15.09.2020 yildagi PQ-4830-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi ijrosini ta’minlash, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni kengaytirish asosida qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-son qaroriga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) doirasida 2020-yil 4-avgustda O‘zbekiston Respublikasi va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida qo‘shimcha 46,2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 800 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari bo‘yicha qarz bitimining (keyingi o‘rinlarda — qarz bitimi) imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan va yig‘imlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarz bitimiga muvofiq Loyiha doirasida jalb etiladigan qo‘shimcha qarz mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln AQSH dollari. Bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga — 30,3 mln AQSH dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln AQSH dollari miqdorida, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 4,5 mln AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun — 3,1 mln AQSH dollari. Bunda o‘rmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos o‘rnatish orqali suv chiqarishga 2 mln AQSH dollari sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha — 4,1 mln AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qo‘shimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining qarz mablag‘larini so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini hamda natijadorligini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarzining o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining 35 325 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablag‘larining qaytarilishi to‘liqligicha Loyiha doirasida tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablag‘larning qaytarilishi hisobidan hamda qolgan 10 875 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablag‘larining qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining qarz mablag‘larini qayta kreditlash bitimlarida subsidiar qarzning foiz stavkasi “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarz mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bir oy muddatda “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qo‘shimcha moliyalashtirish mablag‘lari doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarz mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankka tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vaziriga Loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi qarz mablag‘lari bo‘yicha qayta moliyalashtirish bitimlarini, shuningdek, zaruriyatga ko‘ra, ularga tegishli o‘zgartirishlarni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari tez fursatlarda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hisob palatasi Loyiha doirasidagi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda mas’ul ijrochilar ishtirokida majlis o‘tkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hududlar kesimida “Yo‘l xarita”larini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ergashev), Markaziy bank (Xolxujayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki kunlik seminar tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirilgan subloyihalar to‘g‘risida, shuningdek, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tashabbuskorlar ishtirokida taqdimotlar o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida sohaning yetuk mahalliy mutaxassislaridan iborat bo‘lgan ilmiy-texnik kengashni shakllantirib, u tomonidan Loyihaning komponentlari doirasidagi texnik topshiriqlar amalga oshirilishi, hujjatlarning ko‘rib chiqilishi va dastlabki xulosa berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimi doirasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya yo‘nalishlariga mablag‘larni ajratishda sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi, iqtisodiy samaradorligi va asoslanganligiga alohida e’tibor qaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirishda qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarini keng jalb qilib, amaliy seminar va o‘quv kurslari tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, ushbu qarorning 1 va 3-ilovalari bilan tasdiqlangan Loyiha texnik-iqtisodiy asosining asosiy ko‘rsatkichlari hamda “Yo‘l xaritasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va O‘.I. Barnoyev zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4830-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy ko‘rsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyihalar

O‘lchov birligi

JAMI

Andijon

Namangan

Farg‘ona

I KOMPONENT: Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish

1.

Intensiv bog‘lar

gektar

1 050

338

347

365

2.

Issiqxonalar

gektar

41

10

13

18

3.

Muzlatkichli omborxonalar

tonna

24 500

8 000

10 000

6 500

4.

Qayta ishlash quvvatlari

tonna

27 000

9 000

9 000

9 000

5.

Chorvachilikni rivojlantirish

bosh qoramol

3 820

1 290

1 270

1 260

II KOMPONENT: Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish

6.

Sug‘orish kanallari

km

50

15

15

20

7.

Sug‘orish quduqlari

dona

15

5

5

5

8.

Elektr nasosli kanallar

dona

15

5

5

5

9.

Dizel nasosli kanallar

dona

15

5

5

5

10.

Agrometeorologik stansiya

dona

3

1

1

1

11.

Tik quduq tizimlari

dona

36

12

12

12

III KOMPONENT: Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish

12.

Tadbirkorlarni o‘qitish

tadbirkor soni

1 000

330

340

330

13.

“Organic” va “Global GAP” standartlarini joriy etish (yiliga)

korxona soni

15

5

5

5

14.

