19.10.2020 yildagi PQ-4865-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning oʻlmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, shoir tugʻilgan qutlugʻ 9-fevral sanasini har yili adabiyot va maʼrifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash anʼanasi qaror topdi. Ulugʻ soʻz sanʼatkorining asarlari muntazam nashr etilib, navoiyshunoslik sohasida koʻplab tadqiqotlar olib borilmoqda, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar oʻtkazilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgani, mamlakatimiz hamda bir qator xorijiy davlatlarda haykallari oʻrnatilgani, asarlar toʻplami toʻliq nashrdan chiqarilgani, poytaxtimiz markazidagi ulugʻ bobomizning muazzam meʼmoriy yodgorligiga mutanosib ravishda Adiblar xiyoboni barpo etilgani madaniy hayotimizdagi ulkan voqealarga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jonajon Vatanimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qoʻyib, yangi Uygʻonish davri — Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bugungi kunda Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida oʻzbek adabiyoti va madaniyatini chuqur oʻrganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy gʻoyalarning jahon tamaddunida tutgan oʻrnini hamda oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini nazarda tutib, shuningdek, ulugʻ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadqiq qilish va keng targʻib etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda keng jamoatchilik vakillarining 2021-yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmitaga Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, mazkur qaror va chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va ommalashtirishga ulkan hissa qoʻshgan mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordenini taʼsis etish yuzasidan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afgʻoniston Islom Respublikasining Hirot shahridagi Alisher Navoiyning maqbarasi majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqsin va natijasi boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Madaniyat vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qoʻlyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillar davomida Alisher Navoiyning qoʻlyozmalari asosida shoir asarlarining mukammal ilmiy nashrini yaratish ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil dekabrga qadar Alisher Navoiy ijodiy merosining sharhini yaratish ishlarini yakuniga yetkazsin hamda ularni “Navoiy va yoshlar” maxsus dasturida joylashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida 2021-yil noyabr oyida Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti, ijodi, adabiy muhiti, ustozlari, zamondoshlari va izdoshlari haqida hikoya qiluvchi, asarlarining qoʻlyozma va nashr nusxalari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi adabiy-badiiy koʻrgazmani tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2021-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Alisher Navoiy asarlarini uzluksiz oʻqitish konsepsiyasini ishlab chiqsin hamda 2021/2022 oʻquv yilidan barcha taʼlim muassasalarida shu asosda oʻqitishni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil dekabrga qadar quyidagi masalalarni oʻz ichiga olgan “Navoiy va yoshlar” maxsus dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Navoiy vorislari” gʻazalxonlik tanlovi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida “Navoiyni anglash” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshta muhim tashabbus doirasida yosh dasturchilarni keng jalb etgan holda Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish va ularni yoshlar oʻrtasida ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Toshkent shahar hokimligining 2021-yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Navoiy viloyati va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani hamda Toshkent shahrida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumanni yuqori saviyada oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Madaniyat vazirligi 2021-yilda Alisher Navoiy hayoti va asarlari asosida yangi spektakllar yaratish hamda “Navoiy siymosi va asarlari sahnada” respublika teatrlarining festivalini oʻtkazish, shoir gʻazallari asosida “Nazm va navo” kechalarini, maqom tanlovlarini tashkil etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekkino” milliy agentligi 2021-yil davomida Alisher Navoiy asarlari asosida badiiy va multiplikatsion filmlar, shoir hayoti va ijodi bilan bogʻliq yangi maʼlumotlar va manbalar asosida toʻliq metrajli badiiy-publitsistik film yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021-yilda “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi” rukni ostida shoir asarlari, uning hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumini chop etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tashqi ishlar vazirligi 2021-yildan boshlab muntazam ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda istiqomat qilayotgan oʻzbek tili mutaxassislari, tarjimonlarni jalb etgan holda Alisher Navoiyning asarlarini chet tillarga tarjima qilish, nashr etish va xorijiy mamlakatlarda taqdimotlarini oʻtkazish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi binosini toʻliq rekonstruksiya qilish, yangi zamonaviy ekspozitsiya yaratish, zarur texnik va ashyoviy jihozlar bilan taʼminlash uchun kerakli mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin hamda 2021-yil oktabrga qadar taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Respublika “Hunarmand” uyushmasi 2021-yil fevral oyida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tasviriy sanʼat asarlari, miniaturalar, xalq amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmalarini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish, shoir asarlari asosida maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar, oʻquv-maʼrifiy filmlar yaratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat budjeti mablagʻlari, tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4865-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-son qaroriga

1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

A. Abduvaxitov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

S. Saidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

X. Sultonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri

A. Joʻraboyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

B. Musayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

B. Yoʻldoshev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

I. Majidov

—

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Sh. Shermatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

