28.09.2020 yildagi 592-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet davlat fuqarolariga davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda murojaat qilish tartibi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonini tashkil etish va o‘tkazishning shaffof va ochiq tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonini o‘tkazish bo‘yicha imtihon komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihoni natijalarini e’lon qilish hamda davlat tilini bilish bo‘yicha malaka sertifikatini berish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini samarali tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida masofadan turib elektron tarzda murojaat qilish hamda davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda olish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanishini hamda zaruratga qarab yangilab borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi 117-son qarorining 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
592-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash (keyingi o‘rinlarda — davlat tilini bilish darajasini aniqlash) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — Markaz va uning hududiy bo‘linmalari) tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tili bo‘yicha sinov imtihonini tashkil etish hamda davlat tilini bilish bo‘yicha malaka sertifikatini berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Murojaat qilish va uni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va Yagona billing tizimi orqali to‘lovni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik va boshqalar), notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma asosida ishonchli vakil orqali murojaat qilinganda xizmat ko‘rsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati mas’ul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan o‘zi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun so‘rovnoma bilan elektron tarzda murojaat qilgan va yig‘im to‘lovi to‘langanligi haqida idoralararo elektron hamkorlik orqali real vaqt rejimida ma’lumot kelib tushgan kunning o‘zida Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalari talabgorning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjati (chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli fotosuratini mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlar almashinuvi yo‘li bilan onlayn so‘rab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hujjatlar mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali qabul qilib olinganidan so‘ng darhol, talabgorga uning murojaati qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sinov imtihonini o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnoma Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat tili bo‘yicha sinov imtihonini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat tili bo‘yicha imtihon talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq keltirilgan davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar asosida sinov imtihoni topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat tilini bilish darajasini aniqlashga tayyorgarlik ko‘rish, sinov imtihoni materiallarini tayyorlash maqsadida Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishchi guruh shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sinov imtihoni ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinganidan so‘ng bir oy muddatda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sinov imtihonlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan tasdiqlangan tarkibdagi davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov imtihonlariga ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilishi, shuningdek imtihonlar onlayn tarzda kuzatib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tilini bilish bo‘yicha sinov imtihoni jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va kamida bir yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sinov imtihoni test, yozma va og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test talabgorning kundalik turmushida foydalanuvchi sodda xabarlar, til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda foydalaniladigan ma’lumotlar asosida tuzilgan 10 ta mantiqiy savollardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test savollariga to‘g‘ri javoblar uchun beriladigan eng ko‘p ball 30 ballni tashkil etadi. Test savollarini yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari natijasi shu vaqtning o‘zida ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma sinov shakli diktant shaklida yoki talabgorning sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldira olish, rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza olish darajasini aniqlash maqsadida ma’lum bir topshiriqni (anketa to‘ldirish, ariza yozish kabi) yozish tarzida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma sinov uchun beriladigan eng ko‘p ball 30 ballni tashkil etadi. Yozma sinovni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Og‘zaki sinov shakli talabgorning o‘zi haqida og‘zaki ma’lumot bera olish, ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha olish, fikrini sodda tarzda tushuntirib bera olish, tanish mavzularda o‘z fikrini bildira olish (kitoblar, filmlar, musiqa xususida), hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera olish darajasini bilish maqsadida tuzilgan savollar asosida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Og‘zaki sinov uchun beriladigan eng ko‘p ball 40 ballni tashkil etadi. Og‘zaki sinovni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sinov imtihoni yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan talabgor sinov imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun sinov imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin (qayta to‘lov amalga oshirilgan holda) elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov imtihoni natijalari test shaklidagi sinov imtihonida olingan natija inobatga olingan holda uch kun muddatda e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sinov imtihoni topshirish uchun to‘lov to‘lash shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonini topshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida Yagona billing tizimi orqali yig‘im to‘lovi to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undirilgan summaning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shartnoma talabgor va vakolatli organ o‘rtasida ommaviy oferta talablari asosida belgilangan to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng, tuzilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat tilini bilish bo‘yicha malaka sertifikatini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan davlat tilini bilishga qo‘yilgan minimal talablar asosida sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga Markaz tomonidan davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) imtihon natijalari e’lon qilingan kundan so‘ng uch kun muddatda beriladi, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Ichki ishlar vazirligining “E-fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasiga yuboriladi. Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan malaka sertifikatlari reyestri yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatlari reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ilgan sanasi va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (seriyasi va tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining malaka sertifikati berish to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining seriyasi, tartib raqami va berilgan sana.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Malaka sertifikati Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan pochta (xizmat uchun to‘lovni talabgor qoplagan holda) aloqasi orqali, shuningdek YIDXP orqali murojaat qilinganda talabgorning elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Appelatsiya berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar Markazga apellatsiya berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya sinov imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida, ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Bu haqida Markazga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumot kelib tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun Markaz direktorining buyrug‘i bilan 5 — 7 nafar Markaz xodimlari va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon natijasi chiqqan kundan boshlab o‘n kun ichida apellatsiya sinov imtihoni olinadi. Sinov natijalari imtihon o‘tgandan so‘ng besh kun ichida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qondirilishini rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov imtihoni natijalarini o‘zgartirish va apellatsiyani qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov imtihoni natijalarini bekor qilish va takroriy sinov imtihoni o‘tkazilishini tayinlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellatsiyaning qondirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Sinov imtihoni natijalarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizom talablari buzilgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. Apellatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorni takroriy sinov imtihonidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaz sinov imtihonini o‘tkazish sanasini belgilaydi, bu haqda idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron shaklda xabar beriladi hamda sinov imtihonini takroran o‘tkazishda to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Apelatsiya komissiyasi tomonidan takroriy sinov imtihoni o‘tkazish haqidagi qarorda belgilangan, test, og‘zaki yoki yozma sinov imtihoni shakli (shakllari) asosida qayta bir marta o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (talabgor

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lovni amalga oshiradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Talabgor, davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

1. Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati mas’ul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan o‘zi belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

2. Talabgor so‘rovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID kabi) bilan tasdiqlaydi (YIDXP orqali murojaat qilganda so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi).

