21.10.2020 yildagi PF-6091-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport hajmlarini koʻpaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, tayyor mahsulot yetkazib beruvchilarni qoʻshimcha moliyaviy va tashkiliy ragʻbatlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi eksport qiluvchilarga, shu jumladan asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik boʻlgan eksport qiluvchilarga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlar uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qatʼi nazar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 10 foiz banddan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasidagi kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 5 foiz banddan koʻp boʻlmagan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlari uchun beriladigan kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijobiy kredit tarixiga ega boʻlsa, avval olgan kreditlari boʻyicha qarzdorligi boʻlishidan qatʼi nazar, eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlar uchun qoʻshimcha olinadigan kreditlari boʻyicha mazkur bandda belgilangan miqdorlar va shartlarda kompensatsiya va (yoki) kafilliklar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) taqdim etiladigan kafilliklar boʻyicha komissiya toʻlovlarini ikki baravarga kamaytirilgan miqdorda undiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarini tashkillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlikka yuklanayotgan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish uchun uning huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda resurs bazasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladigan Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan 100 million AQSh dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bir oy muddatda mazkur Farmonning 3-bandida nazarda tutilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻning 50 foizini boshlangʻich kapitalni shakllantirish uchun Jamgʻarmaga ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatdagi xom ashyo tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar 1 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditni toʻliq soʻndirmagan eksport qiluvchi uchun bunday moliyaviy resurslar ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari Agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan moliyalashtirilganda, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi har chorakda Agentlik hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, eksport qiluvchilarning tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishning diversifikatsiyalangan vositalari toʻplamining uch oy muddatda ishlab chiqilishi va tijorat banklari amaliyotiga joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S.U. Umurzakov) bir oy muddatda Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6091-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi PF-6091-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 11-bandi ikkinchi xatboshisidagi “hisobot yilida” soʻzlari “bojxona rasmiylashtiruvi sanasiga qadar 12 oy davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshidagi “Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasiga (S.U. Umurzakov) (keyingi oʻrinlarda — Respublika eksport komissiyasi)” soʻzlari “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (S.U. Umurzakov) (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkinchi xatboshidagi “Respublika eksport komissiyasi” soʻzlari “Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son; 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 23.12.2022-y., 06/22/268/1111-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son)