Ko‘rgazma maydonlari

gektar

15

5

5

5

15.

Veterinariya klinikalari (shu jumladan mobil klinikalar)

dona

4

1

2

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu ko‘rsatkichlarga Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan kelishilgan holda loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari natijasiga ko‘ra o‘zgartirish kiritish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qo‘shimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining qarz mablag‘larini so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kredit muddati 25 yil

Imtiyozli muddat 5 yil

Foiz stavkasi 1,4 foiz

Xizmat ko‘rsatganlik uchun komissiya 1,54 foiz

ming AQSH dollari

To‘lov sanasi

O‘zlashtirish

Kredit balansi

Foiz summasi

Xizmat ko‘rsatganlik

uchun haqi

Asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar summasi

Jami to‘lanadigan summa

15.04.2020

-

-

-

-

15.10.2020

9 484

9 484

-

-

-

15.04.2021

9 959

19 443

67

74

141

15.10.2021

9 959

29 403

138

152

291

15.04.2022

6 471

35 874

208

229

437

15.10.2022

6 471

42 345

255

281

536

15.04.2023

1 674

44 019

300

330

629

15.10.2023

1 674

45 692

313

345

658

15.04.2024

254

45 946

325

358

683

15.10.2024

254

46 200

327

360

687

15.04.2025

46 200

327

360

1 155

1 842

15.10.2025

45 045

329

362

1 155

1 845

15.04.2026

43 890

319

351

1 155

1 825

15.10.2026

42 735

312

344

1 155

1 811

15.04.2027

41 580

302

333

1 155

1 790

15.10.2027

40 425

296

326

1 155

1 776

15.04.2028

39 270

288

316

1 155

1 759

15.10.2028

38 115

279

307

1 155

1 742

15.04.2029

36 960

270

297

1 155

1 722

15.10.2029

35 805

263

289

1 155

1 707

15.04.2030

34 650

253

279

1 155

1 687

15.10.2030

33 495

247

271

1 155

1 673

15.04.2031

32 340

237

261

1 155

1 653

15.10.2031

31 185

230

253

1 155

1 638

15.04.2032

30 030

222

244

1 155

1 621

15.10.2032

28 875

214

235

1 155

1 604

15.04.2033

27 720

204

225

1 155

1 584

15.10.2033

26 565

197

217

1 155

1 569

15.04.2034

25 410

188

207

1 155

1 550

15.10.2034

24 255

181

199

1 155

1 535

15.04.2035

23 100

172

189

1 155

1 516

15.10.2035

21 945

164

181

1 155

1 500

15.04.2036

20 790

156

172

1 155

1 483

15.10.2036

19 635

148

163

1 155

1 466

15.04.2037

18 480

139

153

1 155

1 447

15.10.2037

17 325

132

145

1 155

1 431

15.04.2038

16 170

123

135

1 155

1 413

15.10.2038

15 015

115

127

1 155

1 397

15.04.2039

13 860

106

117

1 155

1 378

15.10.2039

12 705

99

109

1 155

1 362

15.04.2040

11 550

90

99

1 155

1 345

15.10.2040

10 395

82

90

1 155

1 328

15.04.2041

9 240

74

81

1 155

1 310

15.10.2041

8 085

66

72

1 155

1 293

15.04.2042

6 930

57

63

1 155

1 275

15.10.2042

5 775

49

54

1 155

1 259

15.04.2043

4 620

41

45

1 155

1 241

15.10.2043

3 465

33

36

1 155

1 224

15.04.2044

2 310

25

27

1 155

1 207

15.10.2044

1 155

16

18

1 155

1 190

Jami

46 200

8 979

9 877

46 200

65 057

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Kredit summasi
(ming doll.)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

BIRINCHI KOMPONENT:
Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish

1.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiyani rag‘batlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit liniyasi:

(kooperatsiya va klasterlarga a’zo bo‘lgan tashabbuskorlarga kredit ajratish, bunda har bir sub-qarz oluvchi uchun kredit liniyasidan 500 ming AQSH dollarigacha 10 yil muddatgacha ajratiladi.

