03.09.2020 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais B. Mirboboyev, sudyalar A. Gafurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Miralimov, G. Pirjanov va K. Uljayevdan iborat tarkibda, 2020-yil 9-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi Konstitutsiyaviy sud qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud mazkur masala yuzasidan quyidagilarni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-avgustda qabul qilingan “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Qonun loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5 va 26-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonunning 5-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Qonun 26-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakili ham koʻrsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan soʻzga chiqadigan hollar mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shularga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandiga tegishli oʻzgartish kiritib, unda qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etish uchun Konstitutsiyaviy sudning vakilini hamda uni birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakilni belgilash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy sud
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QAROR QILDI:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etish uchun Konstitutsiyaviy sudning vakili etib sudya S. Koshayeva, uni birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakil etib Konstitutsiyaviy sud raisining oʻrinbosari A. Gafurov belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais B. MIRBOBOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalar A. GAFUROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F. KAYuMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S. KOShAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B. MIRALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G. PIRJANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K. ULJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 3-sentabr