30.10.2020 yildagi 675-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq akademik huquqiy tadqiqotlar darajasini oshirish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlarning keyingi istiqbollarini belgilashda huquqiy ilmiy ishlanmalarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning barqaror rivojlanishi maqsadidan kelib chiqib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar uchun ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy hujjatlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va huquq sohasida fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy elektron-axborot va o‘quv-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda aholining, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy faoliyatni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda, shartnomalar asosida amalga oshirish, eng dolzarb huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishdagi fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini tashkil qiluvchi ilmiy kengashlar tuzish yo‘li bilan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda bevosita ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarining davlat va jamiyat islohoti turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy asosda chop etiladigan “Davlat va huquq” jurnalini ta’sis etish, jamoaviy va individual monografiyalarni, o‘quv-metodik adabiyotlarni, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan ularning elektron shaklini nashr etishga doir faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat uchun dolzarb ilmiy-huquqiy muammolarni muhokama qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy tadbirlar (konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar)ni o‘tkazish va ularda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning davlat va huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash, shuningdek, davlat va huquq muammolarini o‘rganish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi ilmiy kengash tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda Institut nomi davlat tilida yozilgan muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy hisobvarag‘iga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, jumladan ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat bo‘lganda, Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni joriy ta’minlash uchun nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari uchun tatbiq etilgan mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishi va o‘zining matbaa organini (“Davlat va huquq” jurnali) tashkil qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni joriy ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Institut ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligiga davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini e’lon qilish uchun davlat va huquq sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda asoslangan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 20-dekabrga qadar Institutning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqsin hamda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institut Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 81-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Institutga bitta shaxsiy biriktirilgan yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Institut murojaatiga muvofiq belgilangan tartibda zarur telefon va hukumat aloqasi hamda Internet xizmatlari bilan ta’minlagan holda videokonferensiya, internet-forum va teleko‘prik tashkil etishda zarur texnik yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Institut murojaatlariga ko‘ra xorijiy va xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro ilmiy almashuvchi kengaytirishga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarining Institut jahon axborot tarmog‘i faoliyatiga mos yo‘nalishlarida tahsil olayotgan magistratura talabalari hamda doktorantlarni Institutda ilmiy faoliyat olib borishlariga sharoit yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
675-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 675-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Institut xodimlarining umumiy cheklangan soni — 20 nafar, shundan, ilmiy xodimlar soni — 13 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtma asosida bajariladigan ilmiy loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilmiy-yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar bo‘yicha belgilanadi.
(izohning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/675/1440-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)