Davlat xizmati olish uchun murojaat qilingan va to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng darhol

3-bosqich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi (Markaz) yoki uning hududiy bo‘linmalari

1. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini va raqamli fotosuratini real vaqt rejimida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi.

So‘rovnoma kelib tushgan kunning o‘zida

2. Sinov imtihoni (imtihon)ni o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnomani talabgorga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng darhol

3. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazadi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng bir oy muddatda

4. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon natijalarini e’lon qiladi.

Imtihon o‘tkazilganidan so‘ng uch kun muddatda

4-bosqich

Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalari, YIDXP

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati beriladi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun muddatda

5-bosqich

Talabgor

Imtihon yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan (imtihondan o‘tmagan) taqdirda, qayta qatnashish uchun (qayta to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng) elektron shaklda murojaat qiladi.

Imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA

I. Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (talabgor) to‘g‘risida ma’lumot:

1. JShShIR

2. F.I.O.

II. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi haqida ma’lumot yoki shaxsini tasdiqlovchi

boshqa hujjat)

3. Seriyasi va raqami:

4. Kim tomonidan berilgan:

5. Qachon berilgan:

III. Boshqa ma’lumotlar

6. Doimiy yoki vaqtincha yashash manzili

7. Telefon raqami

8. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABLAR

I. Tinglab tushunish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tanish mavzularda ma’lumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini o‘qib, tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sodda xabarlar, sodda yozma yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘z qiziqishlari doirasidagi tele- yoki radiodasturlar va boshqa manbalarni tinglab, asosiy ma’lumotlarni tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shaxsiy qiziqish, o‘qish yoki kasbga oid sohadagi og‘zaki manbalarni tinglab, uning asosiy mazmuni hamda maxsus ma’lumotlarni anglay oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Gapirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zi haqida og‘zaki ma’lumot bera oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fikrini sodda tarzda, izchillik asosida, mantiqli tushuntirib bera oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanish mavzularda o‘z fikrini bildira oladi (kitoblar, filmlar, musiqa xususida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. O‘qish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tanish mavzularda ma’lumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, elektron xatlarni tushuna oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sodda yozma yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Munozarali matnning xulosasini aniqlay oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Matn mazmunining asosiy g‘oyasini ajrata oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yozish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar va boshqalar)ni yoza oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldira oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rasmiy hujjatlar qoliplari asosida sodda shakldagi hujjatlarni yoza oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘z qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘z fikrini imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma shaklda bayon qila oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Imlo qoidalariga rioya qilgan holda diktant yoza oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

Davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati namunasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

ALIS
NER NAVOIY NOMIDAGI TOSNKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI
VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
NUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISN YURITISN ASOSLARINI O‘QITISN VA MALAKA OSNIRISN MARKAZI

T
NE CENTER FOR TEACNING TNE BASICS OF OFFICE MANAGEMENT
IN T
NE STATE LANGUAGE AND FURTNER TRAINING AT TASNKENT STATE UNIVERSITY OF TNE UZBEK LANGUAGE AND LITERATURE NAMED
AFTER ALIS
NER NAVOIY
_____________________________________________________________________________
DAVLAT TILINI BILIS
N TO‘G‘RISIDA
SERTIFIKAT

CERTIFICATE
OF KNOWLEDGE OF T
NE STATE LANGUAGE

Sertifikat seriyasi № / Certificate Serieend Number

_____________________________________________________________________________

Talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar / Candidate Details

Talabgorning shaxsiy kodi /Candidate ID

Familiyasi / Family Name

Ismi / First Name

Otasining ismi / Middle Name

Sinov natijalari / Exam Results

_____________________________________________________________________________

Berilgan sanasi: / Date of Issue:

Direktor / Director

_____________

_______________________

Imzo / Signature

F.I.O. / Full Name

M.O‘ / Stamp Nere

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Apellatsiya komissiyasi raisiga ________________________________dan

(Talabgorning F.I.O.)

APELLATSIYA TO‘G‘RISIDA

ARIZA

Talabgor norozi bo‘lgan sinov imtihoni shakli (test, og‘zaki, yozma)

Quyidagilarni ko‘rib chiqishingizni iltimos qilaman: ____________________________

____________________________________________________________________________

Talabgorning imzosi: _______________

Shakl to‘ldirilgan sana: ______________

Blankaning ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami: 0000000

(chegara)

Apellatsiya to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganligi to‘g‘risida

XAT-TASDIQNOMA

Talabgorning F.I.O.: ___________________ Talabgorning shaxsiy kodi:______________

Arizani qabul qilib oluvchi mas’ul shaxsning F.I.O.: _____________________________

Imzo: ________

(MO‘)

Apellatsiya qabul qilingan sana: _______

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi apellatsiya komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XULOSASI

Talabgorning F.I.O.: _______________

Talabgorning shaxsiy kodi: _____________

Talabgor norozi bo‘lgan sinov imtihoni shakli______________________________

(test, og‘zaki, yozma)

Ariza qabul qilingan sana: ____________

Talabgorning da’vosi: _________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Tekshirish natijasi:___________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Apellatsiya komissiyasining qarori: ______________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Apellatsiya komissiyasi raisi:

(Imzo)

(F.I.O.)

Apellatsiya komissiyasi a’zolari:

(imzolar)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

Sana: __ __ __ __ __ __ __ __

(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/592/1336-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)