09.10.2020 yildagi 637-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yo‘llanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni pochta aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish jarayonini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona milliy tizim) yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi bo‘yicha umumiy qoidalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona milliy tizim orqali pochta jo‘natmalarini yuborish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona milliy tizim orqali pochta jo‘natmalarini yetkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligini ta’minlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Yagona milliy tizim operatori etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta jo‘natmalarini yetkazib berish nazorat muddatlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda pochta jo‘natmalarining xavfsizligi va yozishmalar siri ta’minlangan holda qabul qiluvchilarga belgilangan muddatlarida yetkazib berilishini nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda idoraviy axborot tizimlarini Yagona milliy tizim bilan integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar nomiga pochta jo‘natmalarini ushbu tizimdan foydalanilgan holda yuborishni joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili kelgusi yil uchun xarajatlar smetasini shakllantirishda pochta jo‘natmalarini Yagona milliy tizimdan foydalangan holda yuborish uchun mablag‘lar nazarda tutilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yo‘llanuvchi huquqiy jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan xat-xabarlarni yetkazib berish jarayonini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
637-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yo‘llanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda — pochta jo‘natmalari) Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom talablari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘zaro almashinuvchi, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali elektron almashinuvchi xat-xabarlar va hujjatlarga, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyat, ma’muriy, fuqarolik hamda iqtisodiy ishlar, tergovga qadar tekshiruv, xizmat tekshiruvi va shu kabi to‘plangan hujjatlariga hamda davlat sirlari yoki tarqatilishi qonun bilan cheklanuvchi boshqa ma’lumotlarga ega hujjatlarga, shuningdek, xorijiy davlatlarga yo‘llanadigan pochta jo‘natmalariga, bundan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z xohishlariga ko‘ra javob xatlarini ularning elektron pochta manziliga yuborilishini so‘rab qilgan murojaatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi bog‘lamalari — pochta yo‘nalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi bo‘yicha o‘zaro bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlovchi pochta aloqasi obyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek, boshqa bo‘linmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy tizim — xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarning elektron tarzda qabul qilinishi hamda tegishli pochta aloqasi bog‘lamasi tomonidan qog‘oz ko‘rinishida chop etilib, ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha pochta aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berilishini, yetkazilganligini tasdiqlashni, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishni ta’minlovchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi — xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlar yuborilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta jo‘natmalari Yagona milliy tizim orqali yo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yo‘llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov xabarnomalari va bildirishnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiruv qog‘ozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta jo‘natmalarini yetkazib berish va tizim orqali ko‘rsatiluvchi qo‘shimcha xizmatlar Yagona milliy tizim operatori tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona milliy tizim orqali pochta jo‘natmalarini yuborish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pochta jo‘natmalarini Yagona milliy tizim orqali yetkazib berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat organlari va tashkilotlarida mavjud axborot tizimlarini, shu jumladan, elektron hujjat aylanishi tizimlarini Yagona milliy tizimga integratsiya qilish orqali pochta jo‘natmalarini yuborish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy tizim, shuningdek, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga integratsiya qilinadi, davlat organlari va tashkilotlariga ushbu tizimdan foydalangan holda Yagona milliy tizim orqali pochta jo‘natmalarini yuborish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat organlari va tashkilotlarida pochta jo‘natmalarini elektron shaklda Yagona milliy tizim orqali yuborishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda ushbu davlat organlari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra pochta jo‘natmalari Yagona milliy tizim operatorining pochta aloqasi obyektlarida qog‘oz ko‘rinishda qabul qilinishi mumkin. Qog‘oz ko‘rinishida qabul qilingan pochta jo‘natmalari Yagona milliy tizim operatori tomonidan qo‘shimcha haq evaziga elektron shaklga o‘tkazilib Yagona milliy tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yagona milliy tizim orqali pochta jo‘natmalarini yetkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yagona milliy tizimga elektron tarzda tushgan (o‘zaro kelishilgan formatdagi) pochta jo‘natmalarini yuklash va keyingi ishlov berish jarayonida davlat organlari va tashkilotlariga berilgan shtrix koddan foydalaniladi, shuningdek, pochta jo‘natmalari avtomatik ravishda tegishli manzillar bo‘yicha pochta aloqasi bog‘lamalariga tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tegishli pochta aloqasi bog‘lamalariga elektron shaklda tushgan pochta jo‘natmalari qog‘oz ko‘rinishida chop etilib, boshqa pochta jo‘natmalaridan farqlanib turadigan maxsus pochta konvertiga joylashtiriladi yoki konvertsiz ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha jo‘natiladi va qabul qiluvchilarga nazorat muddatlarida yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pochta jo‘natmalarini qabul qiluvchilarga topshirish qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar qabul qiluvchi uning nomiga keladigan pochta jo‘natmalarini elektron shaklda olish to‘g‘risida pochta aloqasi obyektlariga yozma ravishda murojaat qilgan bo‘lsa, u holda pochta jo‘natmasi elektron shaklda qabul qiluvchi tomonidan ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pochta jo‘natmalari yetkazib berilganligi yoki yetkazib berilmaganligi sabablari va boshqa ma’lumotlar tegishli pochta aloqasi bog‘lamasi tomonidan Yagona milliy tizimga muntazam ravishda kiritilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har bir pochta jo‘natmasi to‘g‘risidagi ma’lumot unga taqdim qilingan shtrix kod orqali Yagona milliy tizimdan onlayn kuzatib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qog‘oz ko‘rinishida chop etilgan pochta jo‘natmalarini qabul qiluvchilarga yetkazib berishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda ushbu pochta jo‘natmalari pochta aloqasi bog‘lamasida olti oy davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlash muddati tugaganidan so‘ng hujjatlar ularni jo‘natgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning talablariga binoan qaytariladi, talab qilib olinmagan xat-xabarlar va hujjatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yo‘q qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron shaklda yuborilgan pochta jo‘natmalari qachon va kimga topshirilganligi yoki topshirilmaganligi sabablari hamda pochta jo‘natmalarining elektron shakldagi ma’lumotlari Yagona milliy tizimda bir yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimda saqlash muddati tugaganidan so‘ng ushbu pochta jo‘natmalarining elektron shakldagi ma’lumotlari dasturiy ravishda arxivlanib, belgilangan muddatda saqlash uchun idoraviy arxivga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yagona milliy tizimda axborot xavfsizligini ta’minlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yagona milliy tizim operatori tizim orqali pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini, tizimda shaxsga doir ma’lumotlar, shuningdek, pochta jo‘natmalaridagi ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yagona milliy tizimda saqlanadigan pochta jo‘natmalaridan faqat ularni yuborgan davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, qabul qiluvchining roziligi bilan ushbu pochta jo‘natmalariga ishlov berish, ularni yuborish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar mustasno.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizom bilan tartibga solingan masalalar bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni Yagona milliy tizim orqali yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 09/20/637/1363-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)