Kredit liniyasi faqat meva-sabzavotchilik (issiqxona, intensiv bog‘, qayta ishlash, muzlatkichli omborxona) va chorvachilik (yirik va mayda shoxli qoramol, parrandachilik, baliqchilik, ipakchilik, asalarichilik va boshqalar) tarmog‘idagi kooperatsiyalar va klasterlarga a’zo bo‘lgan tashabbuskorlarning quyidagi faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi:

1. Intensiv bog‘ (har bir viloyatda o‘rtacha 330 ga maydonda);

2. Issiqxonalar (har bir viloyatda o‘rtacha 11 ga maydonda);

3. Muzlatkichli omborxonalar barpo etish (har bir viloyatda 6 ming tonnadan);

4. Chorvachilikni rivojlantirish (har bir viloyatda 1030 bosh).

30 325

1. Meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi kooperatsiyalar va klasterlar orasidan tashabbuskorlarni aniqlash.

2020-yil yakuniga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan
va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari,
tijorat banklari

2. Tanlab olingan tashabbuskorlar uchun “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) talablariga javob beradigan loyihalarni tanlab olish.

2021-yil

iyun

3. Jamg‘arma talablariga asosan tashabbuskorlarning subloyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil davomida

4. Tijorat banki tomonidan ma’qullangan subloyihalarni Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga taqdim etish.

doimiy

5. Subloyihalar hujjatlarini ko‘rib chiqish va moliyalashtirish.

biznes-rejaga asosan

6. Subloyihalarning amalga oshiri-lishini tizimli nazorat qilish.

doimiy

2.

Agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatini diversifikatsiya qilish uchun kredit liniyasi:

35 yoshgacha yoshlar va ayollarga soddalashtirilgan tartibda 50 ming AQSH dollarigacha, 10 yilgacha kredit ajratiladi.

1. Intensiv bog‘ (har bir viloyatda o‘rtacha 17 ga maydonda);

2. Issiqxonalar (har bir viloyatda 2 ga maydonda);

3. Muzlatkichli omborxonalar barpo etish (har bir viloyatda 2 ming tonnadan);

4. Chorvachilikni rivojlantirish (har bir viloyatda 240 bosh).

5 000

1. Meva-sabzavotchilik yo‘nalishida yosh tashabbuskorlarni aniqlash.

2020-yil yakuniga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi va uning viloyat tuzilmalari

2. Jamg‘arma talablariga javob beradigan eng maqbul loyihalarni tanlab olish.

3. Jamg‘arma talablariga asosan tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil

iyun

4. Tijorat banklari tomonidan ma’qullangan loyihalarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat agentligiga taqdim etish.

2021-yil davomida

5. Loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va moliyalashtirish.

biznes-rejaga asosan

6. Loyihaning amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish.

doimiy

3.

Loyihani amalga oshirish hududida meva-sabzavotchilik klasterlariga va kooperatsiyalarga kafillik va kompensatsiya ajratish maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini moliyaviy qo‘llab quvvatlash.

4 500

Moliya vazirligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash.

2021-yil iyun-iyul

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Ismailov)

IKKINCHI KOMPONENT:
Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish

4.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.

1 126

1. Viloyat hokimliklari va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda irrigatsiya tizimlarining dastlabki ro‘yxatini va geografik joylashuvini aniqlash va tasdiqlash.

2022-yil yanvar-fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamroyev),

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

2. Irrigatsiya tizimlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini nazorat qilish hamda irrigatsiya tizimlaridan foydalanish bo‘yicha texnik talabnoma ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2022-yil

mart

3. Mustaqil tashkilot tomonidan loyiha hujjatlarining o‘rganib chiqilishi va atrof muhitga ta’sirini baholash.

2022-yil aprel

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish.

2022-yil

iyun

5. Loyiha ustidan tizimli nazorat o‘rnatish.

doimiy

5.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi o‘rmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos o‘rnatish orqali suv chiqarish.

