30.10.2020 yildagi 674-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi miqdori 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xo‘jalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan ko‘p bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ustav fondi (ustav kapitali), davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari soni, korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda — asosiy ma’lumotlar) joylashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bo‘lishi, unda iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma’lumotlarning, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning (loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari bajarilishi va maqsadlarga erishish inobatga olingan holda) bajarilishi va rivojlanish strategiyalarida nazarda tutilgan dasturlarning natijalari to‘g‘risidagi hisobotni joylashtirish takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga davlat ishtirokidagi korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali taqdim etish imkoniyatini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va chet el ekspertlarini jalb qilgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyati natijalari to‘g‘risidagi yig‘ma hisobot shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar, tashqi qarzdorlik, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Agentlikning maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbarlari tegishli rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishi belgilangan ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘ri joylashtirilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot va tegishli hujjatlar “Davlat mulki” axborot tizimiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
674-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 674-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Rasmiy veb-saytlarda biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar, tashqi qarzdorlik, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar


2-bosqich

Mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarida hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirish.

Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar


3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtirish.

Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/674/1439-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)