09.07.2020 yildagi -son
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais B. Mirboboyev, sudyalar A. Gafurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Miralimov, G. Pirjanov va K. Uljayevdan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 14-moddasiga amal qilgan holda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqidagi ishni ochiq majlisda ko‘rib chiqdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5505-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 9-bandida fuqarolar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan shikoyat qilish va ushbu normativ-huquqiy hujjatni bekor qilish haqidagi talabning ko‘rib chiqilishi tartib-taomillarini takomillashtirish, bunda Konstitutsiyaviy sudning rolini aniqlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining 7-bandida Konstitutsiyaviy sud va Adliya vazirligiga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuklangan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi 14-bandida qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasini kengaytirish maqsadida Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga qonun loyihasini tayyorlash va unda Konstitutsiyaviy sudda qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasiga fuqarolar va yuridik shaxslarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini kiritish nazarda tutilgan.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 14, 31, 32, 33-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning 5, 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud
Oldingi tahrirga qarang.