A. Shin

—

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

O. Nazarbekov

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

A. Komilov

—

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

B. Zakirov

—

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

I. Abdurahmonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

J. Abruyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

A. Saidov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlari doktori

A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A. Saʼdullayev

—

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori

M. Hojimatov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

F. Abduxoliqov

—

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

A. Nuriddinov

—

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

J. Artikxodjayev

—

Toshkent shahar hokimi

Q. Tursunov

—

Navoiy viloyati hokimi

E. Turdimov

—

Samarqand viloyati hokimi

Sh. Sirojiddinov

—

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, navoiyshunos

N. Mahmudov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor

J. Eshonqulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor

M. Muhiddinov

—

Samarqand davlat universiteti professori, navoiyshunos

I. Haqqulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori

A. Erkinov

—

filologiya fanlari doktori, professor, navoiyshunos

N. Jabborov

—

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

V. Rahmonov

—

filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos

Sh. Rizayev

—

filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos

E. Ochilov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi

Z. Mashrabov

—

Xalqaro Bobur fondi rahbari

N. Ilin

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon

T. Toʻxtayev

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon

Lavozimiga koʻra

—

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi raisi

B. Onorboyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga shu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-son qaroriga

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash boʻyicha amalga oshiriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish
manbai

Ijro uchun
masʼullar

I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan esdalik tangalar, pochta markalari, taqvimlar va koʻrgazmali axborot vositalarini chiqarish.

2021-yil

sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan “Alisher Navoiy oʻquv muzeyi”ni tashkil etish.

2021-yil
sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent shahrida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumanni yuqori saviyada oʻtkazish.

2021-yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligi

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

Alisher Navoiy tavallud topgan 9-fevral sanasida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboni, shuningdek, hududlarda oʻrnatilgan shoir haykali poyiga gul qoʻyish marosimlari, navoiyxonlik va adabiy kechalarni tashkil qilish.

2021-yil

9-fevral

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy tahsil olgan Fazlulloh Abullays Samarqandiy madrasasini taʼmirlash va esdalik lavhasi oʻrnatish.

2021-yil
fevral

Ijrochilar mablagʻlari va Samarqand viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari

Samarqand viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

II. Ilmiy-amaliy konferensiyalar va taqdimotlarni tashkil etish

OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan anʼanaviy respublika konferensiyasini oʻtkazish.

2021-yil
fevral

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasini oʻtkazish.

2021-yil

fevral

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Toshkent shahar hokimligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti,

Yozuvchilar uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

Alisher Navoiy asarlari asosida ishlangan sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil etish.

2021-yil
fevral

—

Badiiy akademiya

Samarqand davlat universitetida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish.

2021-yil
may

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Samarqand viloyati hokimligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazish

2021-yil fevral

Tashkilotchilar mablagʻlari

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

III. Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosini oʻrganish va adabiyotlar chop etish

Alisher Navoiyning yangi tahrirdagi 20 jildlik mukammal asarlari toʻplamini, rus tilidagi 10 jildlik asarlari hamda Alisher Navoiyga bagʻishlangan kitob-albomning nashrini amalga oshirish.

2021-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi

Toʻrt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ni nashr etish.

2021 — 2023-yillar davomida

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Besh jildlik “Alisher Navoiy asarlarining izohli lugʻati”ni nashr etish.

2020-2021-yillar davomida

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

“Navoiy va yoshlar” turkumida 10 jildlik “Maʼnolar xazinasi” (Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar) kitobini tayyorlash va nashr etish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Navoiy viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Alisher Navoiy asarlarining qisqacha nasriy bayoni va sharhi aks etgan, keng jamoatchilik uchun moʻljallangan ommabop ixcham kitoblar nashr etish.

2021-yil

may

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

“Oʻzbek adabiyoti tarixi” koʻpjildlik fundamental tadqiqotining Alisher Navoiyga bagʻishlangan 1 — 3 jildlarini, Alisher Navoiyning 100 gʻazali sharhiga bagʻishlangan “Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy” toʻplamini, “Turkiy xalqlar maʼnaviyatining quyoshi” ilmiy toʻplamini nashr etish va taqdimotlarini oʻtkazish.

2021-yil

fevral — may

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy asarlarining faksimile nashrlarini amalga oshirish.

2021-yil

noyabr

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Alisher Navoiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish, chop etish va xorijiy mamlakatlarda taqdimotlarini oʻtkazish.

2021-yil

davomida

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Yozuvchilar uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

IV. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

“Navoiy va yoshlar” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2020-yil

dekabr

—

Yoshlar ishlari agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Alisher Navoiy gʻazallari asosida “Nazm va navo” kechalari, maqom tanlovlarini oʻtkazish.

2021-yil
davomida

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va tashkilotlarda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, navoiyxonlik kechalari, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish.

2021-yil
davomida

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab
muntazam

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Yozuvchilar uyushmasi, mutasaddi vazirlik va idoralar

V. Targʻibot-tashviqot tadbirlari

Respublikamizdagi barcha shahar va tumanlar markazlarida Alisher Navoiy tavallud sanasi bilan bogʻliq hamda shoir hikmatlari aks etgan tasviriy-targʻibot vositalarini joylashtirish.

2021-yil
davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijtimoiy roliklar yaratish va teleradiokanallar hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam namoyishini tashkil etish.

2021-yil
davomida

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng targʻib etish, uning adabiy merosi namunalarini muntazam joylashtirib borish.

2021-yil davomida

—

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish, shoir asarlari asosida maxsus koʻrsatuv va oʻquv-maʼrifiy filmlar yaratish.

2021-yil
davomida

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, barcha ommaviy axborot vositalari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 07/20/4865/1395-son)