22.10.2020 yildagi PQ-4871-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek ularning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan tarzda yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yong‘ini yoki qulashi, transport vositasining yong‘ini) (keyingi o‘rinlarda — ofatlar) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarini tiklash uchun tegishli vakolatli davlat organiga murojaat qilinganda, ularni to‘lovlardan ozod qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda davlat boji va yig‘im (gerb, konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘im va davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun belgilangan narx)lardan (keyingi o‘rinlarda — to‘lovlar) ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan va tiklanishda tegishli to‘lovlardan ozod qilinadigan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ofatlar yuz berganligi holatlarini tasdiqlash, zarurat bo‘lganda, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatni tiklash vakolati bo‘lgan davlat organining so‘roviga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida — Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan beriladigan ma’lumotnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar hududida — xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan berilgan va legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotnomalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklash Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalaridan olinadigan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ofatlar yuz berganligi oqibatida yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklaganlik uchun undirilmagan to‘lovlar va boshqa haqiqiy xarajatlar, basharti mazkur holatlar yuzasidan aybdor bo‘lgan shaxslar (tashkilotlar) mavjud bo‘lsa, keyinchalik ulardan regress tartibida undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qotilsa yoki yaroqsiz holga kelsa, ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ikki hafta muddatda tegishli ravishda ushbu qarorning 2-bandida belgilangan tartibning o‘rnatilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Adliya vazirligiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4871-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan va tiklanishda tegishli to‘lovlardan ozod qilinadigan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaro identifikatsiya ID-kartasi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish uchun biometrik harakatlanish hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pasportning yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatning yo‘qolganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik haqidagi guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Haydovchilik guvohnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘lim haqida guvohnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari hamda reyestrlardan ko‘chirmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladigan ma’lumotnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan talab qilib olinadigan ushbu ro‘yxatning 8 — 17-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning ko‘chirma nusxasi, dublikati hamda ularning mavjudligi haqida ma’lumotnomalar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2020-y., 07/20/4871/1405-son)