Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Transport vositalarining haydovchilari va yoʻlovchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish tartibini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-oktabr,
635-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 635-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — cheklanmagan darajada, old yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — 50 foizdan kam boʻlmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — 50 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “yengil” soʻzi “M1, N1 va N2 toifaga oid” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “orqa yon oynalar boʻyicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari” soʻzlari “orqa yon oynalar boʻyicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda ushbu bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilanadi”;
“avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun sarflanadigan materiallarni xarid qilish” soʻzlari “ruxsatnomalar blanklarini va tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema (gologramma)larni tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 09/20/635/1360-son)