval boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha Mukofotga taqdim etilmaganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha tavsiyanoma har bir yo‘nalish va nomzod bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Matematika jamiyati tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda, Vazirlik tegishli nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni tuzatib berish yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa nomzodlarni kiritishni so‘rab murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kuzatuv natijalarini, nomzodlar bo‘yicha takliflar va tavsiyanomalarni rasmiylashtirish qoidalari Kengash tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlik mukofot topshiriladigan yilning iyun oyi yakuniga qadar mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar va nomzodlarning ilmiy yutuqlariga oid hujjatlarni Vazirlikning rasmiy blankdagi xati bilan ko‘rib chiqish uchun Kengashga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mukofot bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish va takliflarni tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mukofot bilan taqdirlanadiganlar bo‘yicha Kengashning taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotiga nomzodlar bo‘yicha taqdimnoma (keyingi o‘rinlarda — taqdimnoma) shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kengash yig‘ilishidan ikki hafta oldin Mukofot bilan taqdirlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar va ularning ilmiy yutoqlariga oid hujjatlar Kengash a’zolariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash a’zolari tomonidan Mukofotga tavsiya etilgan nomzodning ishi ko‘rib chiqilayotgan Kengash yig‘ilishida uning muallifi ishtirok etmasligi lozim hamda Kengash qarori va ushbu masala bilan bog‘liq boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mukofotga tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror Kengash majlisida ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisda qatnashayotgan Kengash a’zolarining uchdan ikki qismining ovozini olgan nomzod bo‘yicha taqdimnoma tayyorlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mukofotga nomzodlarni ko‘rib chiqish natijalari Kengash bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kengash bayonnomasiga nomzodlarning ro‘yxati va ishlarining qisqacha tavsifi tegishli ilova bilan tasdiqlanadi, uning asosida taqdimnoma tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Taqdimnoma Kengash raisi imzosi bilan mukofot beriladigan yilning 25-avgustidan kechikmasdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mukofotni topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Taqdimnoma maqullangan taqdirda Mukofotga sazovor bo‘lganlarga 50 ming AQSh dollari ekvivalentidagi bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mukofot sovrindoriga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘lik xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mukofotga sazovor bo‘lgan shaxslarga Matematika jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, O‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish hamda matematika sohasida qilgan ilmiy-tadqiqotlari natijalarini, jumladan, mukofot topshirilgan ishlari natijalarini O‘zbekistonda qo‘llash tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mukofotga sazovor bo‘lganlar haqida ma’lumotlar respublika matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarida, jumladan, xorijiy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mukofot bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlar bo‘yicha materiallar belgilangan tartibda hisobga olinadi, saqlanadi va qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Mas’ullar
Amalga oshirish mexanizmlari
Muddatlari
1-bosqich
Matematika jamiyati
Matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun kuzatuvlar o‘tkazish.
Doimiy
2-bosqich
Matematika jamiyati
1. Xulosalarni jamlash va muhokama qilish.
2. Mukofotga nomzodlarning dastlabki ro‘yxatini shakllantirish.
3. Jamiyatning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar
3-bosqich
Matematika jamiyati
1. Nomzodlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
2. Nomzodlar bo‘yicha takliflar va ularga oid hujjatlarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuborish.
Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar
4-bosqich
Innovatsion rivojlanish vazirligi
1. Nomzodlar ro‘yxati va ularga oid hujjatlarni o‘rganish.
2. Nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar va nomzod hamda ilmiy yutuqlarga oid hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida ko‘rib chiqish uchun kiritish.
1 oy muddatda
Mukofot topshiriladigan yilning iyun oyi
5-bosqich
Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi
1. Nomzodlar bo‘yicha takliflar, tavsiyanomalar va ularga oid hujjatlarni qo‘rib chiqish.
2. Nomzodlar bo‘yicha taqdimnomani tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasigayuborish.
1 oy muddatda
Mukofot beriladigan yilning 25-avgustiga qadar
6-bosqich
Belgilangan mas’ullar, Innovatsion rivojlanish vazirligi
1. Taqdimnoma ma’qullangan taqdirda Mukofotga sazovor bo‘lganlarga 50ming AQSh dollari ekvivalentidagi bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.
2. Sovrindorga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjetidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Belgilangan muddatlarda
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/676/1441-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)