2 000

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish, Jamg‘arma bilan kelishish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2021-yil fevral

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamroyev),

Andijon, Namangan
va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini nazorat qilish hamda texnik talabnoma ishlab chiqish va tenderni amalga oshirish.

2021-yil aprel

3. Mustaqil tashkilot tomonidan loyiha hujjatlarini o‘rganish va atrof muhitga ta’sirini baholash.

2021-yil

Iyun

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish.

2021-yil

iyul

5. Loyiha ustidan tizimli nazorat o‘rnatish.

doimiy

UCHINCHI KOMPONENT:
Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish

6.

Loyiha hududlaridagi Agroxizmat markazlarida oziq-ovqat tarmog‘ida klasterlarni yaratish va ularning faoliyatiga ko‘mak berish, jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sifat nazorati, “Organic” va “Global GAP” sertifikatsiya tizimining joriy etilishini kompleks tahlil etish va shundan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari uchun tayyor loyihalarni ishlab chiqish.

173,3

1. Texnik talabnoma tayyorlash va Jamg‘arma bilan kelishish.

2021-yil yanvar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimliklari

2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilish uchun tender tadbirlarini amalga oshirish.

2021-yil fevral

3. Xorijiy ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy ma’lumotlar asosida moliyalashtirilishi zarur bo‘lgan sohalar bo‘yicha aniq loyihalarning hujjatlarini tayyorlash hamda Jamg‘arma bilan kelishish.

2021-yil mart oktabr

7.

1 000 nafardan ortiq Agroxizmatlar markazlari xodimlari malakasini oshirish, shu jumladan soha mutaxassislari, fermer, klaster va kooperatsiyalar vakillariga xorijiy yetakchi ekspertlarni jalb etgan holda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga o‘qitish, xususan:

oziq-ovqat sanoati standartlarini (ISO 22000, HACCP, ISO 17025) joriy etish;

loyiha doirasidagi tadbirlar, kredit liniyasi shartlari va uni o‘zlashtirish tartiblari;

baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik, meva-sabzavotchilik va boshqa tarmoq yo‘nalishlarida TOT (Training of trainers) dasturi asosida o‘quv seminarlarini tashkil etishga o‘qitish;

loyihani am�lga oshirish davrida erishilgan natijalar, ilg‘or tajribalar va olingan bilimlarni targ‘ib qilish.

952,4

1. Seminarlar tashkil etish uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish, Jamg‘arma bilan kelishish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2022-yil yanvar — mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

2. Treninglarni agroxizmatlar markazlarida tashkil etish.

2022-yil dekabr

8.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi Agroxizmatlar markazlarida:

ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ochiq maydonda va issiqxonada ko‘rgazma maydonchalarini hamda dala maktablarini tashkil qilish;

veterinariya klinikasini (jumladan, mobil xizmat ko‘rsatish) tashkil etish va jahon standartlari asosida zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash;

Agroxizmat markazlari faoliyati va xizmat ko‘rsatish turlarining onlayn platformasini va raqamli boshqaruv tizimini joriy etish.

2 426,3

1. Xorijiy va mahalliy ekspertlar hamkorligida viloyat Agroxizmat markazlari orqali zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishni qo‘llab-quvvatlash:

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamroyev),
Dehqon, fermer va tomorqa yer egalari kengashi (Xayitov),

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

ko‘rgazma maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish;

2022-yil fevral

maxsus asbob-uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolash, moliyalashtirishni ochish;

2022-yil mart

ko‘rgazma maydonlari va agrometeo-rologik stansiyalarni tashkil etish.

2022-yil
II chorak

2. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishda loyiha hududida faoliyat olib borayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklari malakasining muntazam ravishda oshirilishini ta’minlash.

doimiy

3. Tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish.

doimiy

9.

Loyiha boshqaruvini amalga oshirish.

497

Loyiha doirasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimliklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4021-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “6 yil (2018 — 2023-yillar)” so‘zlari “7 yil (2019 — 2025-yillar)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi, qarorning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-bandning uchinchi xatboshida, 4 va 5-bandlarda hamda